Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar
Ushbu kitob botanika fanining tuban va yuqori o'simliklar sistematikasi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazishga mo'ljallangan o'quv qo'llanmadir. Unda o'simliklarning taksonomik birliklari, tuzilishi, hayotiy tsikllari, ko'payish usullari, geografik tarqalishi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma universitet va pedagogika institutlarining biologiya yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- 1-MODUL. TUBAN O'SIMLIKLAR: Ko'k-yashil va Qizil suvo'tlari bo'limi, Volvokslar, Ulotrikslar va Protokoklar tartiblari, Edogoniumlar, Sifonlilar va Sifonokladiallar tartiblari, Matashuvchilar sinfi, Charophyceae sinfiining tuzilishi va rivojlanishi, Tillarang suvo'tlari bo'limi, Sariq-yashil suvo'tlari bo'limi, Pirofita suvo'tlari bo'limi, Diatom suvo'tlari bo'limi, Qo'ng'ir suvo'tlari bo'limi, Euglenophyta suvo'tlari bo'limi, Shilimshiqlar bolimi, Zamburug'lar bolimi, Xitridiomitsetlar sinfi, Oomitsetlar sinfi, Zigomitsetlar sinfi, Gemiaskomitsetlar kichik sinfi va Plektomitsetlsr guruhi, Unshudring, Shohkuyalar va Petsitsalar zamburug‘lari tartiblari, Bazidiomitsetlar sinfi, Qorakuya va Zang zamburug‘lari tartiblari, Takomillashmagan zamburug‘lar sinfi, Lishayniklar bo‘limi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- 2-MODUL. YUKSAK O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASI: Yo'sintoifa (Bryophyta) bo'limi turlari, Plauntoifa (Lycopodiophyta) bo'limi turlari, Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limi turlari, Qirqquloqtoifa (Polypodiohyta) bo'limi turlari, Qarag'aytoifa (Pinophyta) bo'limi turlari, Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) va Nilufardoshlar (Numphaeaceae) oilasi turlari, Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) va Ko'knoridoshlar (Papaveraceae) oilasi turlari, Yong'oqdoshlar (Juglandaceae) va Toldoshlar (Salicaceae) oilasi turlari, Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) va Sho'radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi turlari, Gulxayridoshlar (Malvaceae) va Qovoqdoshlar (Curcurbitaceae) oilasi turlari, Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi turlari, Ra'noguldoshlar (Rosaceae) oilasi turlari, Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasi turlari, Qoqio'tdoshlar yoki Murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasi turlari, Bug'doydoshlar (Poaceae) oilasi turlari, Piyozdoshlar (Alliaceae) oilasi turlari, O'simliklarning hayotiy shakllarini o'rganish, Fitotsenozning tuzilishi o'rganish kabi mavzularni qamrab oladi.