Ўсимликларни озиқланиши ва ўғитлар
Ushbu qo'llanma Oliy ta'lim muassasalarining 5141000 – Tuproqashunoslik, 5620100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5410200-Agronomiya, 5410300 – O'simliklar himoyasi va karantini, 5410200 – Kasbiy taʼlim (Agronomiya) ta'lim yonalishlarining 2017-2018 o'quv yili namunaviy o'quv rejalari acocida labaratoriya ishlarini bajarish ushun mavzulari, test va yakuniy nazorat savollari tavsiya etiladi.
Asosiy mavzular
- Kirish. O'SIMLIKLARNI OZIQLANISHI VA O'G'ITLAR LABORATORIYASIDA ISHLAGANDA ASOSIY XAVFSIZLIK TEXNIKASI. ERITMALAR. O'SIMLIK NAMUNASI OLISH VA ANALIZGA TAYYORLASH: Mashg'ulotning maqsadi. O'simliklarni oziqlanishi va o'g'itlar amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari fanining asosiy maqsadi agrokimyoviy tekshirishlar uslublarini o'rgatishdan iborat. Talaba amaliy darslarda fanning ahamiyati, uning boshqa fanlar bilan munosabati va qishloq xo'jaligidagi mohiyatini o'rganadi. Mashg'ulotda laboratoriya tahlillari o'tkazish vaqtida havfsizlik texnikasiga rioya qilish, elektr asboblaridan foydalanish, kimyoviy moddalar bilan ishlash va turli maqsaddagi tahlillar uchun namuna olish qoidalarini o'rganadi.
- O'simlik tarkibidagi quruq modda, gigroskopik namligini va «xom kul>» chiqishini aniqlash: Gigroskopik namlikni aniqlash. Taxlilning mohiyti. Odatda, agrokimyoviy taxlil natijalari mutloq quruq moddaga nisbatan aniqlanadi, qaysiki, o'simlik namunasi tarkibidagi gigroskopik namlikni aniqlashni taqozo etadi. Taxlil namunani qizdirish asosida tarkibidagi gigroskopik suvni yoqotish va quruq moddani tarozida tortishga asoslangan.
- O'simlik tarkibidagi moyni «quruq qoldiq» usulida aniqlash: Quruq modda miqdorini aniqlash. Taxlilning mohiyti. O'simlik maxsulotlari tarkibidagi quruq modda miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Quruq modda miqdorini aniqlash uchun og'irligi ma'lum bolgan yangi o'simlik materiali 100-105° S haroratda, massasi o'zgarmay qolguncha quritiladi va qayta tortiladi.
- O'simliklarda nitratli azot mikdorini disulfofenol kislotasi yordamida aniqlash: O'simliklarda nitratli azot miqdorini disulfofenol kislotasi yordamida aniqlash. Mashg'ulotning maqsadi: O'simliklar tarkibidagi nitrat azotini disulfofenol kislotasi yordamida aniqlashdan iborat.
- K. Ginzburg usulida o'simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor va kaliyni aniqlash: K. Ginzburg usulida o'simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor, kaliyni aniqlash. Mashg'ulotning maqsadi: K. Ginzburg usulida O'simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor, kaliyni aniqlashdan iborat.
- O'simlik tarkibidagi oqsil azotini Barnshteyn usulida aniqlash: O'simlik tarkibidagi oqsil azotini Barnshteyn usulida aniqlash. Mashg'ulotning maqsadi: O'simlik tarkibidagi oqsil azotini barnshteyn bo'yicha aniqlashdan iborat.
- Daladan tuproq namunasi olish uni tahlilga tayyorlash. Tuproq suvli so'rimidan quruq qoldiqni aniqlash. Tuproq (pH) ni N.I. Alyamovskiy usulida aniqlash. Tuproq ishqoriyligini aniqlash: Tuproq namunalarini olish. Mashg'ulotning maqsadi. Agrokimyoviy tajribalar olib borishni, vegetasion (maxsus idishlarda), laboratoriya va dala tajribalari qo'yishni o'rganish. Laboratoriya ishlarida tuproq tarkibi, undagi oziq elementlari, tuproq eritmasining reaksiyasini (ishqoriylik yoki kislotalik) aniqlash uchun daladan tuproq namunalarini olishni o'rganishdan iborat.
- Tuproq tarkibidagi nitratli azot miqdorini Granvald-Lyaju usulida aniqlash: Tuproq tarkibidagi nitratli azot miqdorini Granvald-Lyaju usulida aniqlash. Mashg'ulotning maqsadi: Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azotni Granvald - Lyaju usulida aniqlashdan iborat.
- Singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni Nessler reaktivida aniqlash: Singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni Nessler reaktivida aniqlash. Mashg'ulotning maqsadi: Nessler reaktivi yordamida singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni aniqlashdan iborat.
- Karbonatli tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliyni B. P. Machigin usulida aniqlash: KARBONATLI TUPROQLAR TARKIBIDAGI HARAKATChAN FOSFORNI VA ALMAShINUVCHI KALIYNI B. P. MAChIGIN USULIDA ANIQLASh. Mashg'ulotning maqsadi: Machigin usuli bo'yicha karbonatli sho'rlangan tuproqlar tarkibidaga harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliyni aniqlashdan iborat.
- Tuproqdagi yalpi N, P, K miqdorini (bir namunadan) aniqlash: TUPROQDAGI YaLPIN, P, K MIQDORINI (BIR NAMUNADAN) ANIQLASh. Mashg'ulotning maqsadi: Bir namunadan yalpi azot, fosfor va kaliyni aniqlashdan iborat.
- Mineral o'g'itlarni sifat reaksiyalari yordamida turini aniqlash: Mineral o'g'itlarning sifat reaksiyalari yordamida turini aniqlash. Mashg'ulotning maqsadi: Sifat reaksiyasi yordamida mineral o'g'itlarni aniqlashdan iborat.
- Selitra tarkibidagi azotni ishqoriy muhitdagi aralashmadan Devard usulida aniqlash: SELITRA TARKIBIDAGI AZOTNI IShQORIY MUHITDAGI ARALAShMADAN DEVARD USULIDA ANIQLASh. Tajribaning maqsadi. O'g'it tarkibidagi azotni aniqlashdan maqsad, birinchidan o'g'itning me'yorini belgilash, ikkinchidan o'g'itni saqlashda uning tarkibidagi azotning o'zgarishini kuzatishdan iborat.
- Go'ng tarkibidagi N, P, K miqdorini aniqlash: GO'NG TARKIBIDAGI UMUMIY AZOTNI IODLBAUER BO'YICHA ANIQLASH va GO'NG TARKIBIDAGI UMUMIY FOSFORNI ANIQLASH. Tajribaning mohiyati. Azot konsentrlangan sulfat kislota qo'shib qizdirilganda (katalizator simob, selen va boshqalar ishtirokida) butunlay ammiakka aylanadi. So'ngra sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib ammoniy sulfat hosil qiladi.