Марказий Осиё коммуникацияси ва савдо - транзит тизимида Амударёнинг ўрни (XIX - XX аср бошлари)
Ushbu ilmiy ish markaziy osiyoliklarning mintaqaviy kommunikatsiyalari va savdo-transit tizimida Amudaryoning tutgan o'rni, xususan, XIX - XX asr boshlaridagi roli, ushbu daryoning iqtisodiy-siyosiy va harbiy-strategik ahamiyati, shuningdek, bu hududda amalga oshirilgan savdo-iqtisodiy aloqalar va mintaqa iqtisodiyotiga ta'siri bo'yicha keng qamrovli tadqiqotni o'z ichiga oladi. Kitobda Amudaryoning mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar asarlari, arxiv hujjatlari va davriy nashrlar asosida tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Amudaryo suv yo'llari va kechuvlarining tabiiy-geografik va tarixiy tavsifi: Ushbu mavzu doirasida Amudaryo suv yo'lining tabiiy-geografik xususiyatlari va tarixiy ahamiyati, shunungdek, hududdagi iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan ko'plab kechuvlar o'rganilgan.
- Rossiya imperiyasining Amudaryodagi siyosiy-iqtisodiy va harbiy-strategik maqsadlari: Bu qismda Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyo suv yo'llarini o'rganishdan asosiy maqsadi, o'lkaga savdogarlar, elchilar, josuslar yuborilishi va ularga Amudaryo suv yo'lidan foydalanish imkoniyatlari o'rganilishi masalalari ko'rib chiqilgan.
- Amudaryodagi mahalliy va rus kemachiligi, suvs aransporti va yuk transitidagi o'zgarishlar: XIX-XX asr boshlarida Amudaryodagi mahalliy va rus kemachiligi holati, suvs aransporti vositalari naviga tsiya si, yuk transi tidagi o'zgarishlar ochib berilib, kemalardan harbiy-strate gik maqs adlarda foydalanilganligi tahlil etilgan.
- Amudaryo flotiliyasining tashkil topishi va faoliyati: Ushbu mavzuda Amudaryo harbiy flotiliyasi ning tashkil etishdan maqsadi, flotiliyaning suzuvchi vositalari tarkibi, daryo bo'ylab flotiliya paroxodlarining naviga tsiyasi hamda uning faoliyatidagi o'zgarishlar tahlil qilingan.
- Amudaryo orqali amalga oshirilgan tashqi savdo va transi t aloqalari: Amudaryo orqali nafaqat uning atrofi da yashovchi xalqlar mahsulotlari ayirboshlanganligi, balki suvs yo'li va unga yaqin savdo yo'llari orqali butun mintaqa davlatlari bilan faol savdo-sotiq hamda transi t aloqalari amalga oshirilganligi dalillangan.
- Amudaryoning mintaqa kommunika tsiyasi va savdo-transi t tizimidagi ahamiyati: Amudaryo Markaziy Osiyo kommunika tsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va savdo-transi t aloqalaridagi ahamiyati o'rganilgan.