Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi diplomatik, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy hamkorlik va axborot almashinuvi masalalarini ommaviy axborot vositalarida yoritishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar tarixi, rivojlanish bosqichlari, samaradorligi va ularning zamonaviy OAVdagi aks etishi yoritilgan. Fuqarolik jurnalistikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta'siri, shuningdek, OAV tillari va uslublari masalasi ham koʻrib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar evolyusiyasi va ommaviy axborot vositalarining vazifalari: Ushbu bobda OAVda Saudiya Arabistoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar tarixiy evalyusiyasi, diplomatik aloqalar va investitsion, iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy masalalarni tahlil qilib, zamonaviy OAV tipologiyasi va huquqiy asoslari oʻrganilgan.
- Ommaviy axborot vositalarida iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni yoritish: Ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi materiallar tahlil qilingan. Shuningdek, savdo, turizm, madaniy-ma'rifiy hamkorlik va oʻzaro aloqalar masalalarini yoritishda jurnalistik yondashuvlar, OAVning roli va usullari koʻrib chiqilgan.
- Fuqarolik jurnalistikasi va axborot texnologiyalarining ta'siri: Saudiya jamiyatida fuqarolik jurnalistikasining oʻrni va roli, axborot texnologiyalarining jurnalistlar ijodiga ta'siri, media tilining oʻziga xosligi tahlil qilingan.