Sitologiya

Ushbu kitob sitologiya, ya'ni hujayralar tuzilishi, funksiyalari va hayotiy jarayonlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda hujayra nazariyasining rivojlanishi, turli tekshirish usullari, sitoplazmatik membrana, yadro, organoidlar, oqsil sintezi, hujayraning bo'linishi va harakatlanishi kabi asosiy mavzular batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Sitologiyaga kirish: Sitologiyaning predmeti, vazifalari, rivojlanish tarixi, asosiy bosqichlari va ahamiyati.
  • Hujayralarni o'rganish usullari: Optik va elektron mikroskopiya, sitofizikaviy, gistokimyoviy, avtoradiografiya va boshqa zamonaviy tekshirish metodlari.
  • Sitoplazmatik membrana: Membraning tuzilishi, funksiyalari, hujayralararo birikmalar, transport mexanizmlari, endotsitoz va ekzotsitoz.
  • Sitoplazma: Gialoplazma, organoidlar (endoplazmatik to'r, Goldji kompleksi, mitoxondriyalar, lizosomalar, ribosomalar) tuzilishi va funksiyalari.
  • Yadro: Yadro tuzilishi, xromosomalar, genlar, DNK va RNKning tuzilishi va funksiyalari.
  • Oqsillar sintezi: Transkripsiya, translyatsiya, genetik kod, oqsil biosintezining energetikasi va regulyatsiyasi.
  • Hujayraning bo'linishi: Mitoz, meyoz, hujayra sikli, bo'linishning bosqichlari va regulyatsiyasi.
  • Jinsiy ko'payish sitologiyasi: Gametogenez (spermatogenez va ovogenez), meyozning biologik ahamiyati.
  • Sekretsiya va o'tkazuvchanlik: Hujayralarning sekretor faoliyati, membranalarning tuzilishi va asosiy xususiyatlari
  • Biologik harakatlar: Turli xil hujayra harakatlari, shu jumladan protoplazmatik oqim, amyoboid harakat, kiprikli harakat, muskullarning qisqarishi va xujayralar tomonidan shu harakatlarni nazorat qilish mexanizmlari.