Paxta xоm ashyosidan оg’ir aralashmalarni tutib qоlish qurilmasini takоmillashtirish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Ishda paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish, tola va chigitning tabiiy sifatini saqlab qolish, hamda ushbu jarayonning nazariy asoslarini yaratish masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, samaradorligi yuqori bo'lgan toshtutgich konstruktsiyasini ishlab chiqish, uning ishini o'rganish, texnologik o'lchamlarini aniqlash va korxonalarda sinash natijalari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Chigitli paxta tarkibidagi og'ir aralashmalarni tutib qolish jarayonining xususiyatlari hamda dastlabki ishlashda ularning ahamiyati: Paxta xom ashyosining fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari, chigitli paxta tarkibidagi og'ir aralashmalarni ajratib olish bo'yicha o'tkazilgan adabiyotlar tahlili.
  • Toshtutgich ishchi kamerasida zarba kuchini kamaytirish, og'ir aralashmalardan ajratib olish maqsadida nazariy tadqiqotlar o'tkazish hamda yangi toshtutgich konstruktsiyasini yaratish: Toshtutgich ajratish kamerasida bo'lakchalarning harakatini o'rganish, toshtugichda paxtaga ta'sir qiluvchi zarba kuchini kamaytirish yo'llarini izlash, yangi og'ir aralashmalarni ajratuvchi toshtutgich qurilmasini amaliy tomondan tadqiq qilish.
  • Mehnat muhofazasi qismi: Paxta xom ashyosidan og'ir aralashmalarni tutib qolish qurilmasini ishlatishda mehnat mmuhofazasini tashkil etish.
  • Iqtisodiy-ijtimoiy qism: Yangi toshtutgich qurilmasini joriy qilishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik hisobi.