Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotda namoyon bо‘lish jarayonlari
Ushbu dissertatsiya «Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy taraqqiyotda namoyon bo'lish jarayonlari» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda texnogen sivilizatsiyaning jamiyat hayotiga ta'siri, uning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy rivojlanishdagi o'rni, texnogen ongning shakllanishi, milliy ma'naviyat bilan munosabati kabi masalalar falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda texnogen sivilizatsiyaning ilmiy-nazariy asoslari, uning paydo bo'lishi, rivojlanishi va ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy taraqqiyotga ta'siri ko'rib chiqiladi. Shuningdek, texnogen sivilizatsiyaning ijobiy va salbiy oqibatlari, ulardan himoyalanish yo'llari ham o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, muammoning oʻrganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, obyekti, predmeti, metodlari, maqsadi va vazifalari, olgan natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy qilinganligi, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
- I bob. «Texnogen sivilizatsiya» tushunchasining nazariy-metodologik asoslari: Birinchi bobda «sivilizatsiya», «texnogen sivilizatsiya», «texnogen ong» tushunchalarining mazmun va mohiyati ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan, uning negizlari, maqsadi, texnogen sivlizasiyaning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan omillar hamda uning tarixiy ildizlari, texnogen ongning shakllanish jarayoni tadqiq etilgan.
- II bob. «Texnogen sivilizatsiyaning yuzaga keltirgan omillar va ularning namoyon boʻlish xususiyatlari»: Ikkinchi bobda texnogen sivilizatsiyaning yuzaga kelishida ijtimoiy, moddiy-ma'naviy ehtiyojlarning oʻrni, texnogen sivilizatsiyaning mamlakatlar milliy-ma'naviy taraqqiyotiga ta'siri masalalari tahlil qilingan.
- III bob. «Texnogen sivilizatsiyaning yutuqlari va yuzaga keltirgan salbiy oqibatlari oʻrtasidagi ziddiyatlar»: Uchinchi bobda texnogen sivilizatsiya va milliy ma'naviy taraqqiyot o'rtasidagi ziddiyatlar aniqlanib, ularni oldini olish bilan bog'liq masalalar tahlil qilinadi. Oʻzbekistonda texnogen sivilizatsiya yutuqlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.
- Xulosa: Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy taraqqiyotda namoyon bo'lish jarayonlarini oʻrganish, tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: texnogen sivilizatsiya – insoniyat mehnati, intellektual salohiyati, aql-zakovati va tafakkurining mahsuli; mamlakat texnika va texnologiya ishlab chiqarish, ommalashtirish, amaliyotga joriy qilish sohasida yetakchi bo'lsa, dunyo davlatlariga iqtisodiy va siyosiy ta'sirini kuchaytiradi; milliy ma'naviy taraqqiyotni mustahkamlashga xizmat qilishi lozim; ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir qiladi.