Bo‘lajak o‘qituvchilarning folklor janrlari bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi bo'lajak o'qituvchilarning folklor janrlari bo'yicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda folklorni o'qitishning yangi innovatsion va interaktiv usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, masofaviy ta'limning o'rni kabi masalalar tadqiq etilgan. Tadqiqotda o'zbek folklorining janriy tizimi va mazmuni, folklor janrlarini o'qitish metodikasi, amaliyotga joriy etishning samaradorligi hamda jahon va respublika ta'lim tizimidagi o'rni atroflicha ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida bo'lajak o'qituvchilarning folklor janrlari bo'yicha kompetensiyalarini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zaruriyati: Jahon ta'lim muassasalarida folklorning tarbiyaviy mohiyatidan foydalanish, axborotlashgan jamiyatda folklorga oid tushunchalarni o'rgatishning innovatsion usullari, sun'iy intellekt mahsuli folklor elektron lug'atlar yaratish kabi masalalar, shuningdek, internet va telekommunikatsiyalardan foydalangan holda o'qitish uslublarini takomillashtirish dolzarb vazifalar sifatida belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muhim xizmat qiladi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Mazkur dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish» ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning o'rganilganlik darajasi: Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish masalasi turli tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan. Shuningdek, folklor janrlarini o'qitish metodikasi va xorijiy davlatlarda bu soha bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Biroq, folklor janrlari bo'yicha kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo'yicha yetarlicha tadqiqotlar mavjud.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi boʻlajak oʻqituvchilarning folklor janrlari boʻyicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat. Vazifalari talabalarning ma'naviy kamolotini rivojlantirish, xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan an'anaviy metod obrazlarni rivojlantirish, oʻzbek folklorshunosligida doston janridan nazariy bilimlarni sinovdan oʻtkazishning qulay usuli - testlarni takomillashtirish, folklor janrlari boʻyicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqot ishida nazariy tahliliy sintetik, qiyosiy-taqqoslash, analogiya, diagnostik so'rovlar, test o'tkazish, kuzatish, loyihalashtirilgan metodikalar, prognostik ekspert baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish, pedagogik eksperiment va matematik metodlar, statistik qayta ishlash kabi usullardan foydalanilgan.
  • Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi: Talabalarning ma'naviy kamoloti oʻzbek folklorining tekstologiyasi va poetikasi lokal xususiyatlari, umuminsoniy g'oyalarini raqamli avlodga moslashtirish faoliyatiga uyg'unlashtirish asosida rivojlantirilgan. Xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan an'anaviy motiv va obrazlar oʻzbek folklori janrlarining badiiy-kompozitsion, lingvopoetik, lingvokreativlik va etnografizm xususiyatlarini aniqlash, hissiy zavqlanish, badiiy va ijodiy oʻzini-oʻzi anglashni hissiy idrok etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʻzbek folklorshunosligida doston janridan nazariy bilimlarni sinovdan oʻtkazishning qulay usuli – testlarni takomillashtirish hamda folklor janrlari boʻyicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
  • Tadqiqotning amaliy natijasi: Oʻzbek folklori janrlarini innovatsion shakllarda oʻqitishda o'quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, kommunikativ kompetensiyalarni optimallashtirilgan. Talabalarning og'zaki va yozma nutqini shakllantirish va rivojlantirishga integrativ yondoshuv yo'llari folklor oʻqitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Qoʻllanilgan kompetentli yondashuv va usullar, nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbaalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Oʻzbek folklorshunoslik janrlaridan fan mazmunini takomillashtirish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, didaktik talablarini pedagogik loyihalashtirish hamda oʻz kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshadigan mutaxassis kadrlar tayyorlashda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqilgan ilmiy-metodik yondoshuv va tavsiyalardan oliy ta'lim muassasalari talabalarining oʻzbek folklorshunosligidan kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, malaka talablari, yangi avlod darslik, oʻquv va metodik qoʻllanmalarini yaratish, o'qitishningn zamonaviy ta'lim texnologiyalarini takomillashtirishda oʻz ifodasini topadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarning ma'naviy kamoloti oʻzbek folklorini tekstologiyasi va poetikasi lokal xususiyatlari, og'zaki va yozma adabiyot borasidagi qarashlari hamda umuminsoniy g'oyalarini raqamli avlodga moslashtirish faoliyatiga uyg'unlashtirish asosida rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta'lim qoraqalpoq tilida oʻqitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar boʻyicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda oʻquv jarayoniga joriy etish" va FA-F1-005 "Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish