Korxonalarda tayyоrlangan qurilish konstruktsiyalari
Ushbu kitob "QURILISH MATERIALLARI BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH" kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Temirbeton konstruksiyalari" fanidan tayyorlangan o'quv-uslubiy majmua hisoblanadi. Unda temirbeton konstruktsiyalarining nazariy va amaliy jihatlari, ularning asosiy qismlari, fizik-mexanik xossalari, mustahkamlikka hisoblash usullari va ularni loyihalash asoslari to'liq yoritilgan.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu. Temirbeton konstruksiyalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar: Temirbeton mohiyati, temirbeton rivojlanishining qishqacha tarixi, temirbeton afzalliklari va kamchiliklari, temirbeton qo'llanilish sohalari, temirbeton konstruksiyalarini ishlab chiqarish usullari, yaqin yillarda temirbeton rivojlanishning yo'nalishlari.
- 2-mavzu. Betonning fizik-mexanik xossalari: Betonning mustahkamlik xossalari, betonning fizik xossalari, betonning deformativ xossalari, betonning me'yoriy va hisobiy qarshiliklar, beton sinflari, betonning markalari, sovuqbardoshlik, suv o'tkazmaslik va zichligi bo'yicha markalari.
- 3-mavzu. Beton deformatsiyalari: Beton deformatsiyalanishi; deformatsiyalar turlari; beton kirishishi, qisqa muddatli, bir martali yuklar ta'sirida hosil bo'ladigan deformatsiyalar; betonning elastik va deformatsiya moduli; betonning tobtashlashi; betonning chegaraviy deformatsiyalari; betonning shishishi; kirishish deformatsiyasi; harorat va namlik ta'sirida deformatsiyalar.
- 4-mavzu. Armatura va armaturali mahsulotlar: Temirbeton konstruksiyalar uchun armatura, armatura turlari, armaturalar klassifikatsiyasi, armatura po'latining mexanik xossalari, armatura po'latining sinflari, payvandlangan va to'qima armatura karkaslari va to'rlari.
- 5-mavzu. Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalar: Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton; oldindan zo'riqtirish kuchi miqdorini aniqlash; siqilish jarayonidagi kuchlanish; armaturada oldindan zo'riqish kuchlanishlarining yo'qolishi; oldindan zo'riqtirilgan elementlarda kuchlanish-deformatsiyalanish holatlari.
- 6-mavzu. Temirbeton qarshiligi nazariyasi asoslari: Temirbeton qarshiliklari nazariyasi asoslari; temirbeton elementlarini hisoblash usullari; temirbeton konstruksiyalari o'ziga xos hususiyatlari; egiluvchi elementlarni kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi; temirbeton konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo'yicha hisoblash asoslari.
- 7-mavzu. Egiluvchi temirbeton elementlarni loyihalash asoslari: Egiluvchi elementlar; egiluvchi elementlarni konstruktivlash; armaturalash; plita; to'sin; bir oraliqli to'sinlar.
- 8-mavzu. Egiluvchi elementlarni normal kesim bo`yicha mustahkamligini hisoblash: Eguvchi moment, kesuvchi kuch, plitalar, to`sinlar, normal kesim, yakka armaturali elementlar, qo`sh armaturali, normal kesim, tavr kesimli elementlar.
- 9-mavzu. Egiluvchi elementlarni qiya kesim bo`yicha mustahkamligini hisoblash: Egiluvchi elementlar; ko`ndalang kuch va eguvchi moment ta`siri; qiya kesim; qiya kesim bo`yicha sinish; ko`ndalang armatura; bukik sterjenlar; normal va urinma kuchlanishlar.
- 10-mavzu. Siqiluvchi va cho`ziluvchi elementlarni hisoblash va loyihalash: Siqiluvchi elementlar va ularni hisoblash; nomarkaziy siqiluvchi elementlar va ularni hisoblash; cho‟ziluvchi elementlar; bo`ylama armatura; ko`ndalang armatura; tasodifiy ekstsentrisitet; hisobiy ekstsentrisitet; mustahkamlik shartlari; yuk ko`tarish qobiliyati.
