“Kayfiyat”ni ifodalovchi frazeologik birliklar va ularni qiyosiy tahlili hamda o’qitishdagi muammolari
Ushbu bitiruv malakaviy ish tilshunofrazeologik birliklarik sohasida ancha dolzarb mavzulardan hisoblangan ingliz tilida “kayfiyat”ni ifodalovchi frazeologik birliklar mavzusiga bag'ishlangan. Unda "kayfiyat"ni ifodalovchi frazeologik birliklarning o'ziga xos ifodalanish jihatlari, morfemik komponentlari, so'z yasovchi, grammatik va semantik vazifalari, sinonimik, omonimik va ko'p maʼnolilik muammolari kabi jihatlar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, o'zbek maktablarida bu mavzuni o'qitish metodikasi va uslublari ham tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Kayfiyatni ifodalovchi frazeologik birliklarning nazariy asoslari: Frazeologik birliklar nazariyasi, ularning tilshunoslikdagi o'rni, tadqiq etilish tarixi, turlicha yondashuvlar va tasniflar ko'rib chiqilgan.
- Ingliz va o'zbek tillarida "kayfiyat"ni ifodalovchi frazeologik birliklarni qiyosiy tahlili: Ingliz va o'zbek tillaridagi "kayfiyat"ni ifodalovchi frazeologik birliklarning semantik, strukturaviy va funksional xususiyatlari qiyoslanadi hamda ularni tarjima qilishdagi muammolar tahlil etiladi. Tarjima usullari ko'rsatilgan.
- Ingliz tilidagi "kayfiyat"ni ifodalovchi frazeologik birliklarni o'zbek maktablarida o'qitish metodikasi: Ingliz tilidagi "kayfiyat"ni ifodalovchi frazeologik birliklarni o'zbek maktablarida o'qitishning metodik asoslari, usullari, mashqlar tizimi va dars jarayonini tashkil etish masalalari yoritilgan.