Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi

Ushbu kitob «Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi» fanidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fanga doir tajriba ishlarini bajarish, amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida bakalavriaturaning barcha yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma sifatida yaratildi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish, xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini nazariy jihatdan bilgan holda ularni amaliy ahamiyatini anglab etish uchun belgilangan tushunchalarni mustahkamlash asosini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda zararli omillarsiz, xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar hamda vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘ligiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. SHu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi” fani o‘rganishida tajriba mashg‘ulotning o‘rni alohida bo‘lib hisoblanadi. Tajriba mashg‘ulot bo‘yicha berilgan ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari: Ishlab chiqarish xonalari va ish o‘rinlaridagi mikroiqlim ko‘rsatkichlarini aniqlash. Havo tozaligini va mehnat sharoitini shakllantiruvchi boshqa omillarni aniqlash. Elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlikni ta’minlash usullarini hisoblash va ularning samarali ishlashini tajribada aniqlash kabilar bo‘lib bularni ishlash usullari va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi aniq belgilab berilgan.

Asosiy mavzular

  • Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi: Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi fani Kasbiy ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy fanlar blokidan o‘rin olgan bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslarini o‘rgatadi. Bakalavriaturaning barcha yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarga Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, ishlab chiqarish bilan inson orasidagi o‘zaro aloqadorlikka xos bo‘lgan qonuniyatlarni yaxlit bir tizimda tadqiq etishga, o‘z mutaxassisligi doirasida Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi masalalarini oqilona hal etishga va bu masalalarni hal etish yo‘llarini yosh avlod ongiga singdirishga qodir bo‘lgan muhandis bakalavrlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib, fan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari orqali o‘rgatiladi. Bu o‘rinda fanning asosiy nazariy tushunchalari talabalarning faolligi ostida ma’ruza mashg‘ulotida tushuntirilib, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari orqali talabada mehnat muhofazasi ishlari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma fanga doir amaliy mashg‘ulotlar mavzusini to‘la qamrab olgan bo‘lib, mehnat muhofazasining korxona va tashkilotlarda amalga oshirishi lozim bo‘lgan tushunchalar amaliy asosda o‘rgatiladigan masalalar haqidagi ko‘rsatma va tushunchalarni qamrab olgan. Bu uslubiy ko‘rsatmadan bakalavriaturaning barcha yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda fan o‘qituvchilari foydalanishi mumkin.
  • Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash: Mexanik jarohatlanish deb insonning mexanik tashqi ta’sirlardan jarohatlanishga aytiladi. Bunda mexanik tashqi ta’sir kattaligi noaniq bo‘lgan fizikaviy kuch ta’siri bo‘lib, bunda inson tanasi va tayanch qismlarining butunligi buziladi. Mexanikaviy jarohatlanishning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: Suyak sinishi; muskul va paylarning ezilishi; teri shilinishi yoki archilshi; muskul va paylarning uzilishi; ko‘zga biror jismning kirib ketishi; tana a’zolarining uzilishi va xokazo. Demak, mexanik jarohatlanishlar yuz berishi mumkin bo‘lgan tashqi fizik, mexanik ta’sirlarni hayot faoliyati davomida, ishlab chiqarish korxonalarida – ish turiga ko‘ra, keltirish mumkin bo‘lgan jarohatlar ishchilarga oldindan tushuntirilishi, bularning oldini oilish maqsadida albatta, xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida instruktaj (yo‘riqnoma) o‘tkazilshi shart. Har bir mexanik jarohatlovchi omillarni bilgan holda, ularning asosiy kelib chiqish sabablari, ishlatilayotgan mashina va mexanizmlar, ularning harakatlanuvchi qismlari kabilar ish boshlanishidan oldin hisobga olinishi kerak. Mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari: bir-biriga tomonaylanadigan vallar, tishli g‘ildiraklar ilashmasi, uskunalarning vertikal uzatmalari va qirquvchi qismlari, qaytma-ilgarilama harakatlanuvchi pishang ishlovchilarning sog‘lig‘i hamda hayoti uchun yashirin xavf tug‘diradi.
