Talabalarni etnomadaniyatga qadiryatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi farmoni, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi farmonlari hamda sohaga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan keng ko'lamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Unda talabalarning etnomadaniyatga qadriyatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻrganilgan. Tadqiqotning maqsadi ta'lim tizimida yoshlarni etnomadaniyatga qadriyatli munosabatini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini empirik tadqiq etish boʻyicha amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Jahonda globallashuv jarayonida polietnik - koʻpmillatli jamiyatlar ta'lim tizimini barqaror rivojlanishiga erishish, turli koʻrinishdagi etnik ziddiyatlar dinamikasini oʻsishi ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar mavzusi qamrovini kengaytirib, bu muammoni tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirdi. YuNESKO tomonidan 2015-yil 19-22-may Inchxon deklaratsiyasi qabul qilinib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim kontsepsiyasida “barcha oʻquvchilar barqaror rivojlanishni rag'batlantirish uchun zarur bo'lgan bilim va koʻnikmalarni egallashlarini dolzarblashtirdi.
  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda globallashuv jarayonida polietnik - koʻpmillatli jamiyatlar ta'lim tizimini barqaror rivojlanishiga erishish, turli koʻrinishdagi etnik ziddiyatlar dinamikasini oʻsishi ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar mavzusi qamrovini kengaytirib, bu muammoni tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirdi. YuNESKO tomonidan 2015-yil 19-22-may Inchxon deklaratsiyasi qabul qilinib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim kontsepsiyasida “barcha oʻquvchilar barqaror rivojlanishni rag'batlantirish uchun zarur bo'lgan bilim va koʻnikmalarni egallashlarini dolzarblashtirdi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Talabalarda tolerantlikning umumiy darajasini namoyon boʻlishi insonning boshqa millat vakillariga yondashuvi va madaniyatlararo oʻzaro munosabatlardagi ustanovkalarining differentsiatsiyasi tufayli uning shaxs xususiyati sifatida etnik tolerantlik bilan uzviy ifodalanishiga bogʻliq ekanligi dalillangan.
  • Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan talabalarda etnomadaniyatga qadriyatli munosabatni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha yangicha gʻoyalarni ilgari surishda, psixologlar uchun psixologik ma'rifat va psixokorrektsiyaviy faoliyatda foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
  • Xulosa: Etnomadaniyatga qadriyatli munosabatni shakllantirishga doir nazariy yondashuvlar turlicha boʻlishiga qaramasdan, ularni markaziy nuqtasi inson sanalib, konfiguratsiyaviy yondashuvda madaniy realyativizm va psixologik gʻoyalar oʻzaro bog'lanilgan boʻlsa, madaniyat va shaxs munosabatlari yondashuvida inson psixikasini muhokama qilish shart emasligi, balki inson ijtimoiy muhitga nisbatan adaptiv reaksiyani ishlab chiqishi aniqlandi.