Materialshunoslik

Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish, texnologik mashinalar va jihozlar, shuningdek, qishloq xo'jalik texnikasiga xizmat ko'rsatish yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, materialshunoslik fanining asosiy tushunchalari, metall va nometall materiallarning turlari, tuzilishi, xossalari, markalanishi va ularga ishlov berish usullari hamda zagotovkalarga ishlov beradigan va detal tayyorlash uchun kerak bo'ladigan eng yaxshi texnologik usullarni tanlash bo'yicha nazariy bilimlar beradi. Kitobda materiallar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning turlari, xossalari, fizika-kimyoviy, mexanik, texnologik xossalari, shuningdek, qora metallar, rangli metallar, polimerlar, keramika va kompozitsion materiallar kabi keng qamrovli mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Materialshunoslik fanining maqsadi va vazifalari: Mashinasozlikda qo’llaniladigan metall va nometall materiallarning turlari, tuzilishi, strukturasi, xossalari, markalanishi va ularga termik, kimyoviy – termik va boshqa ishlov berish usullari hamda zagotovkalarga ishlov beradigan va detal tayyorlash uchun kerak bo’ladigan eng yaxshi texnologik usullarni tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirish. Bu vazifani bajarish uchun talabalarga metall va nometall materiallarning ichki tuzilishi, strukturasi, xossasi, ishlatilishi va markalanishi hamda bu kattaliklarni o’zaro aloqasini hamda ularni turli tahsirlar natijasida o’zgarish qonuniyatlari bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni hosil qilish nazarda tutilgan.
  • Metallarning ichki tuzilishi: Konstruktsion materiallar (metallar va nometallar) uzluksiz harakatdagi molekulalar, atom (ion)lardan iborat va ular fazoda turlicha joylashgan bo’lib, o’zaro bog’lanishi xarakteriga ko’ra xossalari ham har xil bo’ladi. Metallarning ichki tuzilishini rentgen nuri yordamida o’rganish natijasida shu narsa aniqlanganki, metallar va ular qotishmalarining atomlari fazoda mahlum tartibda joylashib, o’ziga xos kristall panjara hosil qiladi va bu panjara tugunlaridagi atomlar uzluksiz ravishda mahlum amplitudada tebranadi.
  • Metallarning strukturasi: Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Plastik va elastik deformatsiya. Birlamchi, yig’uvchi va ikkilamchi qayta kristallanish. Keramikaning kristall strukturasi.
  • Metal va qotishmalarning xossalari: Metal va qotishmalarning fizik, kimyoviy, mexanik, elektrik, magnit, optik, issiq-fizikaviy va texnologik xossalar. Mustahkamlik, qattiqlik, zarbiy qovushqoqlik, ishqalanib yeyilishga qarshilik. Mexanik xossalarni aniqlash usullari.
  • Faza diagrammasi: Holat diagrammasini qurish usuli. Temir –sementit holat diagrammasi, fazalari va strukturasini tashkil etuvchilari.
  • Po’lat va cho’yanlar: Po’lat va cho’yanlarning tasnifi, markalanishi. Uglerodli po’latlar, turlari va markalanishi. Uglerod va boshqa doimiy qo’shimchalarning po’latning xossalariga tahsiri. Cho’yanlar, ularning turlari, tarkibi, tuzilishi, ishlatilishi va markalanishi.
  • Faza o’zgarishlari: Po’latni qizdirish jarayonidagi ichki struktura o’zgarishlari. Po’latni termik ishlash texnologiyasi. Po’latni yumshatish, normallash, toblash. Yumshatish, turlari. Po’latni normallash. Po’latni toblash, toblash usullari. Toblanuvchanlik va toblanish chuqurligi. Bo’shatish va uning turlari.
  • Po’latlarni kimyoviy-termik ishlash: Po’latni sementatsiyalash. Po’latni azotlash. Azotlashni qo’llash joylari. Po’latni sianlash. Diffuzion metallash. Termomexanik ishlov berish.
