Mikroiqtisodiyot

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Mikroiqtisodiyot" fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda talabalarga nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularni mustaqil va ijodiy ishlashga o'rgatish hamda iqtisodiy hodisalarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • O‘quv kursining mazmuni va maqsadi: Kursning predmeti bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy jixatlari, bozor subyektlarining iqtisodiy faoliyati va ularning faoliyatiga tasir qiluvchi omillar, ularning tasiri oqibatlarini urganishdan iborat. Kurs bozor iqtisodiyotining nazariy asoslari va bozor subyektlarining iqtisodiy faoliyati va unga tasir qiluvchi omillarning tasiri va buning oqibatlri mohiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida bozor subyektlarining xar xil turdagi bozorlarda optimal xarakat qilish yo‘llarini aniqlashning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
  • Talab va taklif tahlili asoslari: Talab tushunchasi, talab chizig‘i, talab funksiyasi. Bir omilli va ko‘p omilli talab funksiyalari. Talabga ta’sir qiluvchi omillar. Talab miqdorining o‘zgarishi. Talabning o‘zgarishi. Taklif va taklif. Taklif chizig‘i, taklif funksiyasi. Iste’molchilar talabining pasayishi va unga sabab bo‘layotgan omillar. Bir omilli va ko‘p omilli taklif funksiyalari. Taklifga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif miqdorining o‘zgarishi. Taklifning o‘zgarishi. Talab va taklif qonunlari.
  • Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar: Muvozanatlik tushunchasi, bozor muvozanati. Muvozanat narx. Muvozanat mahsulot miqdori. Muvozanat nuqta. Bozorning muvozanat holatini qayta tiklash xususiyati. Bozor muvozanatining o‘zgarishi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Maksimal narx. Davlat tomonidan maksimal narxning o‘rnatilishi. Bozorda tovar tanqisligi. Tanqislik sohasi. Norasmiy bozor va uning vujudga kelishi. Tovarning norasmiy bozordagi narxi. Minimal narx. Davlat tomonidan minimal narxning o‘rnatilishi. Bozorda tovar ortiqchaligi va norasmiy bozor. Iste’molchi yutug‘i va ishlab chiqaruvchi yutug‘i. Tovar tanqisligi sohasi. Ortiqcha mahsulotni ifodalovchi soha. Minimal ish haqi va uning oqibatlari taxlili.
  • Talab va taklif elastikligi: Elastiklik tushunchasi, elastiklik koeffisiyenti. Talabni narxga ko‘ra elastikligi. Talab va taklif funksiyasi uchun elastiklik koeffisiyentini hisoblash. Yoysimon elastiklik. Elastik va elastik bo‘lmagan talab. Absolyut elastik va absolyut elastik bo‘lmagan talab. Talab elastikligiga ta’sir qiluvchi omillar. Talabning iste’molchi daromadiga ko‘ra elastikligi. Kesishgan talab elastikligi koeffisiyentini hisoblash. Normal tovarlar. Past kategoriyali, oliy kategoriyali va birlamchi ehtiyoj tovarlar. Taklif elastikligi. Engel chiziqlari. Elastiklik nazariyasining amalda qo‘llanilishi. Sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko‘ra tahlil qilish. Soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosatining mazmun-mohiyati. Soliq yukini elastiklik nazariyasiga ko‘ra taqsimlanishini tahlil qilish. Bozor sharoiti o‘zgarishi oqibatlarini prognoz qilish va baholash.
  • Iste’molchi tanlovi nazariyasi: Iste’mol nazariyasida ne’mat tushunchasi. Iste’molchi tanloviga ta’sir qiluvchi omillar. Naflik tushunchasi. Iste’molchi ehtiyojini qondirish darajasi. Naflik funksiyasi. Umumiy naflik, chekli naflik, chekli naflikning kamayishi qonuni. Befarqlik egri chizig‘i. Befarqlik chiziqlari kartasi va uning xususiyatlari. Chekli almashtirish normasi. Byudjet chegarasi va uning o‘zgarishi. Byudjet tenglamasi. Byudjet chizig‘i. Byudjet chizig‘i yotiqlik burchagi. Iste’molchi tanlovi masalasi. Naflikni maksimallashtirish. Iste’molchi tanlovi masalasi yechilishini grafik usulda tahlil qilish. Iste’molchi muvozanati. Iste’molchilarning muvozanatlik shartlari.
  • Daromad samarasi va almashtirish samarasi: «Daromad-iste’mol» chizig‘i va uning xususiyatlari. Normal va past kategoriyali tovarlar uchun Engel chiziklari. «Narx-iste’mol» chizig‘i va Narx-iste’mol» chizig‘iga ko‘ra talab chizig‘ini aniqlash. Normal va Giffen tovarlari uchun daromad va almashtirish samarasi, umumiy samara. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad samarasi va almashtirish samarasi. Almashtirish samarasini va daromad samarasini amalda qo‘llash. Bozor talabi va talablarni qo‘shish.
