Biofarmatsiya
Ushbu kitob farmatsevtika sohasida "Biofarmatsiya" fanini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Unda dori vositalarining biosamaradorligiga ta'sir etuvchi omillar, dori shakllarining biosamaradorlikka texnologik jarayonlarning ko'rsatgan ta'siri, farmatsevtik omillar, dorilarni organizmga yuborish yo'llari, shamchalar, surtmalar, linimentlar, kapsulalar va boshqa dori turlarining sifat ko'rsatkichlari va ularning biologik samaradorligini aniqlash usullari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, nanozarrachalar va magnit orqali boshqariladigan tizimlar kabi zamonaviy texnologiyalar hamda ularning biosamaradorligiga oid ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- BIOFARMOTSIYA: Talabalarga farmatsevtik omillarni, ularni dori vositalarining biosamaradorligiga ko'rsatadigan ta'sirini, preparatlarning biologik samaradorligini hamda ularni aniqlash usullarini, bioekvivalentlik tushunchasini va “Bioveyver” uslubini qo'llashni, dori vositalarida uchraydigan nomutanosibliklarni o'rgatish.
- Dori vositalarining biologik samaradorligiga ta'sir etuvchi farmatsevtik, farmakokinetik va farmakodinamik omillar: Dori vositalarining biologik samaradorligiga fiziologik, biokimyoviy va farmatsevtik omillar ta'sir ko'rsatadi. Ulardan biz uchun eng muhimi farmatsevtik omillardir.
- Farmatsevtik omil: Oddiy kimyoviy modifikatsiya va yordamchi moddalarni dori vositalaridagi biologik samaradorligi: Dorivor preparatlarga analitik me'yoriy hujjat (AMH) ishlab chiqilganda modda zarrachalari, o‘lchamlariga qat’iy reglament belgilash kerak bo‘ladi.
- Farmatsevtik omil: Dori shakli va yuborish yo‘llari: Dori shakli – farmakologik nuqtai nazardan ratsional, qabul qilishga va saqlaninishga qulay, minimal nojo‘ya ta’sir ostida muayyan terapevtik effektini ta’minlaydi.
- Dori vositalarining biologik samaradorligiga inson yoshi va jinsining ta’siri: Dori vosita faqat qon tomirlariga yuborilgandagina darrov qon oqimiga tushadi. Boshqa hamma organizmga kiritish yo‘llarida dori moddasi qon oqimiga tushgunigacha bir qator turli jarayonlardan o‘tadi.
- Dori moddalarini organizm tomonidan so‘rilishi va unga ta’sir etuvchi omillar: Dori vositasining kiritilgan erdan so‘rilishiga asoslangan holda aniqlanadi. Bugungi kunda asoslardan dori vositasining ajralib chiqish tezligini o‘rganadigan bir qator usullar ishlab chiqib amaliyotga taqdim etilgan.
- Qattiq dori shakllarini erishi va parchalanishi haqida tushuncha: Dori preparatlarining biologik samaradorligi ularning parchalanishi, erishi va dori vositalarining dori preparatidan ajralib chiqishi, farmako-texnologik jarayonning ta’siri bilan belgilanadi.
- Dori vositalarining bioekvivalentligi: asosiy tushunchalar, tadqiqot ob’ektlari, aniqlash usullari: Talabalarga bioekvivalentlikni o‘rganish obektlari, o‘rganishda tekshiriluvchi kontingentga qo‘uilgan talablar, tekshirishda qon olish taxlili va usullari bilan tnishtirish.
- Dori vositalarining bioekvivalentligini baholashda “Biowaver” uslubi: Dori vositalarining bioekvivalentligini baholashda “Biowaver” uslubi, mohiyati, asbob-uskunalar va me’yoriy xujatlarni qo‘llash, xisoblar, farqlilik va o‘xshashlik koeffitsienti tushunchasi.
- Suyuq dori shakllarining sifat ko‘rsatkichlari va ularni biologik samaradorligini aniqlash: Suyuq dori shakllari: in’eksion, ichish uchun dori vositalarining biosamaradorligini modellashtirish mexanizmini o‘rganish, dori preparatining bezararligini va yuqori terapevtik ta’sirini ta’minlovchi dori turi va uning muayyan tarkibini tanlashni o‘rganish.
- Oftalmologik dori vositalarining biosamaradorligi: Oftalmologik dori vositalarining biosamaradorligini modellashtirish mexanizmini o‘rganish, dori preparatining bezararligini va yuqori terapevtik ta’sirini ta’minlovchi dori turi va uning muayyan tarkibini tanlashni o‘rganish.
- Nazal va quloqqa ishlatiladigan dori vositalarining biosamaradorligi: Nazal va quloqqa ishlatiladigan dori vositalarining biosamaradorligini modellashtirish mexanizmini o‘rganish, dori preparatining bezararligini va yuqori terapevtik ta’sirini ta’minlovchi dori turi va uning muayyan tarkibini tanlashni o‘rganish.
- Surtmalardan dori moddalarining ajralib chiqishini aniqlash: Yumshoq dori shakllaridan dori moddasining ajralib chiqishini baholashda asosdan dori vositasini ajralib chiqishi qobiliyatiga asoslangan holda aniqlanadi.
- Rektal dori vositalaridan dori moddalarinig ajralib chiqishini aniqlash: Rektal dori turlaridan vaginal, rektal, pessariy va tayoqchalar inson organizmi yuzasiga qo‘yiladigan dori turlari, dissotsiatsiya ko‘rsatkichi, biomembranalar, diffuziya koeffitsienti usul - in vivo tajribalari, fizik-kimyoviy va mikrobiologik usullari.
- Nanozarracha asosida dori vositalarining biosamaradorligi: Nanozarrachalar – yangi avlod dori vositalari yoki hujayra-mishenlarga dorilarni yetkazib berishda ishlatiladigan tizimlar hisoblanadi.
- Magnit orqali boshqariladigan tizimlar (sistemalar) biosamaradorligi: Hozirgi paytda dorilarni samaradorligini oshirishda magnit maydonini o‘rni oshib bormoqda.
- Transdcrmal terapevtik tizimlarni (sistemalar) biosamaradorligi: Applikatsion dori turi sifatida polimer dorivor pardalar teri yoki shilliq qavatlarga joylashtirish uchun mo‘ljallangan. PDP - dori moddaning ma’lum dozasini saqlagan polimer eritmasidan shakllangan dori turi.