Amaliy mexanika
Ushbu o'quv qo'llanma «Texnik mexanika» fanini o'rganuvchi 5321200 –Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishlarida o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma fanning namunaviy va ishchi dasturiga muvofiq, zamonaviy texnikalarda qo‘llaniladigan mexanizmlarning tuzilishi, ish jarayoni, mexanik uzatmalar, podshipniklar, muftalar, birikmalar va ularning turlari, hisoblash usullari, nazariy bilimlarni mustahkamlashni maqsad qilib olgan.
Asosiy mavzular
- Materiallar qarshiligi va nazariy mexanika: Kichki kuchlar va deformatsiyalar, kuchlanish va deformatsiyalar, elastiklik va plastik deformatsiyalar, materiallarning mustahkamlik nazariyalari, uzatmalar.
- Tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikasi va Buralish: Tekis kesim yuzalarining statik momentlari, inersiya momentlari, markazdan qochirma inersiya momentlari va ularning hisoblash usullari. Buralishda kuchlanish.
- Egilish: To‘sinlardagi zo‘riqish kuchlarini aniqlash. Eguvchi moment va kesuvchi kuch. Eguvchi moment, kesuvchi kuch va kuch intensivligi orasidagi differensial bog‘lanishlar. Sof egilish va normal kuchlanish.
- Mexanik uzatmalar va ularning kinematikasi: Mashina detallari, uzatmalar, tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, zanjirli uzatmalar, chervyakli uzatmalar, ularning kinematikasi va geometrik o‘lchamlari.
- Valllar va podshipniklar: Vallarning tuzilishi va turlari, ularning hisobi. Podshipniklar va ularning turlari, ularning ishlash prinsipi, nazariyasi va hisobi.
- Muftalar va birikmalar: Muftalar va ularning turlari, ularning tuzilishi, hisobi. Birikmalar va ularning turlari, mustahkamlikka hisoblash.
- Amaliy mashg‘ulotlar: Texnik mexanika fanining turli mavzular bo‘yicha masalalar yechish va laboratoriya ishlarini bajarish.