Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo’llab-quvvatlovchi modul yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modul yaratish deb nomlanib, u kirish qismi, ikkita bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modulining web ko'rinishi ishlab chiqildi. Ushbu tizim Universitet ta'lim tizimi amaliyotida qo'llanilishi uchun mo'ljallangan. Mazkur tizim qulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo'lib, dasturdan foydalanishni ancha yengillashtiradi. Shunday qilib, asosiy maqsad talabalarni berilgan Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan hozir qaysi bosqichda ekanini, rejaga doir nima ishlarni bajarganini, bu ishlarni qay darajada bajarganini va himoyadan qanday o'tganini bilish uchun qo'llaniladi. Ishlab chiqilgan dasturni OTMning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga qo'shish mumkin. Bu esa dasturdan foydalanishda qo'shimcha qulayliklar yaratadi. Ushbu dastur talabalarning Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida qanday ishlashini tahlil qilish, talabaning qanday bilim darajaga ega ekanini bilish, uni baholashni ko'rsatib beradi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. Yaratilgan tizimning modulli ko'rinishda bo'lishi, uni OTM umumiy axborot tizimiga integratsiyalanishiga imkon yaratish bilan birga berilganlar bazasidan birgalikda foydalanish va umumiy himoya tizimi ostida ishlash imkonini yaratadi. Mazkur dastur zamonaviy web-texnologiyalar asosida yaratilgan bo'lib, bir nechta foydalanuvchining bir vaqtda dastur imkoniyatlaridan foydalanishni yuzaga chiqaradi.
Asosiy mavzular
- Kirish: “O'z oldimizga qo'yilgan yuksak vazifa va marralarga erishishda zamonaviy bilim va tarbiya sohibi bo'lgan, yangicha fikrlaydigan yoshlarimiz bizning asosiy tayanchimiz va suyanchimizdir”. I.A. Karimov. Bugungi kunda biron bir faoliyat sohasini axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat`iy nazar o`z vazifasini zamon talabi darajasida bajarilishi uchun axborot ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlash prinsipi haqida chuqur bilimga ega bo`lishi zarur. Informatsoin texnologiyaning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma'lumotlarning tez o'zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma'lumotlarni o'z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Informatsion texnologiya-obyekt, jarayon yoki xodisa xolati haqida yangi sifatdagi ma`lumotlarni olish uchun foydalanadigan ma`lumotlarni yig'ish, ishlov berish va uzatish vositalari, hamda usullari majmuasidir.
- I. Zamonaviy Web ilovalar yaratish texnologiyalari haqida ma'lumot.: HTML tili buyruqlari teg (tag) deb ataluvchi maxsus elementlar yordamida beriladi, ya'ni uning asosini teglar tashkil etadi. Teglar< > qavs orasida berilib, ular brouzerda ko'rinmaydi, balki qulay ko'rinishga keltirish uchun xizmat qiladi. Odatda, ko'pchilik teglar ikki marta takrorlanib, jufti bilan beriladi, ya'ni «ochilib-yopiladi». Masalan, <BODY>, </BODY>. HTML tili tanasida ajratib ko'rsatish uchun teglar katta harflar bilan yoziladi va < HTML > bilan boshlanib, </ HTML > bilan tugaydi. Bunda katta va kichik harflar farqlanmaydi. Shuningdek, HTML tili andozasi bo'yicha hujjatga <HEAD> va <BODY> teglarini kiritish tavsiya etiladi. Braozer HTML hujjatni o'qiganida, ularning borligi hujjat bo'limlarini aniq ko'rsatadi. Biroq ular bo'lmasa ham, braozer HTML hujjatni to'g'ri o'qiydi, lekin hujjat bo'limlari bir-biridan ajralib turmaydi. Shunday qilib, to'g'ri tuzilgan HTML hujjat quyidagi tuzilishga ega: < HTML > < HEAD> Sarlavhaga oid ma'lumot </HEAD> < BODY> Hujjatning mazmuni </BODY> </HTML > Bunda < HEAD>, </ HEAD> orasida joylashgan sarlavhaga oid ma'lumot qismida, odatda, foydalanuvchiga e'tiborli bo'lmagan, lekin brouzer uchun lozim ma'lumot beriladi. < BODY>, </BODY> orasiga esa uning operatorlari to'laligicha ketma-ketlikda joylashtiriladi.
- II. Universitet informatsion tizimida Bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modul yaratish.: Bu modul talabalarni berilgan Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan hozir qaysi bosqichda ekanini, rejaga doir nima ishlarni bajarganini, bu ishlarni qay darajada bajarganini va himoyadan qanday o'tganini bilish uchun qo'llaniladi. Bu ish Web arxitekturada, baza MSSQLSERVER da Sql tilida yaratilgan va Universitetdagi mavjud tizim bazasi ustiga qurilgan hisoblanadi. Ishning qisqacha mazmuni, eng birinchi ish o'qituvchi kirib mavzular nomini joylashtiradi. Mavzular yig'ilgandan keyin kafedra kirib mavzularni ko'rib chiqadi. Va ma'qul bo'lgan mavzularni tasdiqlaydi. O'qituvchilar faqatgina o'zlari qo'shgan mavzularni ko'radilar va tasdiqlangan mavzular bilan ishlaydilar. Kafedra mavzuga o'qituvchini va talabalarni biriktiradi. Berilganlar bazasini tashkil etuvchi elementlar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. Eng ko'p tarqalgan va amaliyotda qo'llaniladigan ma'lumotlar matnli fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va kompyuter xotirasida saqlash mumkin. Kompyuter asosidagi axborot tizimlarining ko'rinishlaridan biri berilganlar bazasi hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda berilganlar bazasi kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Berilganlar bazasi deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma'lumotlar yig'indisiga aytiladi. Bugungi kunda bir necha yuz minglab tashkilotlar berilganlar bazasi tizimidan foydalanishadi, bu shunday jarayonki kompyuterlashtirish tizimida maʼlumotlarni yozish va saqlash demakdir. Berilganlar bazasi deb obyektlar holatini, ularning qaralayotgan soha predmetidagi munosabatini akslantiruvchi maʼlumotlar to`plamiga aytiladi.
- Xotima: Ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusi Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modul yaratish deb nomlanib, u kirish qismi, ikkita bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modulining web ko'rinishi ishlab chiqildi. Ushbu tizim Universitet ta'lim tizimi amaliyotida qo`llanilishi uchun mo`ljallangan. Mazkur tizim qulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo`lib, dasturdan foydalanishni ancha yengillashtiradi. Shunday qilib, asosiy maqsad talabalarni berilgan Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan hozir qaysi bosqichda ekanini, rejaga doir nima ishlarni bajarganini, bu ishlarni qay darajada bajarganini va himoyadan qanday o'tganini bilish uchun qo'llaniladi. Ishlab chiqilgan dasturni OTMning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga qo`shish mumkin. Bu esa dasturdan foydalanishda qo`shimcha qulayliklar yaratadi. Ushbu dastur talabalarning Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida qanday ishlashini tahlil qilish, talabaning qanday bilim darajaga ega ekanini bilish, uni baholashni ko'rsatib beradi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. Yaratilgan tizimning modulli ko`rinishda bo`lishi, uni OTM umumiy axborot tizimiga integratsiyalanishiga imkon yaratish bilan birga berilganlar bazasidan birgalikda foydalanish va umumiy himoya tizimi ostida ishlash imkonini yaratadi. Mazkur dastur zamonaviy web-texnologiyalar asosida yaratilgan bo`lib, bir nechta foydalanuvchining bir vaqtda dastur imkoniyatlaridan foydalanishni yuzaga chiqaradi.