Texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi transport logistikasi va xizmatlar sohasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi" fani bo'yicha o'quv qo'llanmasidir. Unda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishning turli jihatlari, avtomobil tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnologiyalari, zamonaviy texnologik jihozlar, shuningdek nostandart jihozlar, ulardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko'rsatish masalari atroflicha yoritilgan. Kitobda shuningdek, avtomobillarni qish va yoz sharoitida ekspluatatsiya qilish qoidalari, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli moddalarning miqdorini aniqlash va kamaytirish, hamda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil etish, servis korxonalarning moddiy-texnika ta'minoti kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasi ishlab chiqarayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan avtomobillarning soni va hilma-hilligini ko’payishi bilan ularning texnik holatini soz bo’lishi va samadorligini oshirishda texnik servis va ta’mirlash tizimining ahamiyati ham dolzarb bo’lib bormoqda. Ayniqsa texnik servis va ta’mirlash sifatini ta’minlovchi asosiy omillardan biri zamonaviy texnologik jihozlardan foydalanishni tashkil etishdir. Ushbu dastur avtoservis korxonalarining texnologik jihozlashning uslubiyoti va asoslari, texnologik jihozlar tasnifi, ularni loyihalash, korxona sharoitida yasash va ekspluatatsiya qilish tartibi hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni qamraydi. Fanni o’qitish avtomobil servisini belgilovchi O’zbekistonda qabul qilingan standart va me’yorlarga asoslangan. Uni o’qitishda ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda orttirilgan ko’p yillik tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil servisining shakllanishi hamda mamlakatimiz va chet el tajribaralari, avtomobil transportiga texnik servis va istiqbolli masalalari talabalarga o’rgatiladi. Zamonaviy avtoservis korxonalarida texnik servis va ta’mirlash ishlarini tashkil etishda, xizmat ko’rsatishning ilg’or usul va vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi.
- O‘quv fanining maqsad va vazifalari: Fanning maqsadi – bakalavrga avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasini bo’yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish, jihozlarni loyihalash, ishlatish, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni zamonaviy yo’llarini o’rgatish. Fanning vazifalari: - avtoservis korxonalaridagi texnologik jihozlarninrg turlari, ishlatish sohalari va ularni mukammallashtirish istiqboli haqida ma’lumotlar berish; - servis korxonalarini jihoz, asbob va moslamalar bilan ta’minlash; - bino va xonalarni yoritish, shamollatish, isitish va sovitish tizimlari bo’yicha tushincha berish; - servis jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha amaliy masalalarni hal qilish, jihozlarni yangilash va takomillashtirish jarayoni va usullari sohasida ilmiy va nazariy bilimlarni berish; - nostandart jihozlarni tayyorlash bo’yicha texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni amalda joriy etish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lishni ta’minlash.
- Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar: - avtomobil servisi korxonalarida texnik xizmat ko’rsatish texnologiясининг turlari; - transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, ajratish-yig’ish. Diagnostikalash ishlarini bajarishda foydalaniladigan jihoz, moslama va asbob uskunalar; - yangi texnologik jihozlarni ishlatish tamoyili, ishga tushirish tartibi va ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi; - nostandart jihozlar va maxsus asbob uskunalar haqida tasavvurga ega bo’lishi bo’lishi: - servis korxonalarida texnologik jihozlarni xavfsiz ekspluatatsi qilish qoidalarini. - zamonaviy texnologik jihozlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarni; - nostandart jihozlarni loyihalash, tayyorlash va ishlatish bo’yicha texnologik jarayonlarni ishlab-chiqishni bilishi va ulardan foydalana olish; - korxonani modernizatsiya qilish uchun texnologik jihozlarni tanlash, o’rnatish, ekspluatatsiya qilish texnologiyalarini o’zlashtirish; - nostandart jihozlarning loyixalarini komp’yuterlardan foydalanib bajarish; - tayyorlangan nostandart jihozlardan foydalanish yo’riqnomalri ishlab chiqish; - texnologik jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni tashkil etish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak.
- Fanning mazmuni va komponenti: Servis korxonalarini modernizatsiyash; servis korxonalarini texnologik jihozlash talablari; “texnik ta’minlanganligik” tushunchasi va uning ko’rsatkichlari; transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, diagnostikalash va ta’mirlash birikma va agregatlarni ajratish-yig’ishda foydalaniladigan jihoz, moslama va asbob-uskunalarning tasnifi; servis korxonalarini asbob va moslamalar bilan ta’minlash; servis korxonalari ishchilari uchun comfort sharoit yaratishda texnik vositalar, bino xonalarni yoritish, shamollatish, isitish va sovitish tizimlari, jihozlarni ekspluatatsiya qilish tamoyillari; avtoservis korxonalarinig raqobatbardoshliligini ta’minlash asoslari; korxonalarni modernizatsiyalashda texnologik jihozlarni tanlash va miqdorini aniqlash; nostandart texnologik jihozlarni loyihalash bosqichlari; jihozlarning asosiy parametrlarini hisoblash, eskiz yoki kinematic chizmasini yaratish; jihozdagi kuch mexanizmi, yuritmalari va ularning hisoblari: konstruksiyani yaratish uchun birikma va ishchi birikmalarni yaratish hamda loyihani rasmiylashtirish; servis jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonini tashkil etish.
- Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi: Texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi fani ixtisoslik fani xisoblanib, 7-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirishda o’quv rejasidagi umumkasbiy (“CHizma-chilik va muxandislik grafikasi va loyihalarini avtomatlashtirish asoslari”, “Materialshunoslik, konstruktsion materiallar texnologiyasi”, “Amaliy mexanika”, “Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi”, “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari”, “Elektotexnika va avtobillarning elektr va elektron jihozlari” va “Avtotransport vositalari servisi asoslari ” fanlarini o’zlashtirgan bo’lishlari zarur.
- Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni: Talabalar fan bo’yicha olgan bilim va konikmalaridan avtoservis korxonalarida avtomobillarga texnik servis va ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda uni amalga oshirishda keng foydalanadilar. Servis korxonalarinig xizmat ko’rsatish sifatini belgilovchi omillardan biri bu ishlatilayotgan texnologik jihozlarning mukammalligidir. Talabalarni bu fanni o’zlashtirmasdan turib bu soha tarmoqlari bo’yicha ishlashini tasavvur qilib bo’lmaydi.
- Fanning o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Dars elektron axborot ta’lim resurslari asosida ta’limning innovatsion usullari: ilg’or pedagogik, axborot-kommunikatsiyalarini texnologiyalarni tadbiq qilingan holda o’tilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda o’quv-uslubiy ta’minoti (darslik, o’quv va uslubiy qo’lannamalar, masofadan o’qitish tizimi-modul’ topshiriqlari)dan foydalanish tavsiya etiladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda turli metod, orgonayzerlar va vositalardan, xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o’yinlar, portfolio materiallari, keys-stadi, shuningdek, komp’yuter dasturlaridan (Microsoft exsel, Microsoft Powerpoint), internet tizimlaridan foydalanish mumkin. Ma’ruzalar o’qitishning texnik vositalari bilan jihozlangan maxsus auditoriyalarda, amaliy mashg’ulotlar va kurs loyihasi komp’yuterda, laboratoriya ishlari esa avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash laboratoriyalarida, “Mersedes-bens” va “Samavto” servis xizmat ko’rsatish markazlaridagi kafedra filiallarida o’tkaziladi.
- ASOSIY QISM: Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.