Avtomobil transportini avtomatlashtirish
Ushbu kitob avtomobillarning avtomatik boshqaruv tizimlari, diagnostikasi va ularning umumiy tamoyillari haqida ma'lumot beradi. Kitobda avtomobil elektron tizimlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar, ijro mexanizmlari va boshqalar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Avtomobillarni avtomatlashtirish fanining maqsadi, vazifalari, avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar va ularning asosiy ko'rsatkichlari, teploenergetik, mexanik, elektroenergetik, fizik va kimyoviy ko'rsatkichlar guruhi haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobil sanoatini rivojlanish dinamikasi: O'zbekiston va jahon avtomobilsozligi, avtomobil konstruksiyalariga qo'yiladigan talablar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar, avtomobil konstruksiyalarining rivojlanish tarixi, avtomobil transportining O'zbekiston iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati, avtomobil transporti samaradorligini oshirish masalalari hamda "Avtomobil transportini avtomatlashtirish" fanini o'qitishdagi mavjud muammolar haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobil konstruksiyalariga qo'yiladigan talablarni o'sish dialektikasi: Avtomobil transporti samaradorligini oshirish masalalari, "Avtomobil transportini avtomatlashtirish" fanini o'qitishdagi mavjud muammolar, mutaxassislik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablari va mutaxassislik o'qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobil dvigatelini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini: Benzinli va dizel dvigatellarni avtomatik yonilg'i ta'minlash tizimi, ularning ishlash tamoyili va boshqarish signallari, yonilg'i aralashmasi tarkibini boshqarish, klapanlarni ochish davomiyligi bo'yicha injektorning ishlashi va ularning kislorod miqdori datchigi yordamida boshqarish, hamda tsilindrlarga benzinni to'g'ridan-to'g'ri purkash va uning afzalliklari haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobil transmissiyasi avtomatlash uzatmalar qutisi: Zamonaviy avtomobil transmissiyasi, avtomobil transmissiyasini avtomatlashtirish maqsadi, pog'onali, pog'onasiz va gidromexanik uzatmalarni avtomatlashtirish, gidromexanik va pog'onasiz uzatmalar, avtomatik uzatmalar qutisini boshqarish tizimi va uning ishlash tamoyili haqida ma'lumot beradi.
- Transport vositalarini bortli ma'lumotlar tizimi: Bortli ma'lumotli-diagnostik tizimlari, "Haydovchi-avtomobil-yo'l-muhit" tizimi, haydovchini ma'lumot tizimini blok-sxemasi, nazorat-o'lchov asboblari paneli, bort kompyuteri va bort nazorat tizimi haqida ma'lumot beradi.
- Transport vositalarida qo'llaniladigan datchiklar: Dvigatel tirsakli valini aylanishlar sonini datchigi, taqsimlash vali holati datchigi, drossel zaslonkasi holati datchigi.
- Avtomatikaning parametrik datchiklari: Detonatsiya datchigi, kislorod datchigi, avtomatlashgan uzatmalar qutisi variatorli datchiklar, havoni massali sarfi datchigi.
- Avtomatikaning harorat datchiklari: Harorat datchigi, sovutish suyuqligi datchigi, moylash tizimi datchigi.
- Avtomatika relelari va ularning klassifikatsiyasi: Elektromagnit, magnitoelektrik, elektrodinamik, elektroissiklik, ion, ferromagnit va elektron relelar, ularning ish printsiplari, asosiy ko'rsatkichlari, tavsifnomalari va ekspluatatsion kattaliklari haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobilni aktiv xavfsizligini avtomatik tizimi: Avtomobilni faol xavfsizligi, avtomobillarni rul va tormoz boshqarmasi, avtomobil osmasi, avtomobilni faol xavfsizligini ta'minlovchi avtomatik tizimi, uning vazifasi, sxemasi, tuzilish-sxemasi, ishlash tamoyili haqida ma'lumot beradi.
- Avtomobillarni passiv xavfsizligini avtomatlashgan tizimi: Passiv xavfsiz avtomobil, xavfsizlik yostiqcha tizimi, xavfsizlik tortish tasma tizimi, avtomobilni passiv xavfsizligini ta'minlovchi avtomatik tizimi tasnifi, uning vazifasi, sxemasi, tuzilish-sxemasi, ishlash tamoyili haqida ma'lumot beradi.
- Amaliy ishlari: Avtomobil transportini avtomatlashtirish, avtomobillarni elektr va elektron jihozlarini tekshirish, dvigatelni avtomatlashtirilgan boshqarish, transmissiya, bortli ma'lumotlar tizimi, datchiklar, aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari, rul boshqarmasi kabi mavzular bo'yicha amaliy ishlar.