Kosmetik parfumer preparatlar texnologiyasi
Ushbu kitob kosmetika va parfumеriya preparatlari texnologiyasi fanidan iborat bo'lib, 1 va 2-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Unda kosmetologiya, dorivor o'simliklar, krem, loson, shampun, pasta, pudra, pomada, lak, xushbo'y suvlar, dezodorantlar, jumladan, shuningdek tishlar uchun ishlatiladigan vositalar hamda ularni tayyorlash texnologiyasi, sifatini baholash, jihozlash va saqlash usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, qo'shimcha ravishda xalq tabobati va zamonaviy kosmetologiya, farmatsevtika texnologiyasi bo'yicha muammoli vaziyatlar va laboratoriya ishlari bilan tanishtiriladi.
Asosiy mavzular
- Kosmetologiya haqida umumiy tushuncha, qisqacha tarixi: Kosmetologiya tibbiyotning yo'nalishi, uning maqsadi, vazifalari. Kosmetologiyaning rivojlanish tarixi, olimlarning merosini ahamiyati, fanni rivojlanishiga qo'shgan ularning hissasi. Kosmetologiya yunalishining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari.
- Kosmetologiyadagi zamonaviy yo'nalishlar: Kosmetologiyaning asosiy yo'nalishlari: klinik (tibbiyot) va sanoat kosmetologiyasi, ularning ta'rifi, tasnifi vazifalari. Kosmetik preparatlar ta'rifi, tasnifi, asosiy guruhlari. Me'yoriy hujjatlar.
- Kosmetik vositalar texnologiyasida qo'llaniladigan asbob-uskunalar: Kosmetik preparatlarni yaratishda qo'llaniladigan yordamchi moddalar (to'ldiruvchilar, asoslar, erituvchilar,) ta'rifi, tasnifi, asosiy vakillari, qo'llash asoslari. Kosmetik va parfyumeriya vositalar texnologiyasida qo'llaniladigan SFMlar, turg'unlashtiruvchi moddalar, korrigentlar ta'rifi, tasnifi, qo'llash asoslari, asosiy vakillari. Kosmetik va parfyumer preparatlarning tarkibidagi moddalarga qo'yilgan talablar.
- Kosmetik vositalarning texnologiyasida qo'llaniladigan yordamchi moddalar ta'rifi, tasnifi: Kosmetik vositalarni tayyorlashda ishlatiladigan asboblarning ta'rifi, tasnifi. Dispergirlash, gomogenlashtirish, eritish jarayonlarida qo'llaniladigan asbob-uskunalar tuzilishi, ishlatilishi. Kosmetik preparatlarni qadoqlash va jihozlashda qo'llaniladigan asbob-uskunalar. Kosmetik vositalarni turg'unligini oshirish yo'llari. Konservantlar.
- Terining tuzilishi, funktsiyalari: Terini tuzilishi, fiziologiyasi, gistologiyasi. Terini funktsiyalari. Terini parvarishi. Kosmetik preparatlarni ta'sir etish mexanizmlari. Terida uchraydigan nuqsonlar ta'rifi.
- Kosmetik vositalari ta'rifi, tasnifi, ularga qo'yilgan talablar: Kosmetik vositalari ta'rifi, tasnifi, qo'llaniladigan xom ashyolar, tayyorlash asoslari, zamonaviy recepturasi. Sifatini baholash.
- Kosmetik kremlar: Kosmetik kremlarning ta'rifi, tasnifi, (asoslar, konsistentsiya va qo'llanilishi bo'yicha). Kosmetik kremlarning texnologiyasi, recepturasi, zamonaviy nomenklaturasi. Sifatini baholash usullari. Kosmetik kremlar texnologiyasining asosiy bosqichlari. Zamonaviy kosmetik kremlar turlari.
- Kosmetik gellar texnologiyasi: Kosmetik gellar tushunchasi, tasnifi, qo'llaniladigan yordamchi moddalar, texnologiyasi, recepturasi, zamonaviy nomenklaturasi. Sifatini baholash usullari. Kosmetik gellar texnologiyasining asosiy bosqichlari. Zamonaviy gellar nomenklaturasi.
- Kosmetik losonlar texnologiyasi va qo'llaniladigan yordamchi moddalar: Kosmetik losonlar tushunchasi, ta'rifi, tasnifi. Qo'llaniladigan yordamchi va dorivor moddalar. Losonlarni texnologiyasi, recepturasi, zamonaviy nomenklaturasi. Kosmetik emulsiyalar va sutlar ta'rifi, tasnifi, qo’llaniladigan yordamchi moddalar, tayyorlash asoslari. Kosmetik emulsiyalarning turg’unligini oshirish yullari. Sifatini baholash.
- Kosmetik sovunlar olinishi, ishlatiladigan asoslar: Kosmetik sovunlar ta'rifi, tasnifi, qo'llaniladigan xom ashyolar, texnologiyasi, recepturasi. Asoslar, ularni tanlash qoidalari. Sifatini baholash.
- Shampunlar tasnifi, texnologiyasi: Shampunlar ta'rifi, tasnifi, qo'llaniladigan xom ashyo, tayyorlash asoslari, zamonaviy recepturasi. Sifatini baholash.
