Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari
Ushbu uslubiy ko'rsatmalar «Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari» fanidan amaliy ishlarini bajarish uchun yo'llanmalar berilgan. 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim talabalari uchun mo’ljallangan.
Asosiy mavzular
- 1-Kirish: Ushbu laboratoriya ishlari bo`yicha qo`llanmaning metodik asoslari talabalarning mustaqil ishlashlari, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llashlari va bilimlarni mustahkamlashdan iborat. "Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarining maxsus dastgohlari" fanidan laboratoriya ishlari bo`yicha qo`llanmada RDB dastgohining texnik tuzilish, uning texnik imkoniyatlari va dastgohlarni sinash tekshirish analiz usullariga asosiy e`tibor qaratilgan. 1 laboratoriya ishida berilgandek dastgohlarini o`rganish asoslari bu birinchi navbatda dastgohning texnik tuzilishini modellash, forma tuzilishini tasvirlashdan iboratdir.
- 2.Dastgohning formal tasnifi strukturasi.: RDB dastgohlari formal tasnifi quyidagilardan tashkil topgan: a) dastgohning koordinata-texnologik sxemasi; (KTS) b) dastgohning struktura texnologik formulalari; (STF) c) dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasi; (KKTS) d) dastgohning quvvati formulasi. (DQF) KTS ishlanayotgan detal va asbobning koordinata o`qlari bilan chegaralangan tasviri, ishchi va bajaruvchi (qo`zg`aluvchi blok) qismlarning asosiy va yordamchi harakatlari va staninaning shartli tasvirini (qo`zg`almas blok) o`z ichiga oladi. KTSda barcha asosiy va yordamchi (o`rnatuvchi, bo`luvchi, burovchi) harakatlar tasvirlanadi. KTS avzallik taraflari bu ko`p o`lchovli obyektlarni(dastgohlar) shartli belgilar yordamida tekislikda tasvirlanishidir. STF koordinata tizimidagi ko`rinishini anglatadigan dastgohning texnologik va kinematik xarakteristikalari va qo`zg`almas blok(QB) stanina ko`rinishi ko`rsatilgan ishchi va yordamchi dastgoh qismlari kodlar zanjiridan tashkil topgan tuzilish struktura formulasiga asoslanadi. STF qayta ishlanuvchi detalga biriktiriladigan blok kodidan boshlanadi. KKTS KTSda keyin keladigan dastgohni loyihalash yoki o`rganish bosqichi hisoblanadi. KKTSda KTSga qo`shimcha tarzda dastgohning simlari va ularning joylashuvi kinematik stukturasi haqidagi ma`lumotlar berilgan bo`ladi. DQF quvvat kodlari ketma-ketligi va dvigatel uzatmalari tavsifnomasi, mos STF bloklari ketma-ketligigadan tashkil topgan. Struktura texnologik modellashtirish usulini qo`llash dastgohni loyihalash jarayoni bilan bir vaqtda tipik detalni qayta ishlash texnologik jarayonini ishlab chiqish, dastgohni loyihalash jarayonini avtomatlashtirish va RDB dastgohlarni o`rganish va analiz qilishni yengillashtirish imkonini beradi.
- 3.Laboratoriya ishlarining tuzilish (tarkibi).: Biron bir RDB dastgohlarini o`rganish tipik laboratoriya ishining tuzilishi quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi: 1. Dastgohning tuzilishi, konstruksiyasi, simlari va kinematik ishchi bloklari, qo`lda boshqarish pulti va RDB qurilmalari bilan yaxshilab tanishib chiqing. 2. Barcha ishchi va yordamchi harakatlar, ularning harakter(aylanma, kiruvchi) va bloklarini(qayta ishlanuvchi mexanizmlarni uzatmalar, ishchi ya yordamchi organlar) aniqlash. Dastgohning vazifasini aniqlash va unda qayta ishlash texnologik sxemasini tasvirlash. 3. Texnologik sxemada ISO 841 standartiga ko`ra barcha koordinata o`qlarini belgilash. 4. Dastgohning koordinata-texnologik sxemasi (KTS) tuzish. 5. Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) aniqlash va umumiy ko`rinishda yozish. Misol uchun RDB tokarlik dastgohning markaziy kallagi uchun u quydagi ko`rinishda bo`ladi: STF:=Сh (– – ) ܪ ; ; , , , . – .. . . 1 - shpindellar soni; (……) – eng kichigi () va eng kattasi ()shpindelning aylanish chastotasi, pog`anali aylanishlar soni n bo`lgan pog`anali aylanishlar chastotasi sozlash Нп – qo`zg`almas blok (stanina); Z - ko`ndalang harakatlanuvchi support; - supportning eng uzun qo`zg`alishi; ܨ – eng kichik (ܨ ) eng katta tezliklar uzatmasi mm/min; Х – bo`ylama suppord; - kesishuvchi suppordning maksimal siljishi, mm; ߜ ; ߜ - Z va X o`qlariga asosan diskret joylashuvi; - kesishuvchi supportni qo`l harakati yordamida joylashuvi, mm;
- 4.Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari: Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari: 16K20F3 rusumidagi tokarlik dastgohining texnik-strukturaviy modelini ishlab chiqish va dastgohning vazifasi va asosiy uzellari bilan tanishish.
