Dori vositalarining instrumental tahlil usullari fanidan o'quv-uslubiy majmua

Ushbu kitob "Dori vositalarining instrumental tahlil usullari" fanidan mashg'ulotlar uchun tayyorlangan

Asosiy mavzular

  • Bosh sahifa: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti, Farmatsevtik kimyo kafedrasi, DORI VOSITALARINING INSTRUMENTAL TAHLIL USULLARI FANIDAN O'QUV-USLUBIY MAJMUA. Bilim sohasi: 500000 - Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot. Ta’lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni saqlash. Ta’lim yo‘nalishlari: 5510500 - Farmatsiya (klinik farmatsiya). Toshkent – 2021
  • MUNDARIJA: I. O'QUV MATERIALLARI; 1.1. MA'RUZA MASHG'ULOTLARI MATERIALLARI; 1.2. LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI MATERIALLARI; III. MUSTAQIL TA'LIM MASHG'ULOTLARI; IV. GLOSSARIY; V. ILOVALAR; 5.1. Fan dasturi; 5.2. Ishchi fan dasturi; 5.3. Tarqatma materiallar; 5.4. Testlar; 5.5. Baholash mezoni; VI. ADABIYOTLAR RO'YXATI
  • 1-MA'RUZA. INSTRUMENTAL TAHLIL USULLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFLANISHI. DORI MODDASINING QOTISH, SUYUQLANISH, QAYNASH HARORATINI VA ZICHLIGINI ANIQLASH. TITRIMETRIYA: M a'ruza rejasi: 1. Instrumental tahlil usullari haqida umumiy ma’lumotlar va ularning tasniflanishi. 2. Dori moddasining qotish haroratini aniqlash. 3. Dori moddasining suyuqlanish aniqlash. 4. Dori moddasining qaynash haroratini aniqlash. 5. Dori moddasining zichligini aniqlash. Tayanch so'z va iboralar: Instrumental tahlil usullari, qotish harorati, suyuqlanish harorati, qaynash harorati, zichlik, konstanta, inkrement. Hozirgi davrda kimyoviy moddalarni shu jumladan dorivor moddalarni kimyoviy tarkiblarini va ularni ichidagi bo‘lgan aralashmalarni aniqlashda kimyoviy hamda fizik usullardan foydalanadi. Kimyoviy usullar asosan modda tarkibini kimyoviy reaksiyalar yordamida, fizik usullarda moddalarni fizik xossalarini fizik-kimyoviy usullar esa ularni bir vaqtni o‘zida ham kimyoviy ham fizik xussiyatlari asosida tahlil olib boriladi. Fizik-kimyoviy usullar chet mamlakatlar adabiyotlarida "instrumental" usullar deb yuritiladi, buning asosiy sabablari odatda bu usullarda turli o‘lchov moslamalari va asboblardan foydalaniladi.
  • Dori moddalarining qotish haroratini aniqlash: Moddaning suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishidagi qisqa vaqt oralig‘idagi doimiy, eng yuqori harorat qotish harorati deyiladi.
  • Moddaning qaynash haroratini aniqlash: Qaynash harorati - moddaning normal bosim ostida 101,325 kPa (760 mm simob ustuni) qaynash boshlanishidagi harorat bilan qaynashning tugashidagi harorat oralig‘idir.
  • Dori moddalarining zichligini aniqlash: Zichlik hajm birligidagi moddaning massasi bo‘lib, p=m/V formula bilan ifodalanadi. Agar modda massasi grammlarda, hajmi kub santimetrlarda o‘lchansa, p g/sm1 da ifodalanadi.
  • Titrlash: Titrlash - T modda eritmasini oz-ozdan X-modda eritmasiga asta sekin, barcha X modda reaksiyaga kirishgan nuqtani oshkor etuvchi belgi namoyon bo‘lguncha aralashtirib qo‘shib borishdir. Titrlash - X modda bilan stexiometrik nisbatda tasirlashish lahzasigacha ko‘shilgan T moddaning miqdorini bilgan holda X moddaning miqdorini topishga imkon beradi.
  • Elektrokimyoviy tahlil usullari: Elektroog‘irlik yoki elektroliz usuli - eritmadan doimiy tok o‘tib turganda elektroddan ajralib chiqadigan metal yoki boshqa birikmalarni analitik tarozilarda tortib aniqlanadi. Bunda moddalar elektroliz tufayli ajralib chiqadi.
