Qurilish mexanikasi

Ushbu darslikda umumiy mexanika, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanlarining asosiy tushunchalari, jismlarning harakat qonunlari, kuchlar sistemasining muvozanati, kuchlanishlar va deformatsiyalar, mexanik sistemalar, harakat miqdori va kinetik energiyaning oʻzgarishi, materiallar qarshiligi, tekis kesimlarning inersiya momentlari, statik aniq va noaniq sistemalar, balkalar, fermalar, ramalar va ular uchun qoʻllaniladigan hisoblash usullari, hamda muvozanat tenglamalari yoritilgan. Darslikda har bir mavzu boʻyicha nazariy maʼlumotlar bilan bir qatorda amaliy mashgʻulotlar va mustaqil ishlar uchun topshiriqlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Nazariy mexanika va qurilish mexanikasi faniga kirish: Nazariy mexanika fanining umumiy tushunchalari, statika aksiomalari, bog‘lanishlar va bog‘lanish reaksiya kuchlari, kesishuvchi kuchlar sistemasi.
  • Kuchlar sistemasi: Kesishuvchi kuchlar sistemasining geometrik va analitik usulda aniqlanishi. Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanati shartlari.
  • Kuchning nuqtaga nisbatan momenti. Juft kuch.: Kuchning nuqtaga nisbatan momenti. Juft kuch va juft kuch momenti. Birlik tekislikda joylashgan juftlarni qo‘shish. Juftlar sistemasining muvozanat shartlari.
  • Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi: Kuchni o‘ziga parallel ko‘chirish masalasi. Tekislikdagi kuchlar sistemasini bir markazga keltirish. Tekislikdagi kuchlar sistemasining bosh vektori va bosh momenti. Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
  • Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi: Kuchning nuqtaga nisbatan momenti. Fazoviy kuchlar sistemasini bir markazga keltirish. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi muvozanat shartlari.
  • Parallel kuchlar markazi. Qattiq jismning og‘irlik markazi: Parallel kuchlar markazini aniqlash. Qattiq jismning og‘irlik markazi.
  • Kinematikaga kirish. Nuqta kinematikasi: Kinematikaning asosiy tushunchalari, moddiy nuqta harakatining berilish usullari. Harakat vektori va koordinata usullari.
  • Qattiq jismning eng sodda harakatlari: Qattiq jismning ilgarilama va qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanishi. Tezlik va tezlanish.
  • Dinamikaga kirish: Dinamikaning asosiy qonunlari. Moddiy nuqta dinamikasining masalasi.
  • Tebranma harakatlar: Erkin, majburiy va so‘nuvchi tebranma harakatlar. Tebranma harakat sabablari.
  • Materiallar qarshiligi faniga kirish: Asosiy tushunchalar, nazariyalar, mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik.
  • Tekis kesim yuzalarining inersiya momentlari: Statik moment, og‘irlik markazi, inersiya momentlari.
  • Bosh inersiya o‘qlari va momentlari: Bosh inersiya o‘qlari, bosh inersiya momentlari.
  • Ichki kuchlarni aniqlash: Kesish usuli, kuchlanishlar, deformatsiya turlari.
  • Cho‘zilish va siqilishda kuchlanish va deformatsiya: Mustahkamlik va bikrlikka hisoblash.
  • Buralishda kuchlanish va deformatsiya: Buralishga ishlaydigan birikmalarni mustahkamlikka hisoblash.
  • Qiyshiq egilishda balka kesimlaridagi kuchlanish: Normal va urinma kuchlanishlar, mustahkamlik va bikrlik shartlari.
  • Statik noaniq sistemalar: Statik aniq va noaniq sistemalar, ularning hisoblash usullari.
  • Uzluksiz balkalar hisobi: Uch moment tenglamasi, mexanik sistema.
  • Tekis fermalarning hisoblash: Ferma turlari, tugun ajratish usuli, tashqi kuchlar ta’siri.
  • Uch sharnirli arkalar: Uch sharnirli arkalarning hisoblash usullari, ta’sir chiziqlari.