Biokimyodan tajriba ishlari

Ushbu kitob talabalarga biokimyo fani bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda yordam berishga mo'ljallangan. Unda biologik kimyoning nazariy asoslari, laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish qoidalari va amaliy uslublar keltirilgan. Qo'llanmada biokimyoviy usullardan talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarida, klinik biokimyo laboratoriyalarida va dorishunoslikda foydalanish mumkinligi nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular

  • Oqsillar va aminokislotalarga xos rangli reaksiyalar: Oqsillarni aniqlashda o'tkaziladigan sifat reaksiyalari yoki miqdoriy o'lchovlar, ulardagi funksional guruhlarni fizik-kimyoviy xossalariga asoslanadi. Reaksiyalarning mohiyati, bajarish tartibi va natijalarni tahlil qilish usullari batafsil yoritilgan.
  • Oqsillarning denaturatsiyasi: Denaturatsiya chaqiruvchi omillar, denaturatsiyalanishning fizik-kimyoviy jarayoni va sharoitlari. Har xil omillar ta'sirida oqsillarning cho'kish reaksiyalari o'rganiladi.
  • Lipidlar almashinuvi: Lipidlarning ahamiyati,tuzilishi, tasnifi, biologik ahamiyati va xossalari. Yog kislotalarning xususiyatlari. Qon plazmasida lipidlarni analiz qilishning zamonaviy usullari.
  • Uglevodlar almashinuvi: Uglevodlar to'g'risida umumiy tushuncha, ahamiyati. Glikoliz, glikogen sintezi va parchalanishi,pentozofosfat yo'li, glyukoneogenez, ularning tartibga solinishi.
  • Fermentlar: Fermentlar to'g'risida umumiy tushuncha. Fermentlarning tuzilishi, tasnifi, xossalari, katalitik faolligi, ta'sir mexanizmlari va faollikni boshqarish. Fermentativ faollikni aniqlash usullari.
  • Vitaminlar: Vitaminlar to'g'risida umumiy tushuncha, tasnifi, biologik ahamiyati. Suvda va yog'da eruvchi vitaminlarning xossalari, organizmdagi roli, yetishmovchilik belgilari va ularni aniqlash usullari.
  • Gormonlar: Gormonlar to'g'risida umumiy tushuncha. Gormonlarning tasnifi, kimyoviy tuzilishi, biosintezi, metabolizmi va ta'sir mexanizmlari. Asosiy gormonlar (oqsil-peptid va steroid) va ularning ahamiyati.