Konstruktsion materiallar texnologiyasi

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligiga, Namangan muhandislik-texnologiya institutining «Kimyoviy texnologiya» kafedrasiga, «Konstruksion materiallar texnologiyasi» fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga doir oʻquv-uslubiy majmua hisoblanadi. Kitobda konstruktsion materiallar texnologiyasi fanining asosiy qismlari, ularning turlari, qoʻllanilishi, ishlab chiqarish usullari, texnologiyasi va asosiy jihatlari atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Cho‘yan olish texnologiyasini o’rganish: Ushbu bo'limda cho'yan olish texnologiyasining asosiy jihatlari, domna pechining tuzilishi, ish jarayoni va undan olinadigan maxsulotlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Po‘lat olish texnologiyasini o’rganish. Bessemer, Tomas va kislorod konvertorlarida po‘lat olish texnologiyasini o’rganish: Bu bo'limda po'lat olishning asosiy usullari, konvertorlar tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishiladi. Bessemer, Tomas va kislorod konvertorlarida o‘tadigan jarayonlar va olinadigan maxsulotlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Po‘latni Marten va elektr pechlarida olish texnologiyasini o’rganish: Ushbu bo'limda Marten va elektr pechlarining tuzilishi, ishlash printspi va maxsulotni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish ko'zda tutilgan.
  • Quymakorlik texnologiyasini o’rganish. Ikki opoka yordamida qolip tayyorlash texnologiyasi: Bu bo'limda quymakorlik texnologiyasi, ikki opoka yordamida qolip tayyorlash texnologiyasi va uning asosiy jihatlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Quymalar olishning maxsus usullarini o’rganish: Ushbu bo'limda metallardan bir tipdagi quymalarni ko'plab olishga ehtiyojning ortishi bilan bog'liq bo'lgan usullar, metall qoliplarda erkin quyib olish, bosim ostida quyish, aylanuvchi metall qoliplarda olish, suyuqlanadigan modellar yordamida tayyorlangan qoliplarda olish va boshqalar haqida ma'lumot berilgan.
  • Metallarni bosim bilan ishlash texnologiyasi: Konstruktsion metallarni tashqi kuch tasirida plastik defarmatsialash natijasida kutilgan shakilga keltirish, o’z xolatiga zarar yetkazmasdan texnologik jarayoniga aytiladi. Metallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullari, jumladan prokatlash, kiryalash, presslash, erkin bolg‘alash, hajmiy va list shtamplashlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Metallarni elektr yoy yordamida payvandlash texnologiyasi va uskunalar: Metallar, ularning qotishmalari va metallmas materiallarni o’zaro payvandlanib biriktirish usullari, jumladan elektr yoyi yordamida payvandlash texnologiyasi va uskunalar haqida ma'lumot berilgan.
  • Metallarni elektrokontakt va gaz alangasi yordamida payvandlash texnologiyasi: Ushbu bo'limda metallarni elektrokontakt va gaz alangasi yordamida payvandlash jarayoni va uskunalar haqida ma'lumot berilgan.
  • Yangi kompozitsion materiallar va ularning hossalarini o’rganish: Hozirgi zamon mashinasozlik texnika va texnologiyani yaratishda materiallar, jumladan metallar mashinasozlikning nisbiy puxtalik, korroziya bardoshlik, texnologiklikkabitalablarga javob bermay qo‘ydilar. Shuningdek, an’anaviy mashinasozlik materiallarining zaxiralari borgan sari kamayib, ularni olish qimmatlashib ketganligi ham yangi materiallar yaratilishini yoki mavjud konstruktsion materiallar zahirasini hosil qilishni talab etmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borilishi zarur.
  • Tokarlik keskichlarining tuzilishi va qo’llanishi: Tokarlik keskichlarning qismlari, geometriyasi, turlari, ishlatilish sohalari va asosiy burchaklari bilan tanishish.
  • Frezalarning tuzilishi va qo’llanishi: Metallarga kesib ishlov berishda qo’llaniladigan frezalarning turlari, konst ruktsiyalari va geometrik parametrlari bilan tanishish.
  • Parma, zenker va razvyortkalarning tuzilishi va qo’llanishi: Mexanik ishlov berishda qo’llaniladigan parmalar, zenkerlar va razvyortkalarning konstruktsiyasining tuzilishi, konstruktiv elementlari va geometrik parametrlari bilan tanishish.
  • Tokarlik dastgohida yo’nishda kesish tartibini qirindi kirishuviga ta’siri: Keskichni talab qilingan kesish chuqurligida qirqish uchun o’rnatish tushunchasini o’zlashtirish; 2. Dastgohni talab qilingan kesish rejimini olish uchun amaliy sozlanadi.
  • Kesish tartibini kesish zonalaridagi issiqlikka ta’sirini o’rganish: Kesib ishlashda asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lgan asosiy texnologik vaqt Ta haqida ma'lumot beriladi.