Media va axborot savodxonlik bo’yicha ishlash maqsadida mediatrenerlar
Ushbu qoʻllanma «Analitika va tadqiqotlar markazi» jamoat tashkilotining rahbari, “BezBrexni” (Ukraina) faktchek-loyihasining asoschisi va rahbari, mediatrener hamda mediaekspert Aleksandr Goroxovskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Aleksandr Goroxovsiy o’quvchilar, talabalar, o’qituvchilar, jurnalistlar va mediatrenerlar uchun mediasavodxonlik va faktchek bo’yicha bir necha uslubiy qo’llanmalar va trening kurslarning ishlab chiqaruvchisi bo’lib hisoblanadi. Mashqlarni ishlab chiqishda “nafrat nutqi” yoki dezinformatsiya (yolg’on ma’lumotlar bilan yo’ldan og’dirish) misollarining qo’llanilishi faqat tarbiyaviy-ma’rifat maqsadlarida amalga oshiriladi va ulardan, loyihadagi davlatlarning qonunchiligiga zid bo’lgan boshqa maqsadlarda foydalanishni nazarda tutmaydi. Ushbu qo’llanmada qo’llangan nomlar va taqdim etilgan materiallar BRYCA loyihasining hamkorlari tomonidan biron bir davlat, hudud, shahar yoki tumanining yoki ularning tegishli bo’lgan boshqaruv organlarining huquqiy maqomi, va shu bilan birgalikda, ajratish chiziqlari yoki chegaralariga nisbatan bironta fikrning ifodalanishi bo’lib hisoblanmaydi. Mazkur nashr Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magida tayyorlangan. Nashrning materiallari Yevropa Ittifoqining rasmiy nuqati nazarini aks ettirmaydi.
Asosiy mavzular
- 1 BLOK. AXBOROT VA SEN: Axborot nima, uning xususiyatlari, uni tekshirish usullari va qiymati.
- 2 BLOK. RAQAMLI DUNYODA BIZNI KIM VA QANDAY ALDAYDI: Raqamli dunyoda bizni aldash usullari, ma'lumotlarni tekshirish va ularning yolg'on ekanligini aniqlash.
- 3 BLOK. RAQAMLI DUNYODA O’ZINGIZNI YOQOTMASLIK: Raqamli dunyoda o'zimizni yo'qotmaslik va xavfsiz bo'lish qoidalari.
- 4 BLOK. VIRTUAL OLAMDAGI DO’STLARING VA DUSHMANLARING: Virtual olamda do'stlar va dushmanlar, ijtimoiy tarmoqlarning xavfsizlik qoidalari.