Конденсирланган гетероциклик бирикмалар асосида самарали коррозия ингибиторлари ишлаб чиқиш ва уларнинг қўлланилиши

Ushbu dissertatsiya avtoreferati

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Ushbu bo'limda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, O'zbekiston respublikasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi ko'rsatilgan, ilmiy yangiligi, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, o'tkazilgan tadqiqotlarining ishonchliligi, aprobatsiya va natijalarning nashr qilinishi, dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar bayon etilgan.
  • TADQIQOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI: Tadqiqotning maqsadi kondensirlangan geterotsiklik birikmalar - xinolin hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ular asosida olingan tarkiblarning korroziyadan ingibirlash hususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: aromatik aminlarning karbonilli birikmalar bilan geterotsiklanish reaksiyalarini o'rganish va mexanizmini tadqiq qilish; tuzilishi va xossalari avvaldan belgilangan kondensirlangan geteroxalkali xinolin hosilalari sintez qilishning maqbul sharoitlarini aniqlash; xinolin qator birikmalari sintezi uchun barqaror va samarali katalizatorlar tarkibini tadqiq qilish; kondensirlarga geteroxalkali birikmalar - xinolin hosilalari asosida olingan tarkiblarning korroziyadan ingibirlash hususiyatlarini aniqlash; kondensirlarga geteroxalkali birikmalar - xinolin hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
  • TADQIQOT OBYEKTI VA PREDMETI: Tadqiqot obyekti sifatida xinolin va xinolin hosilalari, anilin, karbonilli birikmalar, polifunksional katalizatorlar, geterotsiklash mahsulotlari va korroziya ingibitorlari olingan. Tadqiqotning predmeti xinolin va funksional xinolinlar hosil bo'lish qonuniyatlari, sintez qilingan jipsilashgan geteroxalkali hosilalarning tuzilishi va fiziko-kimyoviy xossalarini aniqlash hisoblanadi.
  • TADQIQOTNING USULLARI: Dissertatsiya ishida element analiz, IQ-, PMR-spektroskopiya, xromato-mass spektrometriya, yupqa qatlamli xromatografiya, termoanalitik tahlil, optik mikroskopiya, kvant kimyoviy (PM-3, MNDO-3) yarim empirik va boshqa usullar qo'llanilgan.
  • TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: Ilk bor karbonilli birikmalar va aromatik aminlarning geterotsiklanishidan xossalari avvaldan belgilangan azotgeteroatomli jipsilashgan geterotsillar sintez qilingan; d-metall oksidlari va ftoridlari asosida yuqorisamaraali va barqaror katalizatorlar tarkibi ishlab chiqilib, xinolin hosilalari sintezida selektivligi isbotlangan; anilin va kroton aldegegidning katalitik geterotsiklanish reaksiyasi maqbul sharoitlari aniqlanib, 4-metilxinolin Scraup qoidasiga zid hosil bo'lishi mexanizmi asoslangan; olingan xinolin hosilalari asosida tarkib, metallar korroziyasining ingibitorlari sifatida sinab ko'rilib, himoyalash darajasi 90% dan kam emasligi aniqlangan; kondensirlangan geterotsiklik birikmalar - xinolin hosilalari asosida korroziya ingibitorlari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
  • AMALIY NATIJALARI: Anilin va kroton aldegegidining geterotsiklanish reaksiyasi orqali alkilxinolinlar hosil bo'lish maqbul sharoitlari aniqlangan; jipsilashgan ko'p xalkali geterotsiklik birikmalardan xinolin, 2- va 4-metilxinolinlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; anilin va kroton fraksiyasi asosida metallarni korroziyadan himoya qiluvchi korroziya ingibitori olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
  • TADQIQOT NATIJALARINING ISHONCHLILIGI: Tahlilda zamonaviy fiziko-kimyoviy usullar IQ-spektroskopiya, gaz-suyuqlik xromatografiyasi, termoanalitik tahlillardan, eksperimental ma'lumotlarga statistik ishlov berishda organik sintez jarayonlari kinetikasi va termodinamikasining zamonaviy nazariyalaridan foydalanilganligi, nazariy va tajriba tadqiqot natijalarining o'zaro mutanosibligi bilan izohlanadi.
  • ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI: D-metall oksidlari va ftoridlari asosida olingan yuqorisamaraali va barqaror katalizatorlar tarkibi ishtirokida aromatik aminlar va to'yinmagan aldegerdlardan jipsilashgan ko'p xalkali geterotsikllar sintez qilishning maqbul sharoitini aniqlash, xinolin va xinolin hosilalari ishtirokida korroziya ingibitorlari olish ilmiy asoslarini yaratilganligi bilan izohlanadi. Kondensirlangan geterotsiklik birikmalar - xinolin hosilalari asosida import o'rnini bosadigan, raqobatbardosh korroziya ingibitorlarining yangi samarali tarkiblarini va olish texnologiyasini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
  • Joriy qilinishi: Selektiv polifunksional katalizatorlar, jipsilashgan geteroxalkalar asosida korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida: xinolin, alkilxinolinlar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2023-2025 yillarda amalga oshirish bo'yicha istiqbolli ishlanmalar ro'yxati»ga kiritilgan (Shurtangaz kimyo majmuasining 2022 yil 24 yanvardagi 589-son ma'lumotnomasi). Natijada, korxona qurilmalarini korroziyadan himoyalash va uzoq muddatlar samarali eksplyuatatsiya qilish imkonini beradi; anilinning kroton fraksiyasi bilan katalitik geterotsiklanish mahsulotlari asosida olingan korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2023-2025 yillarda amalga oshirish bo'yicha istiqbolli ishlanmalar ro'yxati»ga kiritilgan (Shurtangaz kimyo majmuasining 2022 yil 24 yanvardagi 589-son ma'lumotnomasi). Natijada, import qilinuvchi xorijiy SNPX preparatni, mahalliy «IK-XXS» seriyadagi korroziya ingibitorlari bilan almashtirish imkonini beradi.
  • Aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari ma'ruza ko'rinishida 3 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o'tkazilgan.
  • Oplublikatsiya natijalari: Dissertatsiya mavzusi bo'yicha jami 13 ta ilmiy ishlar chop etilgan, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan 3 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
  • Tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, to'rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovadan tashkil topgan bo'lib, 117 betdan iborat.