  • Bozor va tavakkalchilik: Noaniqlik va tavakkalchilik. Ehtimol tushunchasi. Ehtimolning turlari. Noaniqlik sharoitida tanlash. Tavakkalchilikni vujudga kelishi sabablari. Tavakkalchilik o‘lchovi. Kutiladigan miqdor. Chetlanish. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat. Tavakkalchilikka moyillik. Tavakkalchilikka moyil bo‘lmagan holat. Tavakkalchilikka befarqlik. Tavakkalchilikni pasaytirish yo‘llari. Korxonalarning faoliyat sohalarini va ishlab chiqaradigan mahsulotlar turini kengaytirish (diversifikatsiyasi). Tavakkalchilikni pasaytirishda diversifikatsiyaning o‘rni va ahamiyati. Sug‘urta qilish. Tavakkalchilikni qo‘shish. Tavakkalchilikni taqsimlash. Asimmetrik axborotlashgan bozor. Mahsulot sifati noaniqligi. Ma’naviy tavakkalchilik. Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari. Bozor signallari. Auksionlar. Olib sotarlik va uni iqtisodiyotdagi o‘rni. Fyucherslar. Opsion va xedjirlashtirish. Investisiya va tavakkalchilik. Tavakkalchilik aktivlariga bo‘lgan talab. Aktivlar tushunchasi va ulardan olinadigan foyda. Tavakkalchilik va foydaning o‘zaro aloqasi. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida mablag‘ egasining o‘z mablag‘ini sarflash yo‘nalishini tanlash muammosi.
  • Firma va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari: Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari. Xususiy firmalar. Xususiy firmaning ustun va zaif tomonlari. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar. Aksionerlik jamiyatlari (korporatsiyalar, ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).Jamiyatning javobgarligi. Aksionerlik jamiyatining ustun tomonlari va zaif tomonlari. Aksiyadorlarning huquqlari. Davlat korxonalari. Foyda olmaydigan tashkilotlar. Kooperativlar. O‘zbekiston Respublikasida «Mulk to‘g‘risidagi» Qonunga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar turlari.
  • Ishlab chiqarish nazariyasi: Ishlab chiqarish jarayoni. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarish omillari va ularning turlari. Ishlab chiqarish funksiyasi, bir omilli va ko‘p omilli ishlab chiqarish funksiyalari. Izokvanta tushunchasi. Izokvantalar kartasi va uning xususiyatlari. Izokvantaning yotiqligi burchagi. Qisqa va uzoq muddatlardagi ishlab chiqarish. O‘zgaruvchan omilning yalpi, o‘rtacha, chekli mahsulotlari va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik. Kapitalning chekli mahsuloti. Mehnatning chekli mahsuloti. Yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo‘llari. Ishlab chiqarish omillarining chekli mahsuldorligini kamayish qonuni. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro almashuvi. Chekli texnologik almashtirish normasi. Izokosta tushunchasi. Izokosta tenglamasi. Ishlab chiqarish omillari cheklangan sharoitda mahsulot ishlab chiqarishni maksimallashtirish masalasining qo‘yilishi. Maksimallashtirish masalasini grafik usuldagi yechimi va optimallik sharti. Ishlab chiqaruvchi muvozanati.
  • Ishlab chiqarish xarajatlari: Korxonaning qisqa muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha. Boy berilgan imkoniyatlar va alternativ xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar. Iqtisodiy xarajatlar, buxgalteriya xarajatlari. Ichki va tashqi xarajatlar. Iqtisodiy foyda va normal foyda. Yalpi xarajatlar. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar. O‘rtacha xarajatlar. Chekli xarajatlar. Ishlab chiqarish xarajatlari chiziqlari. Uzoq va qisqa muddatlardagi xarajatlar grafiklari. Qisqa va uzoq muddatdagi xarajatlarning o‘zaro bog‘liqligi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash. O‘rtacha ishlab chiqarish va chekli xarajatlar grafiklarining o‘zaro joylashuvi. Ishlab chiqarish xarajatlari funksiyasi va uning xususiyati. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘llari.
  • Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi: Raqobatlashgan bozor va uning shartlari. Firma daromadlari va ularni hisoblash. Korxona foydasini maksimallashtirishni nazariy jihatdan asoslash va uni grafik usulda tahlil qilish. Firma foydasini maksimallashtirishning umumiy optimallik sharti va mukammal raqobatlashgan
  • Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati, tarmoqning taklifi: O‘rtacha uzoq muddatli xarajat va uning xususiyatlari. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati. Tarmoqqa qarashli tipik firma muvozanati. Tarmoqning muvozanat holati. Tarmoqning taklifi. Xarajatlari o‘sayotgan tarmoqning taklif chizig‘i, xarajatlari o‘zgarmas bo‘lganda tarmoqning taklif chizig‘i. Xarajatlari kamayayotgan tarmoqning taklif chizig‘i. Tarmoqning kengayish mexanizmi. Firmaning samarali razmeri. Ishlab chiqarish masshtabi. Musbat samarali ishlab chiqarish masshtabi. Manfiy samarali ishlab chiqarish masshtabi. O‘zgarmas samarali ishlab chiqarish masshtabi. Firmaning uzoq muddatli o‘rtacha xarajatining kamayishiga va o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar.
  • Raqobat va yakkahokimlik: Raqobat tushunchasi. Raqobatlashuvchi firmalar. Raqobatlashmagan bozor turlari. Sof monopoliya. Sof monopoliyaga misollar. Monopolistik bozorga kirishdagi to‘siqlar. Tabiiy monopoliyalar. Sof monopoliyada monopol narx va monopol mahsulotni aniqlash. Monopolistik talab va taklif. Monopol hokimiyat va monopol hokimiyat ko‘rsatkichlari. Monopol narx belgilashda talab elastikligining ta’siri. Monopol narx va jamiyat farovonligi. Monopol narxga soliqlarning ta’siri. Raqobatlashgan monopol bozor. Raqobatlashgan monopol bozorda tovar narxi va ishlab chiqarish hajmini aniqlash. Raqobatlashgan monopol bozor samaradorligi. Oligopoliya va uning xususiyatlari. Kurno modeli. Monopsoniya. Monopoliyaga qarshi qonun.
  • Bozor hokimiyati sharoitida narx belgilash tamoyillari: Narx tushunchasi, tamoyillari va funksiyalari. Bozor sharoitida amal qiluvchi narx turlari. Narx belgilashda iste’molchi ortiqchaligini egallash. Monopol narx belgilashda «Bosh barmoq» qoidasi. Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi. Iste’molchilar daromadiga ko‘ra narxlarni belgilash. Mahsulotlarni xarid qilish uchun qo‘shimcha iste’molchilarni jalb qilish. Turli xaridorlar uchun turli narxlar belgilash (narxlar diversifikatsiyasi). Iste’mol hajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi. Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differensiatsiyasi. Mahsulotlarga bo‘lgan yuqori talab davrida narx belgilash tartibi.
  • Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish: Bozor munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlari. Respublikada mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligini ta’minlash va uning ko‘lamini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar. Yollanma ishchilarning optimal sonini aniqlash. Mehnatning chekli mahsuloti. Mehnatning chekli daromadliligi. Mehnat qaytimi. Mehnat sig‘imi. Mehnat samaradorligi. Mehnat unumdorligining kamayish qonuni. Mehnat resurslariga bo‘lgan talab. Mehnat resurslari taklifi. Raqobatlashgan mehnat bozori va mehnat bozori muvozanati. Mehnat qilish va dam olish o‘rtasidagi bog‘liqlik. Ish haqi o‘sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o‘rtasidagi nisbatga ta’siri. Mehnat bozorida monopsoniya bo‘lgan hol. Ish haqi minimumi. Minimal ish haqi va muvozanat ish haqi o‘rtasidagi farqlar va ularning oqibatlari. Mehnat bozoriga kasaba uyushmalarining ta’siri. Monopoliya shaklidagi mehnat bozori. Mehnat bozorida ikki tomonlama monopoliya. Ish haqi stavkalarining tabaqalashuvi. Iqtisodiy renta. Korxonada mehnatni tashkil etishning ilg‘or shakllari. Ish haqi va mehnat unumdorligi. Axoli daromadlari. Daromadlarni tabaqalanishi. Axoli daromadlari tabaqalanishini Djin koeffisenti bo‘yicha baholash.
  • Kapital qo‘yilmalar va kapital bozori: Asosiy va aylanma kapital mablag‘lar. Ssuda foizi. Loyiha tushunchasi. Mamlakatni modernizatsiya qilishda investisiyalar va ularning ahamiyati. Yalpi investisiyalash. Investisiyani qoplash. Sof investisiya tushunchasi. Chekli sof qoplash. Chekli ichki qoplash. Chekli qoplash normasi koeffisiyenti. Uzoq muddatli oraliqdagi investisiya. Jamg‘arma va vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi. Qiymatni diskontlash. Investisiyani hisoblashdagi diskonlangan qiymat. Investisiyaga talab. Investisiyaga inflyasiyaning ta’siri. Asosiy fondlarning joriy xarajatlarini va istiqboldagidaromadini baholash. Hududiy investisiya dasturlariga kirgan loyihalar va ularni moliyalashtirish manbalari. Ziyon miqdorini aniqlash. Ichki va tashqi investisiya. Korxonaning investisiya sohasidagi qaror qabul qilish mezoni. Investisiya samaradorligi. Obligatsiya qiymati va undan keladigan daromad. Muddatsiz obligatsiya. Yer bozori, yer taklifi, yer rentasi. Absolyut renta. Differensial renta. Yer narxi.
  • Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish: Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari. Bozor muvozanatining buzilish oqibatlari. Davlatning bozorga samarali aralashuvi. Tashqi samara va xarajatlar. Davlatning atrof-muhitni muxofaza qilish siyosati. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish dastaklari. Aholi daromadi differensiatsiyasi.