Buxoroda zamonaviy shahar madaniyati (1991-2021yy.)

Ushbu dissertatsiya Buxoro shahri zamonaviy shahar madaniyatining (1991-2021 yillar) shakllanishi, rivojlanishi, transformatsiyasi, bu jarayonlarga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va muammolarni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda shahar infratuzilmasi, iqtisodiy rivojlanishi, ma'muriy-hududiy tuzilishi, aholi dinamikasi, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan me'morchilik va qurilish ishlari, ijtimoiy – madaniy muassasalar, shahar ekologik muhiti masalalari tahlil qilingan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab shahardagi sanoat korxonalarini xususiylashtirish va qayta tashkil etishga e'tibor kuchayganligi, zamonaviy shahar logistika xizmatida aeroportning katta ahamiyatga ega ekanligi, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar, xususiy sektorni rivojlanishiga turtki bo'lganligi ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, Buxoroda barqaror shahar madaniyatini shakllantirishda ekologik muhitning ahamiyati, tarixiy-madaniy merosni saqlash va rivojlantirish, turizm sohasini rivojlantirish masalalari ham atroflicha ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Buxoro shahar madaniyatining tarixiy ildizlari va zamonaviy xususiyatlari: Ushbu bo'limda Buxoroda shahar madaniyati shakllanishining tarixiy bosqichlari va istiqlolga qadar bo'lgan holati hamda mustaqillik yillarida Buxoro shahri demografik jarayoni va aglomeratsiya masalalariga bag'ishlangan. Qadimdan yirik tijorat markazlaridan biri bo'lgan Buxoro shahri, uning rivojlanish bosqichlari, Somoniylar davridagi ahamiyati, Chingizxon bosqini va Temuriylar davridagi tiklanish jarayonlari ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, Buxoro shahrining rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, shaharsozlik va me'morchilikning o'rni ham tahlil qilingan.
  • Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi va shahar muhitini rivojlantirish omillari: Ikkinchi bo'limda zamonaviy iqtisodiy infratuzilmalar, logistika tizimini rivojlantirish masalalari, ijtimoiy infratuzilmalar modernizatsiyasi hamda barqaror shahar muhitini shakllantirish kabi masalalar tadqiq qilingan. Sanoat korxonalarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, zamonaviy shahar logistika xizmatida aeroportning o'rni, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar va ularning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, barqaror shahar madaniyatini shakllantirishda ekologik muhitning ahamiyati va uning Buxoro shahri uchun dolzarbligi ko'rsatib o'tilgan.
  • Buxoro shahrining tarixiy merosini saqlash, targ'ib etish va zamonaviy shaharsozlik masalalari: Uchinchi bo'limda Buxoro shahrining tarixiy-madaniy obidalarini ta'mirlash va saqlash masalalari, turizm xizmati, shahar qurilishi va bunyodkorlik ishlari tahlil qilingan. Buxoro vohasida saqlanib qolgan qadimiy me'moriy obidalar, YUNESKO tomonidan o'tkazilgan tadbirlar, tarixiy markazni rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, shahar qurilish rejalari va bunyodkorlik ishlariga qaratilgan e'tibor, milliy an'analar va urf-odatlarning rivojlanishi tahlil qilingan.