Konstruksion materiallar texnologiyasi
Ushbu kitob "Konstruktsion materiallar texnologiyasi" fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Unda materialshunoslik, metallurgiya, quymakorlik, metallarni bosim ostida ishlash, payvandlash, kesish asoslari kabi mavzular yoritilgan. Kitob mashinasozlik sanoatida ishlatiladigan materiallar, ularning xossalari va ishlab chiqarish usullari haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Konstruktsion materiallarni tuzilishi va xossalari: Metall va qotishmalarning ichki tuzilishi, xossalari, kristallanish jarayonlari, fizik va mexanik xossalari, texnologik xossalari, metallarning tuzilishi, amorf va kristall moddalar, kristall panjara turlari.
- Po'lat ishlab chiqarish texnologiyasi: Po'lat metallurgiyasi, kislorodli konvertorlarda po'lat olish, marten usuli, elektr pechlarda po'lat olish, po'lat olishni kombinatsiyalashgan usuli.
- Po`lat va cho`yanlarning klassifikatsiyasi va ularning markalanishi: Uglerodli po'latlar, legirlangan po'latlar, uglerodli asbobsozlik po'latlari, cho'yanlarning klassifikatsiyalanishi, markalanishi, po`lat va cho`yan tarkibiga qo'shiladigan elementlarning ta'siri.
- Rangli metallar texnologiyasi: Rudalardan rangdor metallar ishlab chiqarish, mis metallurgiyasi, texnikada alyuminiy olish, texnikada magniy olish, titan ishlab chiqarish.
- Quymakorlik. Quymalar olishning maxsus turlari: Quyma materiallari, model tayyorlash, sterjen tayyorlash, quymalar olishning maxsus turlari, quymalarda uchraydigan asosiy nuqsonlar.
- Metallarni bosim ostida ishlash usullari va uning fizik asoslari: Bosim bilan ishlashning fizikaviy asoslari, materiallarni presslash, materiallarni hajmiy shtamplash, list materiallarni shtamplash.
- Metallarni payvandlash va kavsharlash: Payvand brikmalar va choklar, payvand choklar klassifikatsiyasi, payvandlash posti, payvandlash uchun zarur asbob va anjomlar, metallarni kavsharlash.
- Kukun metallurgiyasi: Kukunsimon metallurgiyaning sanoatdagi o'rni, metall kukunlarini olish, tayorlamalarni pishirish.
- Materiallarni Mexanikaviy ishlash: Kesuvchi asboblar va ularning qo`llanilishi, metallarni kesib ishlash turlari, asosiy metall kesuvchi dastgohlar.
- Frezalash, jilvirlash dastgohlari va abraziv materiallar: Frezalovchi dastgohlar, jilvirlash gruppasidagi dastgohlar va ularda ishlash, abraziv (jilvirlovchi) materiallar.