O’rta Osiyo va O’zbekistonning davlat muassasalari tarixi

Ushbu kitob Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston davlat muassasalari tarixi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalarini, shuningdek, turli davrlarda Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston hududida davlat va muassasalarning shakllanishi, rivojlanishi va boshqaruv tizimlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Kitobda Ahamoniylar, Yunon-Makedonlar, Salavkiylar, Kushonlar, Eftaliylar, Turk xoqonligi va Arab xalifaligi davlatlari davridagi boshqaruv tizimlari va muassasalari tarixi ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, "Avesto" kabi muqaddas kitoblarning davlatchilik rivojlanishidagi o‘rni ham yoritilgan. Ushbu kitob Oʻzbekiston davlatchiligi tarixini oʻrganishda muhim oʻrin tutadi.

Asosiy mavzular

  • O’rta Osiyo va O’zbekistonda davlat muassasalari tarixi fanining predmeti, obe’kti, maqsadi va vazifalari: Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston davlat muassasalari tarixi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari, davlat va davlat muassasalari tushunchasi, davlat muassasalarining shakllanishidagi shart-sharoitlar, davlat muassasalari tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi oʻrganiladi. Davlat muassasalari fanning asosiy maqsadi davlatni boshqarish sohasidagi tarixiy tajribani oʻrganish orqali malakali ish yurituvchi, hujjatshunos, arxivshunos kadrlarni tayyorlashda oʻz ifodasini topadi.
  • O’zbekiston hududida qadimgi davlatlar va muassasalarining vujudga kelishi: Oʻzbekiston hududida ilk davlatlarning va davlat uyushmalarining vujudga kelishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga bogʻliq holda boʻlgan. Davlatlarning vujudga kelishi Oʻrta Osiyoda turli xalqlarni yurishlaridan himoyalanish maqsadida oʻzaro birlashib keyin davlatlar vujudga kelgan. Oʻzbekiston hududida ilk davlat uyushmalari mil. avv. VII-VI asrlarda tashkil topgan. Davlatga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat muassasalari tashkil topgan.
  • O’rta Osiyoda Ahamoniylar davri davlat boshqaruvi: Ahamoniylar davlatining vujudga kelishi, bosqinchilik yurishlari. Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruv aparati. Ahamoniylar davlatining qo’shin turlari va O’rta Osiyoni satrapliklarga bo’linishi. Ahamoniylar davrida qo’shin turlari , madaniyat va din oʻrganiladi. O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
  • Qadimgi Qang’ va Davon davlatlarida davlat muassasalari tizimi: Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 172-161 yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. Qang’ davlatining tashkil topishi va davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot hamda arxeologik qazishma ishlari natijasida topilgan madaniy yodgorliklar va hududlar haqida ma’lumot beradi.
  • Yunon Makedonlar va Salavkiylar davrida boshqaruv va davlat muassasalari: O’zbekiston davlatchiligining bugungi kunda o’ziga xos boshqaruv sistemasi uzoq mingyilliklar mobaynida shakllanib, turli bosqinchilik yurishlari natijasida esa sinovdan o’tdi. Bu jarayonlarni ilk ildizlaridan biri bo’lib yunon makedoniyaliklarning bosqinchilik yurishlari va ularning o’lkamiz hayotida qoldirgan iqtisodiy, madaniy ellinistik jarayonlar bilan birga olib borgan boshqaruv siyosati ham ilk boshqaruvning namunasi bo’lib hisoblanadi.
  • Kushon davlatida davlat muassasalari tizimi: Kushon davlatining tashkil topishi, Kushonlarda davlat boshqaruv tuzilmasi, harbiy soha va jinoyat va jazo organlar faoliyati, soliq tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot va diniy munosabatlar oʻrganiladi. Kushonlar davlatining boshqaruv tizimi, markaziy va mahalliy boshqaruv, sud va jazo organlari, soliq siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Eftalitlar davlatida davlat boshqaruv: Eftaliylar davlatining tashkil topishi va uning tarix sahnasida tutgan o’rni, boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yer egaligi va soliq turlari, madaniy hayot va diniy munosabatlar oʻrganiladi. Eftaliylar davlatining boshqaruv tizimi, jumladan, Podsho va uning o‘rinbosarlari, vazirlar, boshqaruv tizimining tarkibiy qismlari, sud tizimi, harbiy tuzilmalar va soliq tizimi tahlil qilingan.
  • Turk xoqonligida davlat boshqaruvi tizimi: Turk xoqonligining tashkil topishidagi tarixiy shart-sharoit, boshqaruv tizimi, yer egaligi, ijtimoiy jazo turlari, iqtisodiy-siyosiy, madaniy hayot oʻrganiladi. Turk xoqonligida davlat boshqaruvi, jumladan, xoqon, yabg‘u, tudun, tarxon kabi mansablar, sud tizimi va boshqa boshqaruv tizimlari haqida ma’lumot berilgan.
  • O’rta Osiyoda arab xalifaligi davlat boshqaruvi: Arab xalifaligining tashkil topishi, hukmronligi davrida yer egaligi va soliq tizimi, boshqaruv tizimlari va huquqiy munosabatlar, iqtisodiy- ijtimoiy, va madaniy hayot oʻrganiladi. Arab xalifaligi davrida soliq tizimi, jumladan, jizya, xiroj, zakot va boshqa soliqlar, shuningdek, huquqiy tizim, jumladan, shariat va uning rivojlanishi haqida ma’lumot berilgan.