O`zbek tili uslubiyati

Mazkur o'quv-uslubiy majmua “O‘zbek tili uslubiyati” fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Kitobda stilistika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, til uslublari, ularning o'ziga xos xususiyatlari hamda me'yorlari chuqur o'rganiladi. Shuningdek, nutq uslublarining har bir turi – so'zlashuv uslubi, rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub va ularning stilistik jihatdan farqlari hamda ko'rinishlari atroflicha tahlil etilgan. Fan bo'yicha egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ham belgilab berilgan. O'quv qo'llanmada umumiy va xususiy norma, morfemik, sintaktik, leksik uslubiyat hamda ularning uslubiy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, test savollari va mustaqil ish mavzulari ham berilgan bo'lib, bu talabalarning fanni chuqur o'zlashtirishiga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • O'zbek tili uslubiyatining predmeti, maqsad va vazifalari: Stilistika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, uslub va uslubiyat tushunchalari, "O'zbek tili uslubiyati" fanining boshqa sohalar bilan aloqadorligi, O'zbek tili uslubiyatiga oid tadqiqotlar tahlili.
  • Adabiy til va uning me’yorlari: Adabiy til haqida ma’lumot, adabiy til me’yorlari, adabiy til va nutq uslublari.
  • Nutqning vazifaviy uslublari: Rasmiy uslubning o’ziga xos jihatlari, badiiy uslub obrazli uslub sifatida, publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy uslub sifatida, so’zlashuv uslubi va unda ekstralingvistik faktorlar, ilmiy uslubning muhim xususiyatlari, ilmiy uslubda mantiqiy fikrlash, abstraksiyalashning muhimligi.
  • Badiiy nutq uslubi: Badiiy uslubning nutq uslublari doirasida tutgan o’rni, badiiy uslubning boshqa nutq uslublariga o’xshash va farqli jihatlari, lingvopoetika.
  • Fonetik uslubiyat: Nutq fonetik vositalarining ta’sirchanligi, emotsional-ekspressivlikni ifodalashdagi ahamiyati, talaffuz uslublari, intonatsiyaning uslubiy xususiyatlari.
  • Leksik uslubiyat: So’z qo’llashning aniqligi, ko’p ma’noli so’zlarning uslubiy qo’llanishi, so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari uslubiyati, sinonimlar, antonimlar, tarixiy va arxaik so’zlarning uslubiy qo’llanishi, evfemizmlar, neologizmlar, o’zlashma so’zlarning uslubiy qo’llanishi, chegaralangan leksika, tantanavor leksika, frazeologizmlar, maqol va hikmatli so’zlarning uslubiy ahamiyati, so’z va iboralarni ishlatishdagi tipik xatolar.
  • Morfologik uslubiyat: Ma’lum bir fikrni ifodalashda morfologik shakllarning stilistik variantlaridan foydalanish imkoniyatlari, morfologik va stilistik sinonimiyaning mavjudligi, grammatik stilistika haqida so`z yuritishni asosi, tilning u yoki bu grammatik shakllarining faqat ayrim stillar uchungina xarakterli bo`lishi xususiyatlari, ko`plik kategoriyasining stilistikasi, kelishik qo`shimchalarining statistik xususiyatlari, ekologik kategriyasining stilistik xususiyatlari.
  • Fe’l uslubiyati: Fe’l so’z turkumining semantik va uslubiy xususiyatlari, shaxs-son, zamon, nisbat kategoriyalari uslubiyati, fe’l shakllari uslubiyati.
  • Sintaktik uslubiyat: Sintaktik birliklar, sintaktik sinonimiya va omonimiya, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, darak gaplar uslubiyati, so’roq gaplar uslubiyati, buyruq gaplar uslubiyati, istak gaplar uslubiyati, qo’shma gaplar uslubiyati.
  • Gap bo’laklari masalasi: Gap bo’laklari sintaksisning o’rganish obyekti sifatida, gap bo’laklari masalasi, ajratilgan bo’laklarning ifodalanishi, ajratilgan bo’laklarning uslubiy xususiyatlari.
  • Gapda so’zlar tartibi, uyushiq bo’laklar va undalmaning uslubiy xususiyatlari: Gapda so’zlar tartibi, uyushiq bo'laklar va undalma sintaksisning o’rganish obyekti sifatida, gapda so’zlar tartibi, gapning uyushiq bo’laklari, undalma.
  • Uyushiq bo’laklar: Uyushiq bo’laklar haqida ma’lumot, uyushiq bo’laklarning sintaksisdagi o’rni, uyushiq bo’laklarining o’ziga xos uslubiy jihatlari.
  • Undalmalar: Undalmalar haqida ma’lumot, undalmalarning sintaksisdagi o’rni, undalmaning o’ziga xos uslubiy xususiyatlari.