  • Materiallar turi va ularni qo’llash sohasi: Legirlangan po’latlar tasnifi. Olovga bardosh po’latlar. Nikel asosidagi zanglamas qotishmalar. Konstruksion issiqqa bardosh po’lat va qotishmalar. Issiqqa bardoshlik tavsifi. Perlit, martensit va martensit – ferrit toifasidagi po’latlarning qo’llanilish jarayoni.
  • Aloxida xossali po’latlar: Elektr va issiqlik o’tkazuvchanlik. Elektrotexnik. Magnit materiallari, radiatsiyaga chidamli materiallar. Sovuqqa chidamli materiallar.
  • Rangli metallar: Alyuminiy , mis ,titan, nikel va ularning qotishmalari. Materialshunoslikda qo’llaniladigan boshqa rangli metall va qotishmalar.
  • Nometall materiallar va ularning qo’llanilishi: Organik shisha, grafit, rezina, kauchuk, lak-bo’yoq materiallar, kleylar, germetiklar va ularning tarkibi, ichki tuzilishi va xossalari.
  • Keramik materiallar: Keramik materiallarni komponentlarini tanlash. Loylar. O’zgacha xossali keramika. Keramik materiallarning olinish texnologiyasi va ishlatilish soxalari.
  • Polimer materiallari: Polimer materiallarning xususiyatlari, ularning nazariy asoslari va tasnifi. Plastmassalar, klassifikatsiyasi va qo’llanilish sohalari.
  • Dielektriklar, yarim o’tkazgichlar va o’tkazgichlar: Elektr tokini o’tkazuvchi materiallar. Metallardan yasalgan o’tkazgichlar. O’ta o’tkazgichlar. Yuqori elektro qarshilikka ega qotishmalar. Kontakt materiallar. Uzuvchi kontaktlar uchun materiallar.
  • Magnitli materiallar: Diomagnitlar, paromagnitlar, ferromagnitlar. Magnito–yumshoq va magnito–qattiq materiallar. Ularning nazari asoslari. Metall va nometallarning optik xossalari. Elektro–magnit nurlanish. Nur sinishi, rang. Lyuminassitsiya, lazerlar.
  • Kompozitsion materiallar: Kompozitsion materiallar haqida umumiy mahlumotlar. Ularni olish, tarkibi, tuzilishi, xossasi va ishlatilish sohasi.
  • Uglerod-uglerodli kompozitsion materiallar: Aviatsiya-kosmik texnikasida kullaniladigan parspektiv materiallardan biri-bu uglerod-uglerodli (S-S) kompozitlardir. Bularda matritsa sifatida uglerod ishlatiladi. Bu kotgan termoreaktiv smolalarni (feneloformalg’degidli, furanovli) yukori xaroratda kizdirib olingan koks tuldirgich sifatida uglerod tolalari ishlatiladi.
  • Plastmassalar: Plastmassalarning xossalari, tuzilishi, klassifikatsiyasi va qo’llanilish sohalari. Termoplastik plastmassalar va termoreaktiv plastmassalar.
  • Rezinlar: Rezinaning kimyoviy va fizik xossalari, ularning tarkibi, vulkanizatsiya jarayoni va rezinadan detallar olish texnologiyasi.
  • Nanomateriallar: Nanomateriallar, ularning olinish usullari, tuzilishi, xossalari va qo’llanilish sohalari.
  • Gaz bilan tuldirilgan plastmassalar: Penoplastlar va poroplastlar. Ularning xossalari va qo’llanilish sohalari.
  • Kleylar va Germetiklar: Kleylarning turlari, xossalari, ishlatilishi va germetikalarning tuzilishi, xossalari va qo’llanilish sohalari.
  • Dielektriklar, yarim o’tkazgichlar va o’tkazgichlar: Elektr tokini o’tkazuvchi materiallar va ularning xossalari.
  • Magnitli materiallar: Diomagnitlar, paromagnitlar, ferromagnitlar. Magnito–yumshoq va magnito–qattiq materiallar.