  • Elektr xavfsizligi: Elektr xavfsizligi – ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi elektr tokining xavfi, uning inson organizmigata’sirinio‘rgatuvchivaxavfnioldinioluvchitashkiliyvatexnikaviy tadbirlar hamda vositalartizimi. Erga ulash (erlantirish) - elektr qurilmalarining metall qismlariga elektr toki ulanib qolgan hollarda u bilan «Er» orasida kuchlanish hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida shu elektr qurilmalarini o‘tkazgich (sim) yordamida Er bilan birlashtirib qo‘yish(elektr toki korpusga qisqa tutashgan hollarda shu o‘tkazgich orqali tok erga o‘tib, elektrdan jarohatlanish oldi olinadi); Nollash – elektr xavfsizligi maqsadida elektr qurilmalarining berk erlantirilgan metall korpuslarini odatda kuchlanishda bo‘lmagan neytral (O -nol) o‘tkazgich simga ulash (ortiqcha elektr kuzatilgan hollarda shu o‘tkazgich orqali tok ketadi va bu bilan dastgohlarning kuyishi, elektrdan jarohatlanishlar oldi olinadi); Saqlagich(predooxranitel) – qisqa tutashuv yoki ortiqcha elektr enargiyasi kelishi bilan avtomatik ravishda elektr tarmog‘idan uzib qo‘yuvchi vosita(bunday saqlagichning asosiy qismi tok kuchiga ortib ketishi bilan suyuqlanib, uzilishi mumkin bo‘lgan o‘tkazgich simlardan foydalaniladi); Himoya o‘chirgichi – elektr dastgoh va qurilmalarda qisqa tutashuv yoki me’yoridan ortiq tok bo‘lib qolgan hollarda elektr tarmog‘idan avtomatik uzilishni ta’minlovchi moslama.
  • Yong‘in xavfsizligi: YOnishjarayoni–yonuvchimoddaninghavotarkibidagikislorodbilanbirikishreaksiyasi, ya’ni S  O2 SO2  Q , bu erda S - yonuvchi modda tarkibidagi uglerod, O - havo tarkibidagi kislorod, Q - moddaning yonishi natijasidaajralib chiqadigan issiqlik miqdori; Gomogen yonish – faqat bir xil moddaning yonishi(masalan, gaz yonganda gomogen yonish); Geterogen yonish - qattiq, suyuq yoki gaz holidagi yonuvchi moddalar aralash holda yonishi; Portlash – tezligi 100-1000 m/sek oralig‘ida bo‘lgan yonish; Detonatsiya - tezligi 1000 m/sek dan yuqori bo‘lgan yonish;
  • Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari: Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar: 1.Xavfli geologik hodisalar: odamlar o‘limiga, ma’muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob uskunalarining, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar; odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi er ko‘chishlari, tog‘ o‘pirishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar. 2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar: odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, sanoat va qishloq xo‘jalik ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv o‘pirishlari va sellar; qor ko‘chishi, kuchli shamollar, dovullar, jala, yomg‘ir.
  • Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari: Jarohatlanganda, shikastlanganda va zaharlanganda vrachgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari va tartiblarini o‘rganish, tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish. Mexanik jarohatlanish deb insonning mexanik tashqi ta’sirlardan jarohatlanishga aytiladi. Bunda mexanik tashqi ta’sir kattaligi noaniq bo‘lgan fizikaviy kuch ta’siri bo‘lib, bunda inson tanasi va tayanch qismlarining butunligi buziladi. Mexanikaviy jarohatlanishning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: Suyak sinishi; muskul va paylarning ezilishi; teri shilinishi yoki archilshi; muskul va paylarning uzilishi; ko‘zga biror jismning kirib ketishi; tana a’zolarining uzilishi va xokazo. Demak, mexanik jarohatlanishlar yuz berishi mumkin bo‘lgan tashqi fizik, mexanik ta’sirlarni hayot faoliyati davomida, ishlab chiqarish korxonalarida – ish turiga ko‘ra, keltirish mumkin bo‘lgan jarohatlar ishchilarga oldindan tushuntirilishi, bularning oldini oilish maqsadida albatta, xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida instruktaj (yo‘riqnoma) o‘tkazilshi shart. Har bir mexanik jarohatlovchi omillarni bilgan holda, ularning asosiy kelib chiqish sabablari, ishlatilayotgan mashina va mexanizmlar, ularning harakatlanuvchi qismlari kabilar ish boshlanishidan oldin hisobga olinishi kerak.
  • Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi xavfli ob’ektlari: Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarning mehnat havfsizligini ta’minlashdir. Zamonaviy ishlab chiqarishni muntazam yangi texnikalar, mikrobiologik va kimyoviy moddalar etkazib berishni, ish jarayonlarining yiriklashuvini, ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni bajarishda, ayrim mehnat turlarini hamda vositalarini o‘zgartirib borishni o‘z ichiga oladi. Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri istisno qilingan. Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat etkazilishi bu fizikaviy va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi.