Yosh davrlar psixologiyasi fani bo'yicha o'quv–uslubiy majmua
Ushbu kitob „Yosh davrlar psixologiyasi” fanining dasturi bo‘lib, unda talabalarga yosh davrlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning rivojlanish qonuniyatlari, ta’lim va tarbiya jarayonidagi psixologik jihatlar hamda o‘qituvchi psixologiyasi kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda har bir yosh davrining psixologik xususiyatlari, o‘smirlar va o‘spirinlik davridagi o‘zgarishlar, ta’lim jarayonini boshqarish, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi kabi muhim mavzular chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, kitobda zamonaviy psixologiya fanining tadqiqot metodlaridan foydalanish hamda kichik maktab yoshi, o‘smirlik va o‘spirinlik davrlaridagi psixik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari batafsil yoritilgan. Kitobda keltirilgan keys-stadi va amaliy mashg‘ulotlar talabalarga psixologik muammolarni tahlil qilish va ularni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Ammo kitobda ba’zi joylarda nazariy materiallar ko‘p bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar kamroq yoritilgan, degan fikrlar ham mavjud.
Asosiy mavzular
- YOSH DAVRLAR PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI: Ushbu fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5111000 – kasb ta‘limi (barcha ta‘lim yo‘nalishlari) yo‘nalishlaridagi talabalarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlari va unga qo‘yiladigan talabalarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlari va unga qo‘yiladigan talablar asosida tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchilari egallashi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi. O‘quv dasturida talabalarning „Yosh davrlar psihologiyasi“ fanidan egallashi lozim bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarining minimumi belgilab berilgan.
- Yosh davrlar psixologiyasi fanining vujudga kelishi va shakllanish tarixi: Bu mavzu O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Yosh davrlar psixologiya fani haqida asosiq tushuncha. Ushbu fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Yosh davrlar psihologiyasi fanning oldida turgan masala va muammolari. Boshqa fanlar bilan aloqadorligi. I.A. Zimnyayaning yosh davrlar psihologiyasi haqida qarashlari. Pedagogik psihologiya. Sharq allomalarimizning yoshga oid xususiyatlari, ta‘lim tarbiya jarayoniga oid qarashlari.
- Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish: Tashkiliy metodlar. O‘bektiv va sub‘ektiv metodlar. Emperik metodlar. Muammolarni qayta ishlash metodlari. Tahliliy metodlar.Sharhlash metodlari. Kuzatish. Longityud. Anketa. Proektiv metodlar.So‘rovnoma. Test. Suhbat. Eksperiment.
- Psixik rivojlanish va ta‘lim. Yosh davrlarini tabaqalash muammolari: Taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar. Yosh davrlar haqidagi tushuncha. Psixik taraqqiyot qonuniyatlari. Yosh krizislari va etakchi faoliyati. Senzitiv davr. Interiorizaciya. Akseleraciya. Yosh. Sobiq sovet psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.El`konin, A.A.Lyublinskaya, V.A.Kruteckiy, A.V.Petrovskiylar ham yosh davrlarini o‘ziga xos tabaqalash nazariyalari.
- Go‘daklik va maktabgacha yoshning psixologik xususiyatlari: Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha. Tug‘ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida. Go‘daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari). Bir yosh inqirozi haqida. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. Maktabgacha yosh davrda psixik taraqqiyot. Bolaning maktab ta`limiga psixologik tayyorligi muammosi.
- Kichik maktab yoshida psixik rivojlanish: Kichik maktab yoshida anatomo - fiziologik rivojlanish. Kichik maktab o‘quvchilarida bilish jarayonlarining o‘sishi. Kichik maktab yoshi davrida asosiy psixologik o‘zgarishlar. O‘quv faoliyatining strukturasi. Kichik maktab yoshida shaxs rivojlanishi va o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari.
- O‘smirlarning psixologik xususiyatlari: O‘tish davri inqirozi va uning sabablari. O‘smirdagi asosiy psixologik o‘zgarishlar. O‘smirda bilish jarayonlarining o‘sish va o‘qish faoliyati. Tarbiyasi qiyin o‘smirlar. Xarakter akcentuaciyasi. Anatomo – fiziologik xususiyatlari. O‘tish davrining inqirozi haqida nazariy qarashlar.
- O‘spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari: Ilk o‘spirinlik yoshda jismoniy taraqqiyot. O‘spirin shaxsining rivojlanish xususiyatlari. O‘spirinning xususiyatlari va kasb tanlashning psixologik xususiyatlari. O‘spirinlarning psixologik munosabatlari. ―Men‖ – koncepciya. O‘spirinlar aql idrokining xususiyatlari.
- Ta‘lim jarayonini boshqarish: O‘rganish jarayonining mohiyati, turlari. Ta‘lim jarayonining psihologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi. Zamonaviy o‘qitish usullarining psihologik asoslari. Mustaqil taffakkurni rivojlantirish. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. O‘quv faoliyatini shakllantirish va boshqarish. Ta‘limda individual yondashish muammosi.
- Tarbiva psixologiyasi. O‘qituvchi psixologiyasi: Tarbiyaviy jarayonning psixologik mohiyati, maqsadi va vazifalari.Tarbiyaviy ta‘sir asoslari. O‘quv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish imkoniyati. Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati. Tarbiya vositalarining psixologik ahamiyati. O‘qituvchining ahloqiy ideal sifatida namayon bo‘lishi. Shaxsning o‘z –o‘zini tarbiyalash muammosi.