Beton va temir-beton texnologiyasi
Ushbu kitobda beton va temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi, ushbu jarayonlarda ishlatiladigan materiallar, betonning turlari va ularning xossalari, beton qorishmalarini tayyorlash, qoliplash, issiqlik bilan ishlov berish, armaturalash, zavodlarda konstruksiyalarni tayyorlash usullari, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari, loyihalash va ekspertiza jarayonlari, sanoat korxonalarini loyihalash, smeta xujjatlarining tarkibi, sifat nazorati kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim bo‘limlari hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fanining mazmuni. Beton va temir-beton buyumlarining rivojlanish tendensiyalari. Fanning predmeti va ob’ekti. Fanning metodi va uning elementlari. Fanning maqsad va vazifalari
- Beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatining mohiyati: Beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatining mohiyati. O’zbekistonda beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish o’rni. Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi holati. 2019 yil 23 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-4335 sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori. Beton xaqida asosiy ma’lumotlar.
- Beton turlari va qo‘llanishiga ko‘ra klassifikatsiyasi: Beton turlari. Betonning sinflanishi: o‘rtacha zichligi, bog‘lovchi turlari, tuzilishi va vazifasiga ko‘ra.
- Sementli beton, silikat beton va boshqa turdagi betonlar: Sementli beton, silikat beton, gipsobeton, asfaltobeton, polimer beton, polimersementli beton, betonopolimer.
- Beton uchun ishlatiladigan materiallar: Beton uchun ishlatiladigan materiallar. Bog‘lovchilar, to‘ldiruvchilar, kimyoviy qo‘shimchalar.
- Portlandsement turlari.Beton uchun ishlatiladigan maxsus sementlar: Beton uchun ishlatiladigan portlandsement va uning turlari – tez qotuvchi, sulfatga chidamli, shlakli portlandsement, putstsolan portlandsement, oq va rangli portlandsement, shlakli portlandsement, plastiklashtirilgan portlandsement, gidrofob portlandsement. Giltuproqli sement, kengayuvchi sement, kislotaga chidamli sement, kuydirmay olinadigan sementlar, gips-sement putstsolanli bog‘lovchilar.
- Beton uchun ishlatiladigan suv va qo‘shimchalar: Beton uchun ishlatiladigan suv va qo‘shimchalar. Beton sifatiga ta’sir etuvchi samarali kimyoviy qo‘shimchalar.
- Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar: Mayda va yirik to‘ldiruvchilar. Beton uchun ishlatiladigan mayda to‘ldiruvchilar va ularga quyiladigan talablar. Beton uchun ishlatiladigan yirik to‘ldiruvchilar va ularga quyiladigan talablar
- Beton uchun ishlatiladigan sun’iy to‘ldiruvchilar: Beton uchun ishlatiladigan sun’iy to‘ldiruvchilar va ularga quyiladigan talablar
- Betonning xususiyatlari. Betonning zichligi, o’tkazuvchanligi va muzga chidamliligi: Betonning mustahkamligi (klass-markassi). Betonning zichligi, o’tkazuvchanligi va muzga chidamliligi.
- Og‘ir beton tarkibini loyihalash: Og‘ir beton tarkibini loyihalash. Og‘ir beton tarkibini loyihalaganda ishlatiladigan materiallar o‘rtasidagi nisbat. Beton tarkibini aniqlash.
- Beton tarkibini hisoblash tartibi: Beton tarkibini hisoblash tartibi. Suv-sement nisbatini aniqlash. Suv, sement, to‘ldiruvchilar sarfini aniqlash. Beton tarkibini aniqlash.
- Betonning qotishiga harorat ta’siri. Normal haroratda betonning qotishi: Betonning qotishiga harorat ta’siri. Normal haroratda betonning qotishi. Qotish tezligi bo‘yicha sementlarning turkumlanishi. Yuqori va salbiy haroratlarda beton qotish jarayoni.
- Betonning quruq issiq iqlimda qotishi va uni parvarish qilish usullari: Quruq issiq iqlim. Betonning quruq issiq iqlimda qotishi va uni parvarish qilish usullari