- 5.Tokarlik dastgohlarining texnik tafsiloti: 1. Ishlov berilayotgan detalning eng katta diametri, mm 400 2. Asbob-uskunalar soni 6 3. Shpindel aylanish chastotasini soni 12 4. Shpindel aylanish chastotasi chegarasi, ayl/min 185 - 2055 5. Uzatishlar chegarasi, mm/min: Ko`ndalang 0,1 – 1500 Bo`ylama 0,1 – 1500 Vertikal 0,1 – 1200 6. Koordinatalar bo`yicha tez siljish tezligi, mm/min 2400
- 6.Dastgohning koordinata-texnologik sxemasi (KTS): RDB dastgohlarining KTS da ishchi organ harakatining musbat yo’nalishi deb detallarning musbat o’lchamini oshiradigan yo’nalish bo’ladi. Koordinat o’qlarining musbat yo’nalishini aniqlashda o’ng qo’l barmoqlari qoidasi yordam beradi. Unga ko’ra “X“ o’qini katta barmoq, “Y“ o’qini ko’rsatuvchi barmoq va “ Z“ o’qini o’rta barmoq bilan ifodalash mumkin (rasm 16). Barmoqlarning uchi esa bunda musbat yo’nalishni ko’rsatadi.
- 7.Dastgohning struktura texnologik formulasi (STF): STF: =Ch Hn X ZIg, Bu yerda“Ig” asbob kallaki bo’ylama supportida (Zkoordinatasi) joylashganligini bildiradi.
- 8.Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasi (KKTS): KKTS KTSda keyin keladigan dastgohni loyihalash yoki o`rganish bosqichi hisoblanadi. KKTSda KTSga qo`shimcha tarzda dastgohning simlari va ularning joylashuvi kinematik stukturasi haqidagi ma`lumotlar berilgan bo`ladi.
- 9.Dastgohning quvvati formulasi (DQF): Dastgoh quvvati formulasi (DQF) dastgohga o’rnatilgan har bir yuritmaning dvigatellari, tok turi va aylanish chastotasi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Quvvat formulasi barcha yuritmalar va yordamchi dvigatellarning ketma ket yozilgan kodlaridan tashkil topadi. Barcha kodlar yig’indi (“+”) belgisi bilan bir biri bilan bog’lanadi. Har bir kod quvvat belgisi (“N“ harfi yuritma adresi indeksi bilan)va ketidan yozilgan kasrdan tuziladi. Kasr suratida dvigatel quvvati (kilovattda) va tok turi belgisi (“- “-doimiy tok va “~” - o’zgaruvchan tok), maxrajida esa dvigatelning aylanish chastotasi yoziladi.
- 10.RDB texnologik jihozlarining boshqaruv tizimlari: RDB dastgohlarining boshqaruv tizimi - boshqarish usuli turiga qarab pozitsion, konturli yoki pozitsion-konturli bo’lishi mumkin. Dastgohlar avtomatlashtirish darajasi - quyi, o’rta va yuqori avtomatlashtirish darajasi. Quyi avtomatlashtirish darajasiga ega dastgohlar - RDBQ dan boshqariladigan ijro organlarining siljishigina dasturlanadigan dastgohlar. Yuqori darajadagi avtomatlashtirish dastgohlar - texnologik buyruqlarni qayta ishlashni RDBQ amalga oshiradigan dastgohlar.
- 11.Siklli tizimning vazifasi va uning funktsional sxemalari.: Raqamli dastur bilan boshqarishning tsikloviy (DBTS) tizimi deb raqamli dastur bilan boshqarishning shunday tizimiga aytiladiki, unda dastgoh ish tsiklini ishlov berish rejimlari va asboblarni almashtirish to’liq yoki qisman dasturlanib, ishcha organlarning harakat miqdorlari oldindan sozlab qo’yiladigan tirgaklar yordamida beriladi. Dastgohni ish tsikli – bu ma`lum bir ketma-ketlikda bajariladigan va ishlanmaga ishlov berish uchun kerak bo’ladigan hamma harakatlarning majmuidir.
- 12.Dastgohning koordinata-texnologik sxemasi (KTS) ishlab chiqish: Dastgohning koordinata-texnologik sxemasi (KTS) - shartli tekislikdagi kesuvchi asbob va ishlov berilayotgan detalning tasviri bo`lib, unda dastgohning ishchi va ijrochi organlari (qo`zg`aluvchan bloklari) ning shakl hosil qiluvchi va yordamchi harakat vektorlari va stanina (qo`zg`almas blok)ning shartli tasviri aks etadi.