PHP texnologiyasi kursi

Ushbu uslubiy qo'llanma PHP texnologiyalarini ishlash printsiplari, asosiy komponentlari va imkoniyatlari haqida ma'lumot beradi. Unda webserverlarni o'rnatish, PHP sintaksisi, operator va funksiyalari bilan ishlash, MySQL MBBT bilan ishlash, cookie va sessiyalar bilan tanishish, PHP tilining ma'lumot turlari bilan ishlash, hamda zamonaviy web 2.0 standartidagi loyihalarni tuzishda qo'llanilishi o'rganiladi. Kitob o'quv jarayonida va mustaqil o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • I BOB. WEB 2.0 TEXNOLOGIYASINING ASOSIY JIHATLARI VA PHP ARXITEKTURASI: Ushbu bobda Web 2.0 konsepsiyasi, web saytlarning tuzilmaviy qurilishi, PHP asosiy tushunchalari, sintaksisi va imkoniyatlari, global o'zgaruvchilar, funksiyalar, ob'ektlar, forma elementlari va fayllar sistemasi bilan ishlash ko'rib chiqiladi.
  • II BOB. Dinamik web loyihalarda PHP texnologiyasidan foydalanish. Xavfsizlik va autentifikatsiya masalalari: Ikkinchi bobda PHP va MySQL MBBT bilan ishlash, web saytda autorizatsiya vositalari, cookie va sessiyalar bilan ishlash, ma'lumotlarni XML va JSON formatida almashish kabi mavzular yoritilgan.
  • Web serverlarni o'rnatish bo'yicha yo'riqnoma: Ushbu bo'limda XAMPP webserverini o'rnatish, sozlash va ishga tushirish bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
  • Web-dasturchining qisqa lug'ati: Web-dasturchilikda keng qo'llaniladigan asosiy terminlar va ularning ma'nolari izohlangan.