Ventilyatsiya tizimlari. Havoni mo’tadillash tizimlari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua «Ventilyatsiya tizimlari. Havoni mo’tadillash tizimlari» fanidan olingan bo'lib, talabalarga ventilyatsiya tizimlari va havoni mo’tadillash tizimlari asoslarini, ularning konstruktiv yechimlarini, montaj ishlarini, sozlash masalalarini o’rgatadi. Kitobda havoning fizik-kimyoviy xossalari, ichki va tashqi havoning hisobiy parametrlari, havo almashinuvining aerodinamik asoslari hamda turli zararli moddalarning xonalarga ta'sirini tushuntirishga qaratilgan. Shuningdek, amaliy mashg'ulotlar va tajribalar orqali nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Ventilyatsiya tizimlari.Havoni mo’tadillash tizimlarining umumiy asoslari: Ventilyatsiya tizimlari va havoni mo’tadillash tizimlari faniga kirish, O’zbekiston Respublikasida va chet el davlatlarida ventilyatsiya tizimlarining rivojlanish tarixi va hozirgi holati, kelajakdagi istiqbollari. Xonalardagi havo rejimiga qo’yiladigan sanitariya-gigiyenik va texnologik talablar, xonalarga zararli moddalarning ta'siri. Ichki va tashqi havoning hisobiy parametrlari, nam havoning xususiyatlari, zichligi, issiqlik sig’imi, tarkibiy issiqligi, nisbiy namligi va tarkibidagi namlik miqdorlari. Nam havoning I-d diagrammasi va uni qurish usullari. Havoning holatining o’zgarish jarayonlari, ularning murakkab jarayonlari va ventilyatsiya tizimlarining tasnifi kabi mavzularni qamrab oladi.
- Havo almashinuvini miqdorini aniqlash usullari: Havo almashinuvini miqdorini aniqlash usullari, honadagi havo almashinuvining aerodinamik asoslari, siqilib chiquvchi oqimlar aerodinamikasi, ularning turlari va xarakati hamda chiqarish tirqishlari atrofida havo xarakati kabi mavzularni o’z ichiga oladi.
- Amaliy mashg’ulotlar: Ushbu bo’limda amaliy mashg’ulotlar orqali talabalarning nazariy bilimlari amalda sinovdan o’tkaziladi. Jumladan, xonadagi meteorologik sharoitlarni aniqlash, zamonaviy ventilyatsiya va havo konditsiyalash tizimlaridagi uskunalar bilan tanishish, split tizimli konditsionerlarni prinsipial sxemalari va konstruktiv elementlarini o’rganish kabi mavzularni qamrab oladi.
- Mustaqil ta’lim mavzulari: Talabalarga faning turli mavzulari bo’yicha mustaqil ravishda taqdimotlar tayyorlash, video roliklar yaratish, amaliy va nazariy masalalarni yechish kabi vazifalar beriladi.