O’simlikshunoslik

Ushbu kitobda "O'simlikshunoslik" fanining dolzarb mavzulari, jumladan donning morfologiyasi, biologiyasi, o'sish davrlari, ulardan olinadigan mahsulotlar va ularning XO'jalik ahamiyati, shuningdek, o'simliklarni yetishtirish texnalogiyasi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kitobda g'alla ekinlari, moyli ekinlar, dukkakli-don ekinlari, ildizmevali ekinlar, yem-xashak o'tlari, tolali ekinlar, texnik ekinlar, va ularning turlari, navlari hamda ular bo'yicha nazorat savollari keltirilgan. Bu kitob talabalarga "O'simlikshunoslik" fanini chuqurroq o'zlashtirishda va agrotexnika tadbirlarini to'g'ri qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Asosiy mavzular

  • Donli ekinlar: Donli ekinlarning umumiy morfologiyasi, jumladan bug'doy, javdar, arpa, suli va makkajo'xori kabi donli ekinlarning ildizi, boshoq tuzilishi, meva shakllanishi, rivojlanish davrlari, texnikasi hamda ularning har biriga oid savollarni o'z ichiga oladi.
  • Dukkakli-don ekinlari: Dukkakli-don ekinlarining ahamiyati, ularning umumiy tavsifi, biologiyasi va ekish texnologiyasi, jumladan loviya, no'xat, soya, yasmiq va barchoq kabi dukkakli-don ekinlarining turlari, navlari, hamda ularga oid savollarni o'z ichiga oladi.
  • Moyli ekinlar: Moyli ekinlar guruhining umumiy tavsifi, jumladan kungaboqar, kunjut, yeryong'oq, moyli zig'ir, raps kabi moyli ekinlarning biologiyasi va yetishtirish texnalogiyasi hamda ularga oid savollarni o'z ichiga oladi.
  • Ildizmevali ekinlar: Ildizmevali ekinlarning ahamiyati, jumladan qand lavlagi, kartoshka, yer noki, batat va shu kabi ildizmevali ekinlarning biologiyasi, navlari va yetishtirish texnalogiyasi hamda ularga oid savollarni o'z ichiga oladi.
  • Yem-xashak o'tlari: Yem-xashak o'tlarning ahamiyati va uning tavsifi, dukkakli yem-xashak ekinlar ahamiyati, agrotexnik ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi, jumladan beda, qizil sebarga, kashqarbeda va boshqa yem-xashak o'tlarining biologiyasi, navlari hamda ularga oid savollarni o'z ichiga oladi.
  • Tolali ekinlar: Tolali ekinlar guruhi, jumladan kanop va tolali zig'irning morfologik belgilari, biologiyasi va yetishtirish texnalogiyasi hamda ularga oid savollarni o'z ichiga oladi.
  • Paxta: Paxtachilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, O'zbekistonning paxtachilik buyicha dunyoda tutgan o'rni, G'o'zaning kelib chiqishi va yer yuzida tarqalish tarixi, G'o'zaning morfologik belgilari, rivojlanish fazalari, gultoj barglarining ochilishi va tuzilishi, ko'sakning tuzilishi, urug' va tolani aniqlash hamda paxta yetishtirishning asosiy texnologiyalari bo'yicha savollarni o'z ichiga oladi.
  • Qand lavlagi: Qand lavlagining ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi, biologiyasi va navlari, hamda yetishtirish texnologiyasi bo'yicha savollarni o'z ichiga oladi.