Ta'limda multimedia ilovalari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua «Ta'limda multimedia ilovalari» fanini o'qitish bo'yicha ta'lim texnologiyalari, ularni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta'limni texnologiya qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. O'quv-uslubiy majmua texnika oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va talabalari hamda «Ta'limda multimedia ilovalari» fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo'llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. O'quv fanining maqsadi va vazifalari. Multimedia texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar.: Multimedia tushunchasi, multimedia vosita va texnologiya sifatida. Multimedia texnologiyalari haqida tushuncha: multimedia-axborot turlari, multimedianing texnik ta'minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish. Multimedia ilovalarni qo'llanilish sohalari va klassifikatsiyasi: multimedia ilovalarni klassifikatsiyasi, amaliy multimedia loyihalarni amalga oshirishga misollar, multimediali prezentatsiyalarni, bannerlarni va videoroliklarni amaliy masalalari.
- Multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi.: Grafik ma'lumotlar: videotizimlar va ularni sozlash, grafik ma'lumotlarni taqdim etish uchun qo'llaniladigan asosiy fayl formatlari, fayl formatlarini o'zgartirish, grafik ma'lumotlarni qosil qilish, namoyish etish va tahrirlash dasturlari, Windows da grafika ishlash, animasiya vositalari.
- Ovozli ma'lumotlar. Ovoz yozuvchi dasturlarning imkongiyatlari.: Ovozli ma'lumotlar. Tovush to'lqinlari, analogli signallarni raqamlashtirish, ovozli fayllar formati, MIDI va raqamli ovoz: qulayliklar va kamchiliklar, ovoz bilan ishlash bo'yicha maslahatlar.
- Video ma'lumotlar. Video ma'lumotlarni tahrirlash texnologiyalari.: Video ma'lumotlar. Video ma'lumotlarni taqdim etish uchun qo'llaniladigan fayl formatlar va asosiy tamoyillar, video ma'lumotlarni hosil qiluvchi texnik vositalarni o'rnatish va sozlash; dasturiy vositalar yordamida videokliplarni hosil qilish, tahrirlash va ijro etish. Videokliplarni hosil qilish dasturlari bilan ishlash.
- Raqamli video ma'lumotlarni tahrirlash jihatlari.: Raqamli video ma'lumotlarni tahrirlash jihatlari: raqamli video ma'lumotlarni tahrirlash jihatlari: raqamli video ma'lumotlarni tahrirlaydigan Movie Maker, Pinnacle Studio, Adobe Premiere kabi dasturlarning interfeyslarining umumiy jihatlari, chiziqli bo'lmagan montajning texnologiyasi, sahnalar ketma-ketligini loyihalashtirish, videolavhalarni yuklash.
- Rolikga video ma'lumotlarni va ovozni qo'yish.: Rolikga video ma'lumotlarni va ovozni qo'yish: ovoz va videoni qo'yish usullari, ma'lumotlarni siqish usullari, videoeffektlarni qo'llash imkoniyatlari, natijalarni darxol ko'rish rejimi, video mu'lumotlarda titrlarni hosil qilish, titrlarga animatsiya berish, rolikni nashr qilish, tayyor rolikni saqlash, rolikni diskga yozish.
- Ma'lumotlarni multimediali namoyish etish.: Axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi bilan shaxsga qaratilgan o'qitish uchun mo'ljallangan muhim pedagogik vositalar Internet, multimedia, ta'lim ashyolari va multimedia gipermatnlik elektron darsliklardan iborat bo'lmoqda.
- Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi.: Hozirgi vaqtda ko'plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o'tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda.
- Ovozli ma'lumotlar.: Tovush to'lqinlari – analogli signal. Tovushlar dunyosi insoniyatni doimiy o'rab turuvchi muhitlardan biri.
- Video ma'lumotlar.: Hozirgi kunda video maʼlumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli.