“Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tarixi (1920–2020-yy.)
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ro'yxatga olingan, Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengashda himoya qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi
Asosiy mavzular
- KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi): Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, jahon tarixshunosligida milliy madaniy meros, xususan muzeylar, ularning paydo boʻlishi, shakllanish jarayonlari, rivojlanishi, noyob moddiy merosni saqlab qolish, kollektsiyalarni yanada boyitish va keng targ'ibot qilish ustuvor yo'nalishlardan biri ekanligi ta'kidlangan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda moddiy va ma'naviy merosni saqlashga alohida e'tibor qaratilib kelinayotgani, tarixiy obidalar ta'mirlanib, muzeylar faoliyati samarali tashkil etilayotgani, muzey fondlari boyitilib, yangi zamonaviy ekspozitsiyalar tashkil etilayotgani "Ichan qal'a" davlat muzey-qoʻriqxonasi respublikada oʻz oʻrniga ega va tarixiy merosni saqlashda muhim ahamiyat kasb etishi bayon etilgan. Bu davrda qabul qilingan "Muzeylar toʻgʻrisida"gi Qonun va Prezident Qarorlarining ijrosini ta'minlashda mazkur dissertatsiya ishi muhim oʻrin tutishi ta'kidlangan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: “Ichan-qal'a" davlat muzey-qoʻriqxonasining tarixi mavzusi uzoq yillar davomida tarixchi, muzeyshunos, san'atshunos olimlarning diqqat markazida boʻlib kelgan. Muzey faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida koʻplab chiqishlar qilingan, kitob-albomlar tayyorlangan boʻlsa-da, ilmiy jihatdan deyarli tadqiq qilinmagan. Tadqiqotchilar asosan muzey-qoʻriqxonadagi tarixiy obidalarni oʻrganishga e'tibor qaratishgan. Ushbu mavzuga oid adabiyotlar sovet davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlar, mustaqillik yillarida yaratilgan adabiyotlar, xorijiy adabiyotlar va umumiy ommabop adabiyotlar guruhlariga ajratiladi. Jahon tsivilizatsiyasining rivojiga katta hissasi qoʻshgan Oʻzbekiston tarixi allaqachon jahon olimlarining diqqatini oʻziga jalb qilgan.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga bog'liqligi: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga bogʻliq boʻlib, “Demokratik va huquqiy jamiyat, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy rivojlanish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish" dasturining ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi: “Ichan-qal'a" davlat muzey-qoʻriqxonasi tarixini yoritishdan iborat. Vazifalari: Xiva shahrida dastlabki muzeyning tashkil etilish jarayonlarini tadqiq etish; XX asrning 30–60-yillarida muzey faoliyatini yoritish; 1970–90-yillarda Xorazmda muzey tarixini tadqiq qilish; "Ichan qal'a" muzey qoʻriqqxonasining mustaqillik yillaridagi faoliyatini yoritish; Ichan qal'a muzey qoʻriqxonasining boʻlimlari, fond kollektsiyalari va ularni boyitish masalalarini tahlil qilish; Mustaqillik yillarida muzey-qoʻriqxonaning ekspozitsiyalari faoliyati hamda uning viloyat ijtimoiy- iqtisodiy hayotidagi oʻrnini koʻrsatish.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida “Ichan qal'a” davlat muzey qoʻriqxonasi fondi kollektsiyalari, muzey boʻlimlari va ekspozitsiyalari belgilangan. Tadqiqotning predmeti mazkur sohada qabul qilingan huquqiy hujjatlar, qoʻlyozma va arxiv ma'lumotlari, sohada qoʻllanilgan zamonaviy tadqiqotlar tashkil etadi.
- Tadqiqotning usullari va ilmiy yangiligi: Tadqiqotning usullari: tizimlashtirish, qiyosiy tahlil, analiz va sintez, tarixiylik, anketa, suhbat kabi ilmiy tadqiqot usullaridan keng foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: "Ichan qal'a" davlat muzey qoʻriqxonasi tashkil etilguniga qadar, Xiva xonligi va Xorazm xalq respublikalari davrida ham tarixiy obidalarni saqlash, osori-atiqalarni toʻplash amaliyoti yo'lga qo'yilganligi, shu maqsaddagi ishlarga alohida mablag'larning yoʻnaltirilganligi vohada keyinchalik muzeylar faoliyatini shakllanishiga xizmat qilgani tarixiy manbalar asosida isbotlangan. XX asr boshiga kelib, mahalliy ziyoli qatlam vakillaring faoliyatida madaniy merosni saqlash, oʻrganish va targ'ib qilishga e'tiborning kuchayganligi muzeylar va turli mavzulardagi ekspozitsiyalarni tashkil etish, jamiyatda muzeylarning rolini oshirishga xissa qo'shgani o'sha davrda chop qilingan ilmiy-publitsistik maqolalar asosida ochib berilgan. Sovet davrida muzeylarni sotsialistik qurilish xizmatiga jalb etilishi va "madaniy inqilob" quroliga aylantirilishi oqibatida XX asrning 30-yillariga kelib, muzeylar madaniyat sohasining ikkinchi darajali tarmog'iga aylanib qolganligi, teatrlar sahnalarida eksponatlardan foydalanish va muzey fondlari omborxonalarining tugatilishi muzey kollektsiyalarida yo'qotishlarga olib kelgani "Ichan qal'a" davlat muzey qoʻriqxonasi fondidagi xujjatlar asosida dalillangan. Mustaqillik yillarida “Ichan qal'a
- Tadqiqotning amaliy natijalari: XX asr va XXI asr boshidagi Oʻzbekiston tarixini, jumladan Xorazm tarixini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi. “Ichan qal'a
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotdagi faktik materiallar, ilmiy xulosalardan Oʻzbekiston tarixi va muzeyshunoslik fanlaridan dars jarayonida, amaliy mashg'ulotlarda foydalanish mumkin. Shuningdek, ushbu dissertatsiyaning tadqiqot materiallari Oʻzbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan mutaxassislarga Oʻzbekiston tarixiga oid oʻquv qo'llanma va risolalar tayyorlashda yordam beradi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Ichan qal'a
- XULOSA: 1. Xivada dastlabki muzey asosi xonlik davridayoq shakllandi. Sayyid Muhammad Rahimxon II davrida xon saroyida “Ajoyibotlar uyi" tashkil etildi. Xonlik xazinasidagi uzoq yillira davomida to'plangan koʻplab qo'lyozmalar va noyob osori-atiqalar 1873-yilda Rossiya imperiyasiga olib ketildi. Xon uning o'rnini to'ldirish maqsadida qo'lyozmalar va noyob buyumlarni toʻplatgan, shuningdek buyurtmalar asosida yangilarini tayyorlatdi. Shuningdek, muzey zaxirasini to'ldirishning shu davrda keng tarqalgan shakli – turli koʻrgazmalar tashkil etish boʻldi. 2. "Ichan qal'a" (Xiva) muzeyiga 1920-yilda rasman asos solindi. Xorazm muvaqqat inqilobiy hukumati, Xorazm xalq sovet respublikasi qarori bilan hududdagi noyob buyumlar to'plandi. Muzey ishlariga maorif noziri Mulla Bekjon Rahmonov rahbarlik qildi. Dastlabki muzey Toshhovli saroyida Xalq muzeyi nomi bilan ochildi. 1924-yilda Xorazm inqilob tarixi muzeyi deb yuritila boshlandi. Hujjatlarda Xalq muzeyida 2000 ta eksponat boʻlganligi qayd qilinadi. XXSR muzey rivoji uchun katta mablag' ajratdi. 3. 1924-1969-yillarda Xiva xonlari tarixi boʻlimi dastlab Ko'hna Ark, keyin Toshhovlida faoliyat yuritdi. Muzeyda 1960-yilda Qadimgi Xorazm koʻrgazmasi, "Boy va kambag'al" intereri ochildi. Muzey faoliyatini rivojlantirishda Polvonniyoz hoji Yusupov, Xudoybergan Devonov, Hasanmurod qori Laffasiy va boshqalar munosib hissa qoʻshganlar. Muzeylar madaniyat, maorif sohalarini rivojlantirishga xizmat qilgan. Xususan, Xiva xonlari tarixi muzeyi Xorazm teatrining rivojida ham munosib hissa qoʻshgan. Abdulla Boltaev 40 yillik umrini Xiva muzeyiga bag'ishladi, Xorazm tarixiga oid 88 daftardan iborat ma'lumotlarni yozib qoldirdi. 4. 1934 yilda Nurullaboy saroyining bir qismida 1924-yilda tashkil qilingan "Xorazm tarixiy inqilobiy muzeyi" kengaytirildi va uning ixtiyoriga sobiq Asfandiyorxon saroyi berildi va bu erda 1939-yilda Tarix, sotsiolistik qurilish va Tabiatshunoslik boʻlimlari ish boshladi. 1969-yilgacha Xiva muzeyida Tabiat, Tarix va Xalq inqilobi (Sovet davri) bo'limlari faoliyat koʻrsatgan. Muzey rivojida S.Jumaniyozov, J.Boboniyozov, A.Boltayev, J.Mahmudov, A.Yusupov, L.Kalmikov, A.Islomov, A.Ismagilov, T.V.Sereda va boshqalar munosib hissa qo'shganlar. 5. II jahon urushi yillarida “Xorazm tarixiy inqilobiy muzeyi" faoliyatida oʻzgarishlar koʻrina boshladi Ko'hna Ark saroyi Harbiy komissarlik omborxonasiga aylantirildi, Tosh hovli saroyini Arzxona va Mehmonxona qismlari harbiy kazarmaga aylantirildi, faqatgina haram hovlisi muzey tasarrufida boʻlib, bu erda muzeyni asosiy fondi joylashtirildi muzey ekspozitsiyalari yigʻishtirilib, ilmiy tadqiqot faoliyati hamda shtatlar qisqartirilib faqat targ'ibot-tashviqot guruhi faol ishladi. 6. 1945-1969-yillarda muzey faoliyatini yaxshilash maqsadida Respublika va mahalliy byudjetdan mablag'lar ajratildi. Muzey ikki binoda Tosh hovli va Nurullaboy saroylarida faoliyat koʻrsatdi. Nurullaboyda Tabiat, Tarix, Xalq san'ati va etnologiyasi boʻlimlari hamda turli ijtiomiy-siyosiy voqelarga bag'ishlangan ko'rgazmalar faoliyat koʻrsatdi. 7. 1967-yilda Xiva tarixiy me'moriy muzey shahar deb e'lon qilindi. 1969-yil 21 iyul 343-sonli Hukumat qaroriga muvofiq Xiva “Ichan-qal'a