Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Ushbu kitob "Axborot kommunikatsion texnologiyalar" fanini chuqur o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda axborot tushunchasi, axborot jarayonlari, axborot xavfsizligi, axborot tizimlari, kompyuter grafikasi, dasturlash asoslari va Microsoft Office dasturlari keng yoritilgan. Kitobda qishloq xoʻjaligi masalalarini yechishda amaliy dasturlardan foydalanish, axborot tizimlarini loyihalash va qurish usullari, maʼlumotlar bazasi va axborot tizimlari hamda tarmoq texnologiyalari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Axborot texnologiyalari asoslari: Axborot tushunchasi, axborot jarayonlari, axborotni tasvirlash usullari, axborot xavfsizligi, axborot tizimlari va ularning turlari, axborotni himoyalash usullari, axborot tizimlarining turlari va ularning klassifikatsiyalash usullari hamda axborot xavfsizligiga oid nazariy bilimlar.
- Kompyuter grafikasi: Kompyuter grafikasi va uning turlari, vektorli va rastrli grafikalar, kompyuter grafikasi turlari bo'yicha dasturiy vositalar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, rang modellari, grafikalar bilan ishlash usullari, obyektlar ustida amal bajarish.
- Dasturlash asoslari: Algoritm tushunchasi va uning xossalari, algoritmning turlari, dasturlash tillari, dasturlash tillarining oilasi, C++, C#, Java, Pascal, Fortran dasturlash tillari, ularning xususiyatlari va amaliy dasturlar, kompyuter dasturlari va ularning turlari, axborot tizimlari, ularning boshqarishdagi ahamiyati, axborot tizimlarining sinflanishi, axborot tizimlarini loyihalash va qurish usullari.
- Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari: Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasi turlari, ularning axborot tizimlarida qo‘llanilishi, MS Access dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi jarayonlariga oid ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanish.
- Tarmoq texnologiyalari: Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari, kompyuter tarmog‘ining apparat va dasturiy ta’minoti, lokal tarmoqlar, mintaqaviy tarmoqlar, global tarmoqlar, Internet xizmatlari, axborot qidiruv tizimlari, veb-saytlar, elektron axborot almashinuvi, elektron hukumat tizimi, elektron tijorat tizimlari.