Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi
Ushbu darslik "Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi" fani bo'yicha talabalarga nazariy bilimlar berish, ularning konstruksiyasini o'rganish, har bir mavzu bo'yicha mustaqil ishlarni bajarish va texnik jihatdan avtomobilning holatini nazorat qilish, diagnostika qilish, ta'mirlash usullarini o'zlashtirish, va ulardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida tuzilgan. Kitobda avtomobilning umumiy tuzilishi, dvigatelning asosiy qismlari, ularning ishlash jarayonlari, transmissiya, yurish qismi, rul boshqarmasi, tormoz tizimi, elektr jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish texnologiyalari, shuningdek turli tabiiy-iqlim sharoitlarida avtomobillardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko'rsatish kabi mavzular chuqur o'rganiladi. Shuningdek, avtomobillarning texnik holatining o'zgarish sabablari, nosozliklari, ularni aniqlash va bartaraf etish yo'llari hamda chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish texnologiyalari atroflicha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomobil sanoati va transporti: Avtomobil sanoatining rivojlanish bosqichlari, O’zbekistonda avtomobilsozlikning rivojlanish istiqbollari, avtomobil transportining respublika va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, avtomobilning tasnifi, umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlari.
- Ichki yonuv dvigatellari: Dvigatellarning vazifasi, asosiy parametrlari, ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi, ikki va to’rt taktli dvigatellar, rotor-porshenli dvigatellar, gaz turbinali dvigatellar.
- Krivoship-shatunli mexanizm (KShM): Krivoship-shatunli mexanizmning vazifasi, turlari, ishlashi va qismlarining vazifasi, KSHM detallarining konstruktsiyasi, KSHMning qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas qismlari, ishlatiladigan materiallar, dvigatelning ramaga maxkamlanishi.
- Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM): Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi, ishlash jarayoni, GTMning turlari, ishlashi va qismlarining vazifasi, tuzilishi hamda ishlatilgan materiallar, GTM fazasining diagrammasi, gidrokompensator.
- Sovitish tizimi: Sovitish tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlashi va qismlarining konstruktsiyasi, termostat va uning turlari, ochiq va yopiq sovutish tizimi, radiator qopqog’i, radiator va uning turlari, suv nasosi.
- Moylash tizimi: Moylash tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlashi va qismlarining konstruktsiyasi, termostat va uning turlari, ochiq va yopiq sovutish tizimi, radiator qopqog’i, radiator va uning turlari, suv nasosi.
- Benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimi: Karbyuratorli motorlarning yonilg’i ta’minnot tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi, yonilg’i nasosi, filtrlar, yonuvchi aralashmsining hususiyatlari, yonuvchi aralashmaning tarkibi, uning dvigatel ishiga ta’siri, oddiy karbyuratorni ishlash usuli.
- Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimi: Dizel dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi, yonilg’i xaydash nasosi, tozalagich filьtrlar, yuqori bosimli nasos, forsunkalar konstruktsiyasi va ishlash jarayonlari.
- Transmissiya. Ilashish muftasi: Transmissiyaning vazifasi va turlari, transmissiyaning tuzilishi va ishlashi, ilashish muftasining vazifasi, turlari va asosiy qismlari (friktsion, gidravlik, elektromagnitli), Friktsion ilashish muftasining konstruktsiyasi va uning ishlashi, ilashish muftasi yuritmalarining tuzilishi va ishlashi.
- Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisi: Uzatmalar qutisining vazifasi, turlari (pog’onali, ikki va uch valli), uzatmalar qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni, gidrotransformatorning tuzilishi va ishlashi, sinxronizatorlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashi, taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi, turlari, taqsimlash qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni, fiksator, qulflarning vazifalari va ishlashi.
- Kardanli uzatma: Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi, burchak tezliklari bir xil bo’lgan va bir xil bo’lmagan kardan sharnirlari, kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni, kardanli uzatmaning shlitsali birikmasi.
- Asosiy uzatma. Differentsial va yarim o’qlar: Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari, konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari, asosiy uzatma konstruktsiyasi va tuzilishi va ishlashi jarayoni, differentsial va yarim o’qlarning vazifasi, turlari, tuzilishi, differentsial konstruktsiyaning ishlash jarayoni, yarim o’qlarning turlari, o’rnatilishi, ularning sxemasi.
- Osma g’ildirak va shinalar: Osmaning vazifasi tuzilishi va turlari, Osmaning konstruktsiyasi, Amartizatorning ishlashi va konstruktsiyasi, G’ildiraklarning vazifasi va turlari, SHinaning vazifasi, turlari va o’lchamlari, G’ildirakning to’g’ini gupchagi va birlashtiruvchi elementlarining tuzilishi.
