Pedagogik deontologiya va kompetentlik

Ushbu o‘quv qo‘llanmada «Pedagogik deontologiya va kompetentlik» kursi mazmunida pedagog faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim subyektlari o‘rtasida ijobiy munosabatni yo‘lga qo‘yish, ularning pedagogik mahoratini shakllantirish, pedagogning bugungi kompetentligi va uning tarkibiy qismlari mazmuni yoritib berilgan. O’quv qo‘llanma mazmuniga pedagogik kadrlarni tayyorlashga nisbatan qo‘yiladigan bugungi kun talablaridan kelib chiqib yondashgan, unda har bir mavzuga oid tayanch so‘zlar, rejalar asosida adabiyotlarga tayanib mavzular yoritilgan. Har bir mavzuga oid amaliy mashqlar ham, interfaol usullar yordamida tavsiya qilingan. Mazkur o’quv qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo’nalishlaridagi talabalarga, pedagogik yo’nalishdagi texnikumlar talabalariga, ta’lim sohasidagi barcha magistrantlar va o’qituvchilarga mo’ljallangandir.

Asosiy mavzular

  • PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA VA KOMPETENTLIK FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI: Mazkur bo'limda pedagogik deontologiya tushunchasi, uning pedagogik etika va kasbiy axloqiy normalar, "kompetentlik" tushunchasining mohiyati, pedagogik kompetentlik, professional kompetentlik va o'qituvchi kasbiy etikasiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar yoritilgan.
  • PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA VA KOMPETENTLIK FANINING NAZARIY – METODOLOGIK ASOSLARI: Bu bo'limda pedagogik deontologiya faniga metodologik yondashuvlar, o'qituvchining asosiy vazifalari va unga qo'yiladigan talablar, o'quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari, pedagogik kompetentlikning nazariy – metodologik asoslari, kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarlik holati, O'zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligini o'rganilishi va pedagogning o'z ustida ishlash modeli yoritilgan.
  • RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA VA KOMPETENTLIKNING RIVOJLANIISHI: Mazkur bo'lim Sharq va G'arb mutafakkirlarining pedagogik diontoligiya va komptentlik haqidagi g'oyalari, rivojlangan mamlakatlar pedagogik deontologiya va kompetentlikning pedagogik asoslari, pedagogik deontologiya va kompetentlikning jamiyatda tutgan o'rni hamda mamlakatimizda pedagogik deontologiya va kompetentlikning rivojlanishi haqida ma'lumot beradi.
  • OLIQ TA'LIM O'QITUVCHISI KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ASPEKTLARI: Bo'limda Oliy ta'lim o'qituvchisi kasbiy kompetentligi, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari, hozirgi davrda oliy ta'lim o'qituvchisining kasbiy mahoratini takomillashtirishning nazariy va amaliy aspektlari yoritilgan.
  • O'QITUVCHI KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH TIZIMI: Mazkur bo'limda kompetensiya tushunchasi va uning turlari, pedagogik kasbiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish, kasbiy kompetensiya va uning shakllanish bosqichlari, o'qituvchining kasbiy kompetensiyasi tizimi hamda kasbiy tayyorgarlik modelini shakllantirish yoritilgan.
  • PEDAGOGIK MAHORAT VA KOMPETENSIYA MEZONLARI: Ushbu bo'limda o'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik mahoratning roli, pedagogik texnika, pedagogik faoliyatga ta'sir qiluvchi obyektiv-shaxsiy omillar, o'qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi, pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari, pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yo'llari, pedagogik mahoratning ta'lim – tarbiyada tutgan o'rni kabilar yoritilgan.
  • OLIY TA'LIM O'QITUVCHISI MALAKASIGA EGA BO'LISH UCHUN KO'YILADIGAN TALABLAR. PROFESSIOGRAMMA: Mazkur bo'limda oliy ta'lim o'qituvchisi malakasiga ega bo'lish uchun qo'yiladigan talablar va professiogramma haqida ma'lumot berilgan.
  • PEDAGOGIK KASBINING SATHLARINI TASHKIL ETUVCHI KOMPETENSIYALAR: Bo'limda pedagogik kasbning sathlarini tashkil etuvchi kompetensiyalar, ya'ni Ijtimoiy kompetensiya, Kasbiy kompetensiya, Mumuminsoniy kompetensiya, Maxsus kompetensiya turlari hamda ularning tavsiflari yoritilgan.
  • PEDAGOGIK KREATIVLIK: Ushbu bo'limda kreativlik tushunchasi, uning mazmuni, kreativ sifatlarni rivojlantirish yo'llari hamda pedagog kompetentligida kreativlikni tashkil etish masalasi yoritilgan.
  • HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING TASNIFIY BELGILARI: Mazkur bo'limda hamkorlik ta'lim texnologiyalarining didaktik mohiyati, hamkorlik strategiyalarining istiqbolliligi, hamkorlik pedagogikasi va uning asosiy masalalari hamda hamkorlikdagi vaziyatlarni vujudga keltirish metodi ko'rib chiqilgan.
  • PEDAGOGIK TYUTORLIK, FASILITATORLIK QOBILIYATLARI ASOSIDA LOYIHAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH AMALIYOTI: Bo'limda Tyutor, edvayzer, fasilitator, moderator tushunchalari va ularning vazifalari, pedagogik tutorlik, fasilitatorlik qobiliyatlari asosida loyihaviy faoliyatni tashkil etish amaliyoti yoritilgan.
  • AMALIY MASHG’ULOTLAR BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR: Ushbu bo'limda amaliy mashg'ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berilgan.
  • GLOSSARIY: Kitobda keltirilgan asosiy tushunchalar va iboralarining izohli lug'ati berilgan.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: Kitobni tayyorlashda foydalanilgan ilmiy-texnik adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.