Ijtimoiy hayotni tashkil etishda davlatning o‘rni (siyosiy-nazariy tahlil)

Ushbu dissertatsiya avtoreferati O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ro'yxatga olingan dissertatsiyaning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini, unda ko'tarilgan muammolar va ularning yechimlari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va asosiy xulosalarini o'z ichiga oladi. Asarda jamiyat hayotini tashkil etishda davlatning o'rni siyosiy-nazariy tahlil qilingan bo'lib, davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari, uning jamiyatdagi roli, funksiyalari, milliy qadriyatlarni asrashdagi o'rni kabi masalalar atroflicha o'rganilgan. Xususan, davlatning ijtimoiy-siyosiy intilishlarning amalga oshishidagi, inson omilini rivojlantirishdagi, milliy va ma'naviy qadriyatlarni saqlashdagi va jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi o'rni atroflicha tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yoʻnalishlariga bogʻliqligi, mavzu boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi va muammoning oʻrganilganlik darajasi yoritilgan, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot usullari, dissertatsiyaning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi boʻyicha ma'lumotlar berilgan.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Asarda jamiyat hayotini tashkil etishda davlatning o'rni siyosiy-nazariy tahlil qilingan. Birinchi bob "Inson-jamiyat-davlat" tizimining nazariy-metodologik asoslari” deb nomlangan bo'lib, unda davlat bilan jamiyatning oʻzaro ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalariga xos yondashuvlar, ularning mazmuni va mohiyati ochib berilgan. Ikkinchi bob "Davlatning ijtimoiy-siyosiy tartibot kafolati ekanligi” deb nomlangan bo'lib, unda davlatga yetakchi siyosiy institutlardan biri yoki ijtimoiy barqarorlik uchun javobgar instrument sifatida qarash, davlat insonlarning birgalikdagi hayot tarzini uyushtirish instituti sifatidagi vazifalari, jamiyatni samarali va bir me'yorda faoliyat yuritishi uchun ijtimoiy tartibotni qoʻllab-quvvatlash hamda ta'minlashda davlatning o'rni borasida ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar keltirilgan. Uchinchi bob "Milliy-ma'naviy qadriyatlarning davlat boshqaruvida aks etishi” deb nomlangan bo'lib, unda davlatning immanent xususiyatlaridan biri milliy an'analarni asrash uchun uning javobgarligi xususida soʻz boradi.
  • XULOSA: Ijtimoiy hayotni tashkil etishda davlatning o'rni (siyosiy-nazariy tahlil) mavzusidagi ishda quyidagi xulosalarga kelingan: 1. Tarixiy tajriba, kuzatishlar hamda sohaga oid ilmiy tahlil shuni tasdiqlamoqdaki, aqlli mavjudot sifatida inson boshqa mavjudotlardan, xususan, jamoaviy faoliyatga tabiatan moyilligi bilan keskin ajralib turadi. U oʻzidagi ana shu buyuk ichki tuyg'u va kuchni tartibga soluvchi, aniq yo'naltiruvchi boshqa bir alohida ijtimoiy tayanchga muhtoj ediki, uni davlat boshqaruvidan topdi. 2. Tadqiqot natijalarida shunga ishonch hosil qildikki, aynan shu makonda yashaganlar va yashayotganlar, ajdodlar va avlodlar uzviyligini asrashga qodir birdan bir katta kuch boʻlish ming-ming yillarda qaror topgan, u sotsiogenetik yaxlitlikni tashib, bus-butun holda kelajakka uzatish layoqati va qobiliyati faqat davlatga xos. 3. Har kun va har soniyada amalga oshirilishi zarur bo'lgan yumushlar bilan bir qatorda, xalq hamda millatga benazir ruhiy-ma'naviy quvvat baxsh etuvchi “tarixiy xotira