- Rul boshqarmasi: Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul mexanizmining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul yuritmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul yuritmasining gidravlik kuchaytirgichining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, gidrokuchaytirgichi ajratilgan rul mexanizmining tuzilishi va ishlashi.
- Tormoz boshqarmasi: Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, tormoz mexanizmining turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, tormoz yuritmasining vazifasi, turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, gidrosiyraklash kuchaytirgichining vazifasi shakli, tuzilishi va ishlashi, Antiblokirovkolovchitizimning vazifasi sxemasi va ishlash printsipi.
- Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi: Avtomobillarning texnik holatini yomonlashishi va uning ishga yaroqsiz holatga kelishiga detallarini yuklanishi, eyilishi, qizishi, ximik va fizik xossalarini o’zgarishi sabab bo’ladi. Avtomobil agregatlalari texnik holatini o’zgarishining asosiy sababi ishqalanish natijasida detallarni eyilishidir.
- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish jarayoni, TXK va JT ishlarini bajarishdagi usullar, jihozlar va avtomobilning holatini nazorat qilish, nosozliklarni aniqlash va sozlash.
- Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va T ishlari texnologiyasi: Avtomobillardan turli maqsadlarda, turli yo’l va iqlim sharoitlarida foydalanish, ularning turli xil ifloslanishiga olib keladi. Tashqi muhit, ya’ni harorat, yog’ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan iflosliklar ta’sirida bo’lgan joylardagi bo’yoqning ximik va fizik hususiyatlari o’zgarib, yuza asta sekin eskradi.
- Avtomobil dvigateliga TXK va T ishlari texnologiyasi: Dvigatelning texnik holatini o’zgarish sabablari, ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy eyilishi, mexanik, molekular mexanik, zangli-mexanik, charchashdan eyilish. Mexanik eyilish uch turga, ya’ni abraziv, plastik diformatsiyali, mo’rt eyilishlarga bo’linadi.
- Avtomobil dvigatellarining sovutish va moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi: Sovitish tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari. Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
- Avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi: Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va joylanishi.
- Avtomobillarning elektr jihozlariga TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi: Avtomobil elektr jihozlari tizimi bilan hamda uni diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi. Akkumulyator batareyalarida (AKB) uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.
- Avtomobilning transmissiyasiga TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi: Transmissiyaning asosiy agregatlari (ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma va orqa ko’prik, asosiy uzatma va differentsial) ga TXK va T ishlari texnologiyasi, unda ishlatiladigan jihozlar.
- Avtomobilning boshqarish mexanizmiga TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi: Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari. Rul boshqarmasiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
- Avtomobilning tormoz tizimiga TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi: Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, tormoz mexanizmining turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, tormoz yuritmasining vazifasi, turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, gidrosiyraklash kuchaytirgichining vazifasi shakli, tuzilishi va ishlashi, Antiblokirovkalovchitizimning vazifasi sxemasi va ishlash printsipi.
- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayoni xamda uni tashkil qilish: Avtomobilning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi sabablari. Avtomobilning texnik holatini o’zgarish signallari, avtomobilning texnik holatini tashkil qilish jarayoni.
- Turli tabiiy-iqlim sharoitlarida avtomobillardan foydalanishni ta’minlash: Avtomobillardan har xil iqlim sharoitida foydalanishda, uining ishlash qobiliyatiga va mustahkamlik ko’rsatkichlarini o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar. Avtomobillarni ishlash sharoitiga moslashtirish.
- Ixtisoslashtirilgan harakatdagi qismga TXK va ta’mirlashning o’ziga xos xususiyatlari: Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining maxsus jihozlariga TXK va T tizimi. O’zi ag’dargich, ko’tarish mexanizmlari, furgon, avtotsisterna va refrejeratorlarga TXK va T.
- Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti: Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va servis xizmat ko’rsatish texnologiyasi.
- Avtomobil transportini atrof muxitga, aholiga va ishlovchilarga meyoriy ta’sirini kamaytirish: Avtomobil transportini ekologikligi haqida tushuncha. Avtomobil transportini aholiga, ishlovchilarga va atrof muhitga zararli ta’siri. Avtomobil transportini ekologikligiga ularning texnik xolatini ta’siri.
- Dvigatelni diagnostikalash texnologiyasi: Dvigatelni diagnostikalash, kam harajat sarflab mexanizmlardagi ko’rinmas nosozliklarni topishni, ta’mir hajmini aniqlash va sozlash ishlari.