Оммавий овқатланиш соҳаси иқтисодиёти
Oʻzbekistonda «Ommaviy ovqatlanish sohasi iqtisodiyoti» fanining nazariy va amaliy masalalarini yorituvchi ushbu uslubiy qo'llanma S.Sam.I.ning «Real iqtisodiyot» kafedrasi dotsenti T.Sharippov tomonidan tuzilgan. Qo'llanmada ommaviy ovqatlanish korxonalarining iqtisodiy faoliyati, daromadlar, xarajatlar, ish haqi, mexnat resurslari va ulardan samarali foydalanish kabi mavzular qamrab olingan. Har bir mavzu bo'limida nazariy ma'lumotlar, ko'rsatkichlar, formulalar va amaliy masalalar keltirilgan. Xususan, mavzular ish haqi tizimi, mehnat resurslarini boshqarish, korxona xarajatlari va ularning tahlili, foyda va rentabellikni rejalashtirish kabi muhim iqtisodiy kategoriyalarni tushuntirishga qaratilgan. Qo'llanmada ommaviy ovqatlanish korxonalarining samaradorligini oshirish va ularning raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Umuniy ovqatlanish sohasi iqtisodiyoti: Ommaviy ovqatlanish sanoatining iqtisodiy asoslari, uning o'rni va ahamiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyati, daromadlar, xarajatlar, ish haqi, mexnat resurslari va foyda kabi iqtisodiy kategoriyalar tahlili.
- Ommaviy ovqatlanish korxonalari xarajatlari: Umumiy ovqatlanish korxonalari xarajatlarining mohiyati, tabiiy va ko'rsatkichlari, tasnifi, ularga ta'sir etuvchi omillar va ularning iqtisodiy tahlili hamda rejalashtirilishi.
- Mehnat resurslari: Mehnat resurslarining mohiyati va tarkibi, ularning tasnifi, samaradorlik ko'rsatkichlari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo'nalishlari.
- Ish haqi: Ish haqining mohiyati, ahamiyati, tizimlari, shakllari, fondini tashkil etish va tahlil qilish, shuningdek, ish haqini rejalashtirish va prognozlash masalalarini o'rganish.
- Ommaviy ovqatlanish korxonalari daromadlari: Daromadlarning mohiyati, turlari, tarkibi va ularning tasnifi, daromadlarning iqtisodiy tahlili va rejalashtirilishi hamda prognozlash.
- Foyda va rentabellik: Foyda va rentabellikning mohiyati va ahamiyati, ularga ta'sir etuvchi omillar, tahlil va prognozlash usullari hamda ko'rsatkichlari.