Neft va gaz kоnlarini ishlatish jihoz va uskunalari
Ushbu darslikda neft va gaz quduqlarini turli ishlash hollarda qoʻllaniladigan jihozlar, quvurlar, quvurlarni tayyorlashda qoʻllanadigan materiallar, pakerlar va yakorlar hamda quduq ichki jihozlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Quduqlardan suyuqlik va gazni chiqarish uchun qoʻllanadigan jihozlar, jumladan favvora usulida, gazlift usulida va chuqurlik nasoslari usulida qoʻllanadigan jihozlar toʻliq bayon etilgan. Shtangali va shtangasiz chuqurlik nasoslari, qatlam bosimini saqlab turish uskunalari, bir necha qatlamni bir quduq orqali bir vaqtning oʻzida ishlatish sharoitidagi jihozlar, neft gaz qatlamlariga taʼsir etish jarayonini bajarish uchun ishlatiladigan jihozlar, qatlamni gidravlik yorish, quduqlarga kislotali ishlov berish, quduqda taʼmir ishlarini bajarish uchun jihozlar va uskunalar, quduqlarni oʻzlashtirish va kapital taʼmirlash uchun agregatlar, neft va gazni yigʻish va ishlatish kondagi kompressor stansiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Darslik oliy oʻquv yurtlarida neft va gaz yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar hamda neft va gaz sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Neft va gaz konlarini ishlatish usullari: Quduqlarni ishlatish usullari: favvora, gazlift va nasos usullari; ikki qatlamni bir quduqdan ajratish va parallel ishlatish texnologiyasi; neft va gaz ajratish jarayonlari.
- Quduq jihozlari va ularning ishlash prinsipi: Quvurlar, plunjerlar, nasoslar, separatorlar, gazlift klapanlari, amortizatorlar va ularning vazifalari, ishlovchi mexanizmlari va texnik tavsiflari.
- Neftni yigʻish, tashish va tayyorlash tizimi: Neft qazib olish jarayonida mahsulotni yigʻish, tashish va tayyorlash tizimlari, ularning bosqichlari va ishlatiladigan uskunalar.
- Tabiiy va yoʻldosh gazlarni tayyorlash uchun qurilmalar: Gazni quritish va tozalash usullari, uskunalar va ularning texnik tavsiflari, gidravlik yorish jarayonlari, gazni ajratish va kondensatdan ajratish uchun jihozlar.
- Kondagi kompressor stansiyalari: Gaz haydash kompressorlari, ularning turlari, texnik tavsiflari va ishlatish prinsipi.
- Quduqlarni taʻmirlash: Yer osti taʻmiri turlari, elevatorlar, kronbloklar, shtanga kalitlari va ularning ishlatilishi.