Металл конструкциялари 2-қисм

Ushbu kitob metall konstruksiyalar fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda sanoat binolari va inshootlarida qo'llaniladigan metall qurilmalar (fermalar, ustunlar va boshqalar)ni hisoblash va loyihalash asoslari keltirilgan. Materialda binolar va inshootlar qurilishida ishlatiladigan asosiy yuk ko'taruvchi metall konstruksiyalar (MK), sinch elementlari-ramalar, maxsus inshootlar va metall konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashga e'tibor qaratilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Fermalar: Fermalar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning turlari, elementlari, hisoblash va loyihalash asoslari, geometrik o'lchamlari, sterjenlardagi zo'riqishlarni aniqlash, kesim tanlash qoidalari.
  • Bir qavatli sanoat binolarining qurilmalari: Metall sinch elementlarini qo'llash, reja asosida joylashtirish, ko'ndalang ramalar, bog'lovchilar, tom qurilmalari (progonli va progonsiz), kran osti to'sinlari.
  • Ko'ndalang ramaning hisoblash asoslari: Ko'ndalang ramaga ta'sir etuvchi yuklamalar (doimiy, vaqtinchalik, shamol, qor), ramani hisoblashda fazoviy ishni hisobga olish.
  • Ustunlar: Ustunlarning turlari, bosh o'lchamlari, to'la kesimli va tarmoqli ustunlarni hisoblash, ustun bazasi hisobi.
  • Katta oraliqli qurilmalar, ko'p qavatli va maxsus inshootlar: Katta oraliqli qurilmalarning turlari (to'sinli, ramali, arkali, fazoviy, osma), qobiqlar, gumbazlar, po'lat sinchli ko'p qavatli binolar, varaqli qurilmalar, baland inshootlar. Sanoat binolarini ta'mirlashda metall konstruksiyalarni kuchaytirish usullari.