  • Polarografiya usuli: Elektroliz jarayonida hosil bo‘ladigan tok kuchi kuchlanishni aniqlashga asoslangan. Bu holda bir elektrod (katod) juda kichik yuzaga ega, boshqasi katta yuzaga ega.
  • Ampermetrik titrlash: Polyarografik tahlilning bir turi bo‘lib, ikki elektrod (katod va anod) indikator va solishtiruvchi modda o‘rtasida o‘tadigan doimiy kuchlanishdagi diffuzion tokni o‘lchashga asoslangan.
  • Kulonometriya: Doimiy potensialli ma’lum miqdordagi moddani elektroliz qilishga sarf bo‘lgan elektrning miqdorini aniqlashga asoslangan. Doimiy potensial ushbu moddadan ajralib chiquvchi potensialga tengdir.
  • Konduktometriya: Eritma konsentratsiyasi, harorati va tabiatiga bog‘liq bo‘lgan kimyoviy reaksiya natijasida tekshiriluvchi eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlashga asoslangan.
  • Xronokonduktometrik titrlash: Konduktometrik titrlashning bir turi bo‘lib, moddani miqdorini tekshiriluvchi eritmani doimiy tezlikda tugayotgan titantni konduktometrik titrlashga ketgan vaqti bilan topiladi.
  • Potensiometriya: Tekshiriluvchi eritmaga tushurilgan elektrodning rN - potensial o‘zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu o‘zgarish konsentratsiya va xaroratga bog‘liq holda kechadigan kimyoviy reaksiya natijasida amalga oshadi.
  • Oksereduktametriya: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va oksered juftlik potensiallarini tekshirishga asoslangan usul bo‘lib, uning yordamida oksered juftlikning standart va real potensiallari, ular yordamida esa turli xil konstantalar, hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi. Bevosita potensiometrik usullar kimyoviy va elektr kimyoviy reaksiyaga qatnashuvchi elektrodlar soni, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik va aktivlik koeffitsentlari kabi ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi.
  • Elektrod potensiali: Potensiometriya usulida tekshiriladigan eritmalarga tushirilgan elektrodlarning potensiallari o‘lchanadi. 1898 yilda V.Nernst elektrod potensialining eritmadagi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liqligini, termodinamik mohiyatini isbotladi. Xozirgi davrda elektrod potensiali deganda, taqqoslash (asosan, vodorod) elektrodi bilan istalgan oksidlanish-qaytarilish yoki boshqa reaksiyaga mos elektrod orasida yuzaga keladigan elektr yurituvchi kuch (EYUK) tushuniladi.
  • Kimyoviy oksidlanish-qaytarilish usulida indikatorli elektrodlarni qo‘llash.: Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida platinali indikator elektrodining potensiali oksidlangan va qaytarilgan hollarda konsentratsiyasi nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Buni temir (II) tuzini seziy (IV) standart eritmasi bilan titrlash misolida ko‘rish mumkin.
  • Taqqoslash yoki standart elektrodlar.: Bunday elektrodlarga ikkinchi turdagi elektrodlar kiradi. Masalan: kalomel elektrodi Hg/Hg2SO4/H2SO4 kumush xlorni Ag/AgCl/NaCl. Ba’zi hollarda bu elektrodlar titrlanuvchi eritma ichiga tushuriladi. Bu elektrodlar tekshiriluvchi elementning konsentratsiyasini o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi. SHuning uchun golvanik elementning EYUK faqat indikatorli elektrod potensialining o‘zgarishiga bog‘liq.
  • Kalomel elektrodi: Bu ikkinchi turdagi elektrod bo‘lib, metal simob va KCl eritmasi kalomelga nisbatan to‘yintirilgan.Hg2Cl2 eritmadan tashkil topgan.Bunday elektrod potensiali quyidagi reaksiyalar bilan ifodalanadi.
  • Kumush xlorli elektrod.: Ikkinchi turdagi elektrod bo‘lib, shisha va platinali elektrodlar bilan birgalikda taqqoslovchi elektrod bo‘lib xisoblanadi.
  • Potensiometrik titrlash.: Potensiometrik titrlashda reaksiyada qatnashuvchi modda yoki ionlarning konsentratsiyasi xar doim o‘zgaradi, shunga asosan indikatorli elektrod potensiali ham o‘zgaradi. Bog‘liqlikni grafik tasvirlanganda фх ni V ga nisbatan chiziladi.
  • Xromatografiya tahlili: Xromatografiya - bu kimyoviy tahlilning zamonaviy usuli hisoblanadi. Bunda bu usuldan foydalanish natijasida dori vositalarining sifatini aniqlash mumkin. Xromatografiya boshqa fizik-kimyoviy usullardan farqli xolda, aralashmaning komponentlarini qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalar orasida taqsimlanishiga asoslanadi.
  • Yupqa qatlam xromatografiyasi: YUQX usuli - bu qo‘zg‘almas faza sifatida silikagel, alyuminiy oksidi, sellyuloza yoki turli xil yuqori adsorbsion xususiyatga va past sig‘imga ega bo‘lgan bosh adsorbent moddalar olinadi. Adsorbsion YUQX si uchun barcha ma’lum bo‘lgan silikagel markalaridan eng yaxshisi KSK hisoblanadi.
  • Sorbentlar: Aralashma moddalarning yupqa qatlam xromatografiya (YUQX) usuli bilan ajratib olishni asosiy faktorlaridan biri sorbentlarning to‘g‘ri tanlashdir. Sorbent adsorbsiyani, ion almashinishini, qo‘zg‘aluvchi fazani xarakatlanishini ta’minlashi va molekulyar elak vazifasini bajarishi mumkin. Xromatografik jarayonni qo‘yilgan talabga qarab, mos sorbent tanlanadi.
  • Elyuant xromatografiyasi: Sorbent bilan to‘ldirilgan shisha nayni toza yoki gazsimon qo‘zg‘aluvchan faza V bilan yuviladi. Qo‘zg‘aluvchi fazani oqimini to‘xtatmasdan nayning yuqori qismiga suyuq yoki gazsimon tahlil qilinayotgan aralashmaga (A va V moddalar) yuboriladi. Sorbentni ustiga tushib moddalar shimila boshlaydi va qo‘zg‘aluvchi fazaning yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.
  • Frontal xromatografiya: Sorbent bilan to‘ldirilgan nayni A va V moddalar eritilgan gaz yoki suyuq erituvchi bilan yuviladi. Bunda A - moddasi V ga nisbatan sorbentga shimilish xususiyati pastroqdir.
  • Siqib chiqaruvchi usul: Aralashma komponentlarini siqib chiqariluv moddasi desorbsiyasi siqib chiqaruvchi moddani erituvchi faza bilan ajratishda qo‘llaniladi.
  • Xromatografiya tahlil usullari: Gaz xromatografiyasi, xromatografik pik yuzasi, ushlanish parametrlari, mutloq kalibrlash, ichki standartlash.
  • Xromatogramma: Xromatogramma - bu gaz bosqichida ajralib chiqqan komponentlar va ularning shakli, hajmi, hamda o‘ziga xos holatlarni aks ettiruvchi grafik ko‘rinish.
  • Gaz xromatografiyasi: Gaz xromatografiyasi - bu zamonaviy usul bo‘lib, unda moddalar aralashmasini uchuvchanligi, qovushqoqligi va gigroskopikligiga qarab tanlanadi.
  • Spektrofotometriya: Spektrofotometriya - bu moddaning nur yutish xususiyatini o‘lchashga asoslangan usul bo‘lib, unda optik zichlik, ultrabinafsha va ko‘rinadigan spektrlar diapazonida ishlovchi optik jihozlar ishlatiladi.
  • Poliklar: Qutblangan nur tekisligini burish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar optik faol moddalar deyiladi.
  • Flyuorimetriya: Flyuorimetriya - lyuminessensiya hodisasiga asoslangan usul bo‘lib, unda modda yutgan energiya asosida yorug‘lik chiqaradi.
  • Yadro magnit rezonansi (YAMR): Yadro magnit rezonansi - bu atom yadrolarining tashqi magnit maydonida o‘zini tutishi asosida ishlaydigan usul bo‘lib, unda atom yadrolarining spin o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan energiya hisoblanadi.
  • Atom absorbsion spektroskopiyasi: Atom absorbsion spektroskopiyasi - bu atomlar tomonidan nur yutilishiga asoslangan usul bo‘lib, bunda atomlar energiyasini yutib qo‘zg‘algan xolatga o‘tadi va qo‘zg‘algan holatdan yana boshlang‘ich holatiga qaytganida nur chiqaradi.