Umumiy va noorganik kimyo

Ushbu kitob Umumiy va Noorganik Kimyo fanini o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kimyo asosiy tushunchalari, moddalar, atom tuzilishi, davriy sistema, kimyoviy bog'lanish, termokimyo, eritma, elektroliz, metallar, galvanik elementlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, gidroliz va kimyo sanoatining ekologiyaga ta'siri kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda nazariy bilimlar bilan bir qatorda har bir mavzu bo'yicha mustaqil bajarish uchun masalalar va nazorat savollari berilgan bo'lib, talabalarning chuqur bilim olishlari va mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy tushunchalar: Kimyo fani va undagi asosiy tushunchalar (modda, jism, oddiy modda, murakkab modda, fizikaviy hodisa, kimyoviy hodisa, atom massa, molekulyar massa, mol va boshqalar).
  • Atom-molekulyar ta’limot: Atom-molekulyar ta’limotga oid tushunchalar, jumladan atom, molekula, atomning tuzilishi, elektron qavatlari, kvant sonlari, Pauli prinsipi, Hund qoidasi, Klechkovskiy qoidalari.
  • Moddalar massasining saqlanish qonuni: Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi.
  • Tarkibning doimiylik qonuni: Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas miqdoriy tarkib bilan ifodalanadi.
  • Karrali nisbatlar qonuni: Agar ikki element o‘zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to‘g‘ri keladigan massa miqdorlari o‘zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‘ladi.
  • Hajmiy nisbatlar qonuni: Bir xil fizikaviy sharoitda (P, T) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari o‘zaro va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‘ladi.
  • Ekvivalentlar va Avogadro qonuni: Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng; bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o‘zaro teng bo‘ladi.
  • Atom tuzilishi: Atom haqidagi tasavvurlar, Rezerford tajribasi, Bor nazariyasi, atomning energetik holati.
  • Kimyoviy bog‘lanish va Molekulaning tuzilishi: Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent, ionli, donor-akseptor, metall va vodorod bog‘lanishlar hamda ularning xossalari.
  • Termokimyo: Kimyoviy reaksiya issiqlik effekti, termodinamikaning I va II qonunlari, Gess qonuni, kimyo va energetika muammolari.
  • Eritmalar, ularning turlari: Eritmalar, erituvchi, erigan modda, to‘yingan va to‘yinmagan eritma, eruvchanlik, Genri va Genri-Dalton qonunlari, osmotik bosim, Raul qonunlari.
  • Elektrolit eritmalar: Elektrolitlar, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, suyultirish qonuni, Vant-Goff va Raul qonunlari.
  • Ionli reaksiyalar va tuzlarning gidrolizi: Ion almashinish reaksiyalari, suvning elektrolitik dissotsialanishi, vodorod ko‘rsatkich (pH), eruvchanlik ko‘paytmasi, tuzlarning gidrolizi.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Oksidlanish, qaytarilish jarayonlari, oksidlanish darajasi, oksidlovchi va qaytaruvchi, elektron balans usuli, ion-elektron usuli, disproporsiyalanish.
  • Metalllar: Metallarning tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari, metallarning ishlatilishi, metallarning aktivlik qatori, metallarning korroziyasi.
  • Elektrokimyo: Galvanik elementlar, standart elektrod potensiallari, elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori, elektroliz va Faradey qonunlari.
  • Davriy sistemaning I – A guruhi elementlari: Ishqoriy metallar, ularning tabiiy birikmalari, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari va ishlatilishi.
  • Davriy sistemaning II – A guruhi elementlari: Ishqoriy-yer metallar, ularning tabiiy birikmalari, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari va ishlatilishi.
  • Davriy sistemaning III – A guruhi elementlari: Bor, alyuminiy, galliy, indiy va talliy elementlarining xossalari va birikmalari.
  • Davriy sistemaning IV – A guruhi elementlari: Uglerod, kremniy, germaniy, qalay va qo‘rg‘oshin elementlarining xossalari va birikmalari.
  • Davriy sistemaning V – A guruhi elementlari: Azot, fosfor, mishyak, surma va vismut elementlarining xossalari va birikmalari.
  • Davriy sistemaning VI – A guruhi elementlari: Kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlarining xossalari va birikmalari.
  • Davriy sistemaning VII – A guruhi elementlari: Galogenlar (ftor, xlor, brom, yod) va ularning birikmalari, vodorodli birikmalari va xossalari.
  • Davriy sistemaning VIII – A guruhi elementlari: Nodir gazlar (geliy, neon, argon, kripton, ksenon, radon) va ularning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari va ishlatilishi.
  • Davriy sistemaning qo‘shimcha guruh elementlari: d-elementlar: mis, kumush, oltin, rux, kadmiy, simob, temir, kobalt, nikel, platina guruhlari elementlarining xossalari va birikmalari.
  • Texnik taraqqiyot va ekologik muammolar: Inson faoliyatining tabiatga ta’siri, kimyo sanoatining ekotizimga ta’siri, chiqindilar va ularni qayta ishlash.