KHKlarda “Mashinalarning xarakatlanish usullari” mavzusiga aqliy hujum mеtodikasini ishlab chiqish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi" fanidan mashinalarning harakatlanish usullari mavzusiga bag'ishlangan. Unda Uychi qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejining o'quv jarayoni tahlil qilinib, hozirgi kasb-hunar kollejlarida mazkur fan bo'yicha o'zbek tilida yetarli adabiyotlar mavjudligi, biroq interfaol texnologiya asosida o'qitish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar yetishmasligi ta'kidlangan. Ishda, shuningdek, mazkur fan yuzasidan aqliy hujum metodikasini ishlab chiqishning ahamiyati yoritilgan hamda tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy qism: Ushbu qismda To'raqo'rg'on qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejining tavsifi, malaka tavsifi hamda bitiruv malaka ishining asoslanishi keltirilgan.
  • Texnologik qism: Bu qismda mashinalarning harakatlanish usullari, ishchi uchastkaning kinematik xarakteristikasi, traktor va agregatning kinematik xarakteristikasi, agregatning manyovrchanligi, burilish turlari, agregatlarning harakatlanish usullari va dalani agregatni ishlashga tayyorlash kabi mavzular yoritilgan.
  • Metodik qism: Mazkur qismda dars rejasi, darsda tutilgan ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlar, o'quv natijalari, darsning jihozlanishi, mavzuni o'rganish uchun asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, mavzuning strukturali-mantiqiy sxemasi, darsni tashkil qilish, ko'rgazmali va didaktik materiallar hamda KHKlarda mashinalarning harakatlanish usullari mavzusiga aqliy hujum metodikasini ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Hayot faoliyati havfsizligi: Ushbu qismda mashinalarni ishlatishda havfsizlikni ta'minlash chora tadbirlari ishlab chiqildi.