- 11-mavzu. Temirbeton poydevorlar: Temirbeton poydevorlar va ularning turlari; quyma va yig‟ma ustun osti alohida poydevorlarining konstruktiv hususiyatlari; qo`yilish chuqurligi; poydevor tovoni; tovonining o`lchamlari; markaziy va nomarkaziy yuklangan alohida turuvchi poydevorlar.
- 12-mavzu. Yassi va yaxlit temirbeton orayopmalar: Yassi orayopmalar; qo‟llanish sohasi; monolit orayopma tarkibi; monolit plita; plita qalinligini aniqlash; plitaga tushayotgan yuklamalarni aniqlash; hisobiy uzunlikni aniqlash; eguvchi moment qiymati.
- 13-mavzu. Temirbeton elementlarning darzbardoshligi va ko’chishi: Temirbeton elementlarning yoriqbardoshlik bo‟yicha hisobi; yoriqbardoshlikni hisoblash usullari; egiluvchi elementlarda normal yoriqlarning ochilishi; elementni qiya yoriqlar bo‟yicha hisoblash; normal va qiya yoriqlarning yopilishiga hisoblash.
- 14-mavzu. Yuk ko`taruvchi temirbeton konstruktsiyali bino va inshootlarni: Temirbeton bino va inshootlar; yig`ma elementlar; elementlarni unifikatsiyalash; elementlarni tipizatsiyalash; zilzilaviy hududlar; seysmik yuklar; seysmik faol hududlar; zilzilabardosh konstruktsiyalar.
- 15-mavzu. Bir qavatli sanoat binolarining konstruktiv sxemalari: Bir qavatli sanoat binolarining konstruktiv sxemalari; binolarning konstruktiv sxemalarinin tuzish; seysmik rayonlarda quriladigan bir qavatli sanoat binolari karkas elementlari birikmalarining konstruktiv hususiyatlari.
- 16-mavzu. Ko’p qavatli karkasli sanoat binolarining temirbeton konstruksiyalari: Ko‟p qavatli karkasli sanoat binolarining konstruktiv sxemalari; fazoviy bikrlikning ta‟milanishi; universal sanoat binolarining konstruksiyalari; qavatlararo yopmalarni xar-xil sistemalarinig qo‟llanilishi.
- 17-mavzu. Ko’p qavatli karkasli fuqaro binolarning sxemalari va konstruksiyalari: Ko‟p qavatli fuqaro binolarining konstruktiv sxemalari; karkasli binolarning konstruktiv sxemalarinin loyihalash; binolarning fazoviy bikirligini ta‟minlash; rama, bog‟lagichli va rama-bog‟lagichli sistemalar.
- 18-mavzu. Tomyopma konstruksiyalari. Temirbeton ferma va arkalar: To‟sinlar, fermalar, ishchi armatura, fermalarning hovonlari, ostki belbog‟.
- 19-mavzu. Tosh-g’isht konstruksiyalari haqida umumiy ma’lumot: Tosh-g‟isht konstruksiyalari; tosh-g‟isht konstruksiyalari to‟g‟risida umumiy ma‟lumotlar; ularni mustahkamlikka hisoblash; kuchlanish-deformatsiyalanish holatinin belgilash.
- 20-mavzu. Kompleks konstruksiyali binolar: Kompleks elementlar; temirbeton o‟zak bilan kuchaytirilgan tosh-g‟isht konstruktsiyalar; seysmik hudular; antiseysmik belbog‟lar.
- 21-mavzu. Bino va inshootlarni ta’mirlash asoslari: Bino va inshootlarni ta‟mirlash asoslari; bino va inshootlarni ta‟mirlashning maqsad va vazifalari; bino va inshootlarning ko‟pga chidamliligi va yemirilishi.