Talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Ekonometrika fani misolida)
Ushbu avtoreferat O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida iqtisodiy yo'nalishlar talabalarida ekonometrika fani bo'yicha kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ekonometrika o'qitishning zamonaviy metodologik asoslari, samarali metodlari va vositalari aniqlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi talabalarda ekonometrik bilimlarni shakllantirish va ularning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanishdan iborat. Tajriba-sinov ishlari natijalarida taklif etilgan metodikaning samaradorligi matematik-statistik jihatdan isbotlangan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, shuningdek, tadqiqot ishi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi ko'rsatilgan hamda tadqiqotning amaliy natijalari, ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, nashr qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan, metodologik asosi hamda tadqiqot natijalarining ommalashtirilganligi yoritilgan.
- Tadqiqotning obyekti: Talabalarning ekonometrik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni.
- Tadqiqotning predmeti: Iqtisodiyot yo'nalishi talabalarida ekonometrikadan ta'lim berishning mazmuni, shakli, metod va vositalari.
- Tadqiqotning metodlari: Psixologik, pedagogik, ilmiy metodik adabiyotlarni oʻrganish, oʻquv dasturi, qoʻllanma va darsliklarni tahlil qilish, kuzatish, test oʻtkazish, suhbatlar oʻtkazish, pedagogik tajriba-sinov ishlari.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Talabalarda shakllantiriladigan ekonometrik tushunchalarning iqtisodiy jarayonlar va hodisalardagi miqdoriy jihatlar, iqtisodiy oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi ekonometrik modellar hamda iqtisodiy jarayonlardagi oʻzaro miqdoriy aloqadorliklar kabi asosiy aspektlari aniqlashtirilgan; ekonometrikani oʻqitish modelining tashkiliy-mazmuniy bloki takomillashtirilgan; oliy ta'lim muassasalarida talabalarni ekonometrik modellashtirishga oʻrgatish metodikasi takomillashtirilgan; talabalarda ekonometrik tushunchalarni toʻplash, ularning validligini aniqlash, verifikatsiyalash, ekonometrik diagnostika qilish hamda prognozlash koʻnikmalarining shakllanganlik darajasi aniqlashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: “Ekonometrikaga kirish” nomli oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilgan; ekonometrika fani oʻqitish jarayonini takomillashtirish maqsadida talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan; “Ekonometrika fani mustaqil oʻzlashtirishlari uchun” mobil ilova dasturiy vositasi ishlab chiqilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Zamonaviy metodologik, psixologik, pedagogik hamda ilmiy metodik tadqiqotlarning asosiy holatlariga tayanish, pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish hamda olingan maʼlumotlarni matematik-statistik qayta ishlash orqali tasdigʻini topgan.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Iqtisodiy yo'nalishlarda ta'lim olayotgan talabalarda ekonometrikadan tahsil berish modelini ishlab chiqilganligi, undan o'quv-bilish jarayonida foydalanishning maqsadga muvofiqligi hamda mazkur ta'lim jarayonini amalga oshirishda didaktik vositalar ta'minotiga boʻlgan talablarni ishlab chiqilganligi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, “Ekonometrikaga kirish” oʻquv qoʻllanmasi mazmuniga singdirilgan, oliy ta'lim muassasalarida talabalarni ekonometrik modellashtirishga oʻrgatish metodikasi takomillashtirilgan.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot muammosining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, shuningdek, tadqiqot ishi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi koʻrsatilgan hamda tadqiqotning amaliy natijalari, ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, nashr qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan, metodologik asosi hamda tadqiqot natijalarining ommalashtirilganligi yoritilgan. Birinchi bobda ekonometrika asosida talabalar uchun diagnostik koʻnikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari, ikkinchi bobda ekonometrika oʻqitish usullari, metodlari va metodikalar tasnifi, uchinchi bobda esa tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ularni oʻtkazish metodikasi tahlil qilingan.
- XULOSALAR: Dissertatsion tadqiqot ishimizning birinchi faslida iqtisodiyot mutaxassisligi talabalariga ekonometrikani oʻqitish bilan bog'liq muammoning zamonaviy holati tahlil etildi; muammo mavzusiga oid asosiy tushunchalarning mazkur tadqiqot maqsad va vazifalari uchun maqbul ta'riflari belgilanib, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik aniqlandi; ekonometrik modellar yordamida tadqiqotlarimiz doirasidagi koʻpqirrali dolzarb muammolarni ijobiy hal etish imkoniga ega boʻlish mumkin; iqtisodiyot mutaxassisligi talabalariga ekonometrikani oʻqitishning metodik tizimi ishlab chiqildi; talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirishga doir takomillashtirilgan metodika tarkibiga zamonaviy texnologiyalar hamda metodlar qamrab olgan; “Talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirish dasturi” boʻlajak iqtisodiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar hamda iqtisodiyotga doir statistik tahlil metodikalari uyg'unligini oʻzida aks ettiradi; tajriba-sinov ishlarining aniqlashtiruvchi, izlanish va shakllantiruvchi bosqichlarida qoʻyilgan maqsadlarga erishildi va belgilangan vazifalar ijro etildi.
- Tavsiyalar: Ekonometrikani oʻqitish amaliyotida qoʻllanilish metodikasining elektron axborot ta'lim resurslarini turli variantlarini ishlab chiqish lozim; umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari uchun elektiv (maxsus) ekonometrika kurslarini loyihalashtirish maqsadga muvofiq boʻladi; iqtisodiyot sohasidagi ta'lim uchun ekonometrika boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar tuzish ekonometrika oʻqitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.