- Og'iz bo'shlig'i gigiyenasi uchun vositalar tasnifi, tish balzamlari texnologiyasi: Og'iz bo'shlig'ini parvarishi uchun mo'ljallangan vositalar ta'rifi, tasnifi, qo'llaniladigan xom ashyo, tayyorlash asoslari, recepturasi. Erituvchi turi va mikdorinitanlash.Sifatini baholash.
- Tish pastalar texnologiyasi, qo'llaniladigan yordamchi moddalar: Tish pastalar ta'rifi, tasnifi, qo'llaniladigan xom ashyo, tayyorlash asoslari, rECerturasi. Davolovchi tish pastalari. Og‘iz bo‘shlig‘i uchun ishlatiladigan eliksirlar. Sifatini baholash.
- Davolovchi kosmetik kukunlar va prisipkalar: Davolovchi kosmetik kukunlar va prisipkalar haqida umumiy tushunchaga ega bo'lish. Kosmetik kukunlar va prisipkalar tarkibiga kiradigan dori vositalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini bilish. Kosmetik kukunlar va prisipkalar asosiy texnologik jarayonini bilish. Kukunlar va prisipkalar tarkibidagi qattiq dori moddalarning maydalik darajasini bilish. Kukunlar va prisipkalar sifatini baholash va qadoqlashni o'rganish.
- Xushbo'y suvlar, odekolonlar texnologiyasi: Kosmetik xushbo'y suvlar, odekolonlar haqida umumiy tushunchaga ega bo'lish. Xushbo'y suvlar va odekolonlar tarkibiga kiruvchi dori moddalar, yordamchi moddalar va ularga qo'yilgan talablar bilan tanishish. Xushbo'y suvlar va odekolonlar texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari. Xushbo'y suvlar va odekolonlarga qo'yilgan talablar va sifatini baholashni o'rganish.
- Davolovchi kosmetik damlamalar texnologiyasi: Davolovchi kosmetik damlamalar to’g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Davolovchi kosmetik damlamalar tayyorlashda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarni tanlashni bilish. Damlamalar tayyorlashda dorivor o‘simliklardan biologik faol moddalarni to‘g‘ri ajratib olishni o‘rganish. Kosmetik damlamalar sifatini baholash va jihozlashni bilish.
- Davolovchi kosmetik qaynatmalar texnologiyasi: Davolovchi kosmetik qaynatmalar to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Davolovchi kosmetik qaynatmalar tayyorlashda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarni tanlashni bilish. Qaynatmalar tayyorlashda dorivor o‘simliklardan biologik faol moddalarni to‘g‘ri ajratib olishni o‘rganish. Kosmetik qaynatmalar sifatini baholash va jihozlashni bilish.
- Kosmetik namlamalar olinish texnologiyasi o‘ziga xosligi: Kosmetik namlamalar haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Kosmetik namlamalar ishlatilishi va texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari bilan tanishish.
- Pudralar texnologiyasi: Pudralar ta'rifi, tasnifi, qo'llaniladigan xom ashyoning turlari. Pudralar texnologiyasi, zamonaviy recepturasi. Sifatini baholash.
- Pomadalar texnologiyasi: Pomadalar ta'rifi, tasnifi, tеxnologiyasi bo`yicha tushunchaga ega bo`lish, tayyorlash bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish. Mavzu bo`yicha bеrilgan uslubiy ko`rsatmalar ќamda pomadalar tarkibiga qo`shiladigan asosiy va yordamchi moddalarni fizik-kimyoviy ќossasi, turli maqsadda ishlatishga mo`ljallangan pomadalarni tayyorlash bilan tanishtirish.
- Laklar texnologiyasi: Laklar haqida umumiy tushunchaga ega bo'lish. Laklar tayyorlashda ishlatiladigan moddalar bilan yaqindan tanishish ularni xossalarini o'rganish. Laklar sifatini baholash va jihozlashni bilish.
- Aseptika. In’yeksion eritmalarning xususiy texnologiyalari: Aseptika haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. Aseptika sharoitni yaratishni bilish. Aseptika sharoitini me’yorlarini o‘rganish. In’yeksion eritmalar tayyorlashda aseptika qoidalariga rioya qilishni o‘rganish. In’yeksion eritmalar tarkibiga kiradigan dori moddalarning fizik–kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish. In’yeksion eritmalarni sifatini baholash. In’yeksion eritmalarni sterilizatsiya qilish qoidalarini bilish. In’yeksion eritmalarni qadoqlash va jihozlashga qo‘yilgan talablarni o‘rganish.
- Kosmetik va parfyumer preparatlarining fizik kimyoviy va texnologik xossalarini baholash: Kosmetik va parfumer preparatlarning fizik-kimyoviy va tеxnologik xossalarini baholash usullari. Kosmetik preparatlarning fizik-kimyoviy va texnologik korsatkichlarini baholash usullari, aniqlash uchun moljallangan asboblar.
- Kosmetik va parfyumer preparatlarining reologik xususiyatlari baholash: Reologik xususiyat haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Tayyor kosmetik vositalarning reologik xususiyatlarini baholashni o‘rganish.
- Kosmetik va parfyumer preparatlarni biofarmatsevtik taxlili: Kosmetik va parfumer vositalarning biofarmatsevtik taxlildan to’g‘ri o‘tkazishni o‘rganish. Zamonaviy biofarmatsevtik tahlillar bilan ishlashni o‘rganish.