Kasb mahorati
Ushbu o‘quv-uslubiy majmuada “Kasb mahorati” fanini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, ularni o‘quv jarayoniga qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, amaliy mashg‘ulotlarini o‘tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiya qoidalarini hisobga olgan holda loyihalash o’rganiladi. Majmua Chilangarlik, metallarni qirqish, to’g’rilash, egish, o’lchash, parmalash, o’yish, shaberlash, ishqalash, kavsharlash va boshqa ko’plab amallarni o’z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Rejalash: Tekislikda va fazoviy rejalash usullari, rejalash asboblaridan foydalanish, rejalash chiziqlarini chizish, kernerlash, markaz izlagichlardan foydalanish, reysmasdan foydalanish, rejalashda xavfsizlik qoidalari.
- Metallni qirqish: Metallarni arra va qaychi bilan kesish usullari, kesish uskunalaridan foydalanish, kesishda xavfsizlik qoidalari.
- Metallni to‘g‘rilash: Metall listlarni, chiviqlarni va profillarni to’g’rilash usullari, to’g’rilashda xavfsizlik qoidalari.
- Egovlash: Yassi, qavariq va botiq sirtlarni egovlash usullari, egov turlari, egovlashda xavfsizlik qoidalari.
- Parmalash: Parmalash stanoklarini boshqarish, parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirish usullari, parmalashda xavfsizlik qoidalari.
- Teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirish: Teshiklar va o’yiqlarni kengaytirish usullari, bu ishda ishlatiladigan asboblar va moslamalar, xavfsizlik qoidalari.
- Tashqi va ichki rezba kesish: Metchiklar va plashkalar bilan tashqi va ichki rezba kesish usullari, rezba sifatini tekshirish, xavfsizlik qoidalari.
- Parchinli birikmalar yasash: Parchinlash usullari, zarbli va pnevmatik parchinlash, parchinlashda xavfsizlik qoidalari.
- Moslash (pripasovka): Moslash turlari, andoza va kontrandoza yasash, moslashda xavfsizlik qoidalari.
- Ishqalab moslash: Yassi, ensiz va egri chiziqli sirtlarni ishqalab moslash usullari, ishqalash materiallari, xavfsizlik qoidalari.
- Yassi yuzalarni shaberlash: Yassi yuzalarni shaberlash usullari, shaberlashda xavfsizlik qoidalari.
- Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlash: Kavsharlash usullari, choklarni kavsharlash, xavfsizlik qoidalari.
- Podshipniklarni oqartirish va ularga babbit qo’yish: Podshipniklarni oqartirish va babbit quyish usullari, xavfsizlik qoidalari.