Integral tenglama va tengsizliklarning umumiy kilasifikatsiyasi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi tengsizliklar va integral tenglamalar, ularning tasnifi, asosiy tushunchalari va usullariga bag'ishlangan. Ishda tengsizliklar, jumladan, sodda tengsizliklar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar uchun integral tengsizliklar, shuningdek, trigonometrik va logarifmik tengsizliklar hamda integral tenglamalar ko'rib chiqilgan. Har bir mavzu misollar bilan tushuntirilgan va ularning yechish usullari ko'rsatib berilgan.
Asosiy mavzular
- Tengsizliklar va ularning tasnifi: Bu mavzuda tengsizliklarning umumiy tushunchasi, ularning turlari, klassifikatsiyasi va asosiy xossalari yoritilgan. Misollar yordamida tengsizliklarni ishlash usullari ko'rsatilgan.
- Integral tengsizliklar va ularning tasnifi: Integral tengsizliklarning umumiy tushunchasi, ularning turlari va klassifikatsiyasi, jumladan, Gronuoll tengsizligi va uning tadbiqlari ko'rib chiqilgan. Ko'p o'zgaruvchili funksiyalar uchun maxsus integral tengsizliklar ham yoritilgan.
- Integral tenglamalarning tasnifi: Integral tenglamalarning umumiy tasnifi, Fredgolm va Volterra tenglamalari, ularning turlari va xossalari haqida ma'